1. Risk va daromadlilik


Download 56.84 Kb.
bet8/13
Sana12.03.2023
Hajmi56.84 Kb.
#1264600
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat qonun hujjatlarida man etilmagan va ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilmagan istalgan faoliyat turi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shug‘ullanishi mumkin. Jamiyat muassislari ta’sis hujjatlarida faoliyatning asosiy turlarinigina sanab o‘tishga haqlidir.
Jamiyat o‘z firma nomiga ega bo‘ladi, bu nom firmaning tashkiliy-huquqiy shakli va turini (ochiq yoki yopiq) aks ettirishi kerak.
Jamiyat davlat tilida va ayni paytning o‘zida jamiyat xohishiga ko‘ra boshqa tillarda o‘zining to‘liq va qisqartma nomlariga ega bo‘lishga haqlidir.
Jamiyatning manzili u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joyga ko‘ra belgilanadi.
Jamiyat u bilan aloqa o‘rnatib turiladigan pochta manziliga ega bo‘lishi lozim va o‘z pochta manzili o‘zgarganligi to‘g‘risida yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarni xabardor qilishi shart
Aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydilar va uning faoliyati bilan bog‘liq ziyonlarni o‘zlariga tegishli aksiyalar qiymati doirasida to‘laydilar.
Aksiyalar haqining hammasini to‘lamagan aksiyadorlar jamiyat majburiyatlari yuzasidan o‘zlariga tegishli aksiyalar qiymatining to‘lanmagan qismi doirasida solidar javobgar bo‘ladilar.
Jamiyat o‘z aksiyadorlarining majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi.

Agar jamiyatning nochorligi (bankrotligi) jamiyat uchun majburiy ko‘rsatmalarni berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyador sifatidagi shaxsning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari tufayli vujudga keltirilgan bo‘lsa, mazkur aksiyador zimmasiga jamiyatning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.


Aksiyadorlik jamiyatining ustavida tegishli huquq nazarda tutilgan taqdirdagina, aksiyador majburiy ko‘rsatma berish huquqiga ega bo‘ladi.
Jamiyat uchun majburiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘lgan aksiyador jamiyatning muayyan harakatni amalga oshirishi oqibatida nochor (bankrot) bo‘lib qolishini oldindan bilib, o‘z huquqidan uning ana shunday harakatni amalga oshirishini ko‘zlab foydalangan holdagina jamiyatning nochorligi (bankrotligi) aksiyadorning harakatlari tufayli vujudga keltirilgan deb hisoblanadi.

3. Moliya bozori va uning tasniflanishi



Download 56.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling