35. Tashqi iqtisodiy shartnoma ishtirokchilari uchun valuta riski paydo bo‘lishining shartlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating;
A) ochiq valuta pozitsiyasining mavjudligi, shartnoma valutasi sifatida xorijiy valutadan foydalanish, shartnomaning tuzilishi va u bo‘yicha hisob-kitob orasida vaqt uzilish davrining mavjudligi;
B) ochiq valuta pozitsiyasining mavjudligi, shartnomaning bo‘yicha hisob-kitob orasida vaqt uzilish davrining mavjudligi;
C) yopiq valuta pozitsiyasining mavjudligi, shartnomaning tuzilishi va u bo‘yicha hisob-kitob orasida vaqt uzilish davrining mavjudligi;
D) yopiq valuta pozitsiyasining mavjudligi, shartnoma valutasi sifatida xorijiy valutadan foydalanish, shartnomaning tuzilishi va u bo‘yicha hisob-kitob orasida vaqt uzilish davrining mavjudligi;
36. Valuta bozori ishtirokchisining talablar va majburiyatlarining, shu jumladan, xorijiy va milliy valutadagi balansdan tashqari aktiv va passivlarining mos kelmasligi nima deb ataladi?
A) yopiq valuta mavqei;
B) uzun valuta mavqei;
C) qisqa valuta mavqei;
D) ochiq valuta mavqei.
37. Milliy valutaning chet el valutalariga yoki xalqaro hisob-kitob pul birliklariga nisbatan qadrining tushishi ………… deb ataladi.
A) inflatsiya;
B) imobilizatsiya;
C) devalivatsiya;
D) revalvatsiya.
38. Valutani sotish yoki sotib olish bo‘lib, keyinchalik teskari bitim tuzib, valuta kurslari farqi yordamida foyda olish uchun qanday operatsiya amalga oshiriladi?
A) autrayt;
B) metching;
C) valuta arbitraji;
D) kotirovka.
39. So‘mda 5000 AQSH dollari depozitga joylashtirilgan. Depozit muddati boshida 1 AQSH dollari 8400 so‘mni, kutilayotgan xarid narxi 8650 so‘mni tashkil etadi. Depozit foiz stavkasi milliy valutada yillik 20 %. Depozit muddati 6 oy. So‘mda joylashtirilgan depozitning 6 oy muddatdan so‘ng xorijiy valutadagi qiymatini aniqlang.
A) 5341 $;
B) 5221 $;
C) 5300 $;
D) 5500 $.
40. “..……… asosan savdo operatsiyalari, shuningdek, dividend to‘lovlari va moliyaviy investitsiyalash bo‘yicha pulli shartnomalar bilan bog‘liq holda yuzaga keladi”. Yuqorida qaysi turdagi valuta riskiga ta’rif berilgan?
A) operatsion valuta riski;
B) translatsion valuta riski;
C) iqtisodiy valuta riski;
D) tranzaksion valuta riski.
Do'stlaringiz bilan baham: |