1. Risk tushunchasi va tavsifi Risk
Download 14.06 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sug‘urtada risk
1. Risk tushunchasi va tavsifi Risk deganda tabiiy-iqlimiy, iqtisodiy va ijtimoiy hodisalar xususiyatidan kelib chiquvchi yo‘qotishlar xavfi ehtimoli tushuniladi. Keng ko‘lamli tushuncha sifatida riskni tarixiy, huquqiy, iqtisodiy yoki moliyaviy kategoriya sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Riskning quyidagi ta’rifi alaqancha kengroq hisoblanadi: risk – subyekt tomonidan ko‘plab (birdan ortiq) natijalarni qamrab oluvchi, konkret natijaning noaniqligi va hech bo‘lmaganda natijalardan biri xavfli bo‘lgan alternativalar mavjudligi holatida qabul qilinadigan qaror tavsifi. Hodisa – tabiiy yoki ijtimoiy-texnik jarayonlar, tashqi subyektlarning maqsadga yo‘naltirilgan xatti-harakatlari yig‘indisi yoki subyektning o‘zini xatti-harakati. Subyekt uchun xavf-hatarlar – amalga oshishi subyektga zarar (ziyon) yetkazishi mumkin bo‘lgan hodisalar; subyektni yo‘q qilinishida yoki subyektning evolyutsiya imkoniyatlarini cheklanishida, yoki subyekt manfaatlariga ziyon yetkazilishida namoyon bo‘ladi. Zarar – har qanday moddiy yoki ma’naviy talofat, ziyon. Manfaat – naf, foyda. Shunday qilib, risk alohida holat sifatida risk-menejment nuqtai-nazaridan kelib chiqib ikkita xususiyatga ega – noaniqlilik (ehtimollik) va xavf-hatarning amalga oshishi natijasida yuzaga keluvchi zararlilik. Iqtisodiy nazariyada “risk”ni ma’lum ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatni amalga oshirish natijasida korxona tomonidan daromadlarning bir qismini yo‘qotish yoki qo‘shimcha xarajatlar qilish ehtimoli (xavfi) sifatida tushunish qabul qilingan. Risk omili va uning natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zarurati sug‘urtaga bo‘lgan extiyojni keltirib chiqaradi. Risk sug‘urta mafaatlari va munosabatlarini yuzaga kelish asosi hisoblanadi. Sug‘urtada risk qator jihatlari bo‘yicha ifodalanadi: • aniq bir hodisa yoki hodisalar yig‘indisi (voqea yoki voqealar yig‘indisi), qaysiki ularning sodir bo‘lishi bilan ilgari shakllantirilgan sug‘urta fondidan to‘lovlar amalga oshirilishida; • aniq bir sug‘urtalangan obyekt bilan bog‘liqlikda, har qanday risk namoyon bo‘lish obyektiga ega; • sug‘urtaga qabul qilingan obyektni shikastlanish (zarar ko‘rish) ehtimolligi sifatida. Risk sug‘urtada obyekt hisoblanadi va uni tasodifiy voqealar va hodisalar natijasida amalga oshishi sug‘urta hodisasini yuzaga kelishini bildiradi. Texnologiyalarning yangilanishi, ularning yuqori darajada xavfsizligi, favqulotda holatlarning matematik modellashuvi tasodifiylikni chegaralaydi. Download 14.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling