1. Risk va daromadlilik
Download 56.84 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- % stavkasi Kelishuvga asosan Bank xizmat haqi
- Kredit berish shakli
- Qarz oluvchining oz ishtirokidagi ulushi
- 23-variant 1. Rivojlangan davlatlarda korporatsiya menejerlarining asosiy vazifalari. Korporatsiya
IPAK YO`LI BANKI 23-variant 1. Rivojlangan davlatlarda korporatsiya menejerlarining asosiy vazifalari. Korporatsiya (lotincha: corporatio — birlashma, uyushma, hamjamiyat) — rivojlangan yirik aksiyadorlar jamiyati, biron bir faoliyat uchun uyushgan huquqiy va jismoniy shaxslar majmui. Korporatsiya bir kasb yoki faoliyat sohasida fuqarolarni birlashtirishi ham mumkin. XIX-asr oʻrtalarida paydo boʻlgan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xoʻjalikning barcha tarmoqlarida asosiy mavqega ega. Korporatsiyalar negizini aksiyadorlik jamiyatlari tashqil qiladi. XIX-asrning II-yarmidan xalqaro korporatsiyalar keng rivoj topdi. Aksariyat hollarda korporatsiyalar bir xil mahsulotlarning asosiy ishlab chikaruvchilarini birlashtiradi, natijada ishlab chiqarish monopollashadi. Ayni paytda korporatsiya investitsiya kapitalining markazlashuviga yordam beradi, ilmiytexnika taraqqiyotini, mahsulotning raqobatbardoshligi va uzoq hayotiy shklini taʼminlaydi. Mulk egaligi maqomiga koʻra, davlat, xususiy, aralash (qoʻshma) korporatsiyalarga, tarmoqlar boʻyicha sanoat, qishloq xo'jaligi, transport, aloqa va boshqa turdagi korporatsiyalarga boʻlinadi. Rivojlangan mamlakatlarda sanoat tarmoqlari korporatsiyaga uyushgan hollar koʻp uchraydi (mas, „Daewoo“ korporatsiyasi). Oʻzbekistonda birinchi korporatsiyalar XIX-asrning 90-yillaridan boshlab sanoatning turli tarmoqlarida paydo boʻldi. XXI asr boshlarida davlat va xususiy biznes o'rtasidagi o'zaro munosabatlarida davlat institutlarining va yirik korporatsiyalarning roli rivojlanmoqda. “Korporativ boshqaruv oldindan mavjud, shuningdek ushbu atama yangi hamdir”1. Bunga korporativ boshqaruv organlari tomonidan faoliyati samarali tashkil etilib kelinayotgan yirik aksiyadorlik kompaniyalari, transmilliy korporatsiyalar va hokozolarning milliy va jahon iqtisodiyotidagi o‘rni sabab bo‘lmoqda. Shundan kelib chiqqan holda dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida, xususan mamlakatimizda ham korporativ boshqaruv tizimini samarali tashkil etish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilib kelinmoqda. Keltirilayotgan jihatlar sabab korporativ boshqaruvning iqtisodiy mohiyati, uning maqsad va vazifalarini to‘g‘ri anglash maqsadga muvofiq. Bozor qonuniyatlarini hisobga olgan holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘nalishlari belgilangan davlatlarda korporativ boshqaruv amaliyotiga doimiy ravishda diqqat-e’tibor qaratilgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu boisdan mazkur masala xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning ham e’tiboridan chetda qolmasdan kelmoqda. Yirik korporativ tuzilmalarning tashkil etilishi XX asrda iqtisodiy rivojlanishning muhim tendensiyasi bo‘ldi. Kopnoratsiyalar o‘z rivojlanish yo'lida va ularning jamiyat tomonidan qabul qilinishida fan-texnika, iktisodiyotning rivojlaiishi, aholi malakasi, ma’lumot darajasi bilan bog‘liq qator bosqichlarni bosib o‘tdi. Mazkur bosqichlaming har birida korporatsiyalar vujudga kehshiga har bir mamlakatda yuzaga kelgan korporativ madaniyat katta ta’sir ko‘rsatdi. Hozirgi vaqtda korporativ sektorda mahsulot va xizmatlaming asosiy qismi ishlab chiqarilmoqda. Son nisbatiga ko‘ra sanoati rivojlangan mamlakatlarda korporatsiyalar, korporatsiyalarning umumiy sonida katta salmoqqa ega. Korporativ boshqaruv, bozorga va iqtisodiy subyektlarning erkinligiga yo'naltirilgan bo'ladi. Korporativ boshqaruvga bo'lgan ilmiy qiziqish, rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishida asosiy rol o‘ynagan aksionerlik jamiyatlar bilan boqliqdir. Korporativ boshqaruv muammolari oxirgi 10-15 yil ichida iqtisodchi, menejer va yuristlami qiziqtirib kelmoqda. Respublikamizda ham iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash maqsadida korporativ tuzilmalar, xususan aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida qator islohotlar o‘tkazilmoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategic boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish”2 masalasi alohida belgilab qo‘yildi. Bunda korporativ boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, aksiyadorlik jamiyatlarida axborotlarni oshkor qilish va faoliyat shaffofligini ta’minlash, aksiyadorlar, shu jumladan minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish kabi jihatlarga ustuvor darajada e’tibor qaratilmoqda. Keltirilayotgan jihatlar mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlarining investitsion jozibadorligini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etishini ham shu o‘rinda qayd etib o‘tish zarur. Hozirgi kunga kelib korporativ boshqaruv mexanizmlari yuqori darajada rivojlangan mamlakatlardan biri shubhasiz Koreya Respublikasi hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotida chebollar deb nomlanuvchi transmilliy korporatsiyalarning o’rni beqiyosdir. Yirik biznes vakillari mamlakat yalpi ichki mahsulotining 50 foizdan ko’proq qismini ishlab chiqarishining o’zi ham bu kabi TMKlarning yuqori darajada rivojlanganligini ko’rsatib beradi. Albatta bunda korporativ boshqaruv tizimining to’g’ri yo’lga qo’yilganligi katta ahamiyat kasb etadi. Koreyada korporativ boshqaruvning yaxshilanishi ko'plab omillar, mulkchilikdagi eng muhim o'zgarishlar, shu jumladan kattaroq tashqi (tashqi) mulkchilik va chuqur institutsional islohotlar, shu jumladan ozchiliklarning huquqlarini mustahkamlash va tashqi direktorlardan ko'proq vakillikni talab qiladigan kombinatsiyalar bilan izohlanishi mumkin. Mamlakatimizda ham korporativ boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish jarayonida jahon tajribasidan keng foydalanish samarali usullardan biri hisoblanadi Bunda Koreya Respublikasi tajribasidan foydalanish imkoniyatini tahlil qilish bir qancha afzalliklar berishi mumkin. Yuqorida keltirilgan faktorlar, korporativ boshqaruvni rivojlantirish bo’yicha tajribalarni, Koreya Respublikasidagi korporativ boshqaruv tizimi, uning yutuqlarini o’rganib chiqish ushbu bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligini izohlab beradi. 2.Aksiyadorlik jamiyatlari kapitalni baholashda multiplikator koeffitsientlardan foydalanish. Aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish, ularning faoliyati va ularni tugatish, aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari bilan tartibga solinadi. Qishloq xo‘jaligi, bank, investitsiya va sug‘urta faoliyati sohalarida, shuningdek davlat korxonalarini xususiylashtirish chog‘ida aksiyadorlik jamiyatlari tuzish va ular huquqiy holatining o‘ziga xos xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Ustav fondi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning har qanday turlarini amalga oshirish chog‘ida huquqlarga ega bo‘ladi va majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi va o‘zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlarini qo‘lga kiritadi. Jamiyat, agar uning ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, cheklanmagan muddatga tuziladi. Jamiyat belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududi va undan tashqarida bankda hisobvaraqlar ochishga haqlidir. Jamiyat o‘zining firma nomi davlat tilida to‘liq yozilgan hamda joylashgan manzili ko‘rsatilgan yumaloq muhriga ega bo‘lishi lozim. Muhrda ayni paytning o‘zida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham ko‘rsatilishi mumkin. Jamiyat o‘z nomi yozilgan shtampi va blankalariga, o‘z timsoliga, shuningdek belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar nishoniga hamda boshqa o‘z belgi-alomatlariga ega bo‘lishga haqlidir. Download 56.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling