6- amaliy ish Mavzu: Riskni identifikatsiyalash Reja: Risk tushunchasi va tavsifi


Download 114.9 Kb.
bet1/9
Sana19.01.2023
Hajmi114.9 Kb.
#1100522
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
risklarni boshqarish shiriniv axf



Toshkent 2022

Bajardi: Samadov Samariddin


Tekshirdi: Shirinov Bobur


6-amaliy ish
AX xavflarni boshqarishga kirish fanidan



6- amaliy ish
Mavzu: Riskni identifikatsiyalash
Reja:
1. Risk tushunchasi va tavsifi
2. Risklarning turlari va ularning turkumlanishi
3. Risklarni boshqarish va sug‘urta
4. Tayanch iboralar
1. Risk tushunchasi va tavsifi
Risk deganda tabiiy-iqlimiy, iqtisodiy va ijtimoiy hodisalar xususiyatidan kelib chiquvchi yo‘qotishlar xavfi ehtimoli tushuniladi. Keng ko‘lamli tushuncha sifatida riskni tarixiy, huquqiy, iqtisodiy yoki moliyaviy kategoriya sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Riskning quyidagi ta’rifi alaqancha kengroq hisoblanadi: risk – subyekt tomonidan ko‘plab (birdan ortiq) natijalarni qamrab oluvchi, konkret natijaning noaniqligi va hech bo‘lmaganda natijalardan biri xavfli bo‘lgan alternativalar mavjudligi holatida qabul qilinadigan qaror tavsifi.
Hodisa – tabiiy yoki ijtimoiy-texnik jarayonlar, tashqi subyektlarning maqsadga yo‘naltirilgan xatti-harakatlari yig‘indisi yoki subyektning o‘zini xatti-harakati.
Subyekt uchun xavf-hatarlar amalga oshishi subyektga zarar (ziyon) yetkazishi mumkin bo‘lgan hodisalar; subyektni yo‘q qilinishida yoki subyektning evolyutsiya imkoniyatlarini cheklanishida, yoki subyekt manfaatlariga ziyon yetkazilishida namoyon bo‘ladi.
Zarar – har qanday moddiy yoki ma’naviy talofat, ziyon.
Manfaat – naf, foyda.
Shunday qilib, risk alohida holat sifatida risk-menejment nuqtai-nazaridan kelib chiqib ikkita xususiyatga ega – noaniqlilik (ehtimollik) va xavf-hatarning amalga oshishi natijasida yuzaga keluvchi zararlilik.
Iqtisodiy nazariyada “risk”ni ma’lum ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatni amalga oshirish natijasida korxona tomonidan daromadlarning bir qismini yo‘qotish yoki qo‘shimcha xarajatlar qilish ehtimoli (xavfi) sifatida tushunish qabul qilingan.
Risk omili va uning natijasida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zarurati sug‘urtaga bo‘lgan extiyojni keltirib chiqaradi. Risk sug‘urta mafaatlari va munosabatlarini yuzaga kelish asosi hisoblanadi.

Download 114.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling