1. Rivojlangan mamlakatlardan qaysi davlat saylov qonunchiligi haqida ma’lumotga egasiz?


Download 14.9 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi14.9 Kb.
#205863
Bog'liq
nazorat savollari javobi4


1.      Rivojlangan mamlakatlardan qaysi davlat saylov qonunchiligi haqida ma’lumotga egasiz?

2.      O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga o‘tkaziladigan saylov haqida fikr bildiring?

3.      Oxirgi saylovlar tizimida amalga oshirilgan va erishilgan yutuqlar haqida fikr bildiring

4.      Xalqaro saylov standartlari va O‘zbekiston qonunchiligidagi bog‘liqliklar farqi jihatlar haqida fikr bildiring?

5.      Ommaviy axborot vositalarining saylov tizimini amalga oshirishdagi yutuqlari va muammolari haqida qanday fikrga egasiz?

1- Saylov xalq hokimiyatchiligining timsoli bo‘lib, eng avvalo o‘zida jamiyat a’zolarining, qolaversa saylovchi – fuqaro manfaatini ifoda etadi. Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari amalga oshirilayotgan islohotlarda saylovlarning o‘rni beqiyosdir. O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘lining hozirgi bosqichida davlat hokimiyatining vakillik organlarini erkin, qonuniy va adolatli saylovlar asosida shakllantirilishi demokratik jarayonlar va yangilanishlarning ijtimoiy hayotda oliy qadriyat sifatida ifoda etilayotganligining yorqin namunasidir[1].

Erkin saylovlarni o‘tkazish jarayonida qonuniylik, tenglik kabi bir qator umumiy huquqiy tamoyillarga og‘ishmasdan amal qilinishi ularni muvaffaqiyatli amalga oshirishga va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning e’tiroficha, «demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o‘zaro birlashib ketgan. Saylov – demokratiya degani. Demokratiya – bu saylov degani». Darhaqiqat, saylovsiz demokratiyani, demokratiyasiz saylovni tasavvur qilish qiyin. Demokratiya saylov asosida, erkin fikr mushtarakligida, siyosiy plyuralizm mavjudligida namoyon bo‘ladi.

2-O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlaganidek, «ilk bor ikki palatali parlamentga bo‘lib o‘tgan saylovlar O‘zbekistonning yangi tarixida alohida, g‘oyat muhim o‘rin egalladi»[1]. Zero, demokratiyaning eng ta’sirchan mexanizmi ham saylovlardir. Demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o‘zaro birlashib ketgan. Aslida ham, saylov – demokratiya degani, demokratiya – bu saylov, demakdir. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi yig‘ilishida davlatimiz rahbari uqtirganidek, deputat degan yuksak ishonchga sazovor har qaysi inson avvalo o‘zi uchun ovoz bergan odamlar haqida o‘ylashi ham demokratiyaning yana bir belgi-alomati hisoblanadi[1].

Prezidentimiz e’tirof etganidek, «Fuqarolarimiz saylovlarga mamlakatimiz hayotidagi eng muhim, jamiyatimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatiga, demakki, har bir saylovchi taqdiriga ta’sir ko‘rsatadigan siyosiy voqea sifatida yondashdilar[1].

3-4-Yangi saylov qonunchiligi amaliyotda 1994 yilda ko‘ppartiyalilik asosida o‘tkazilgan parlament saylovlarida sinab ko‘rildi. Uning natijasida birinchi chaqiriq Oliy Majlis uchta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlari, tashabbuskor guruhlar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar asosida saylangan deputatlardan shakllandi. Shu asosda, konstitutsiyaviy-huquqiy mexanizmlar orqali yagona partiyaning “yetkachilik roli”ga asoslanuvchi “sho‘ro” siyosiy tizimidan demokratik shakllangan, ko‘ppartiyaviylikka tayanadigan milliy parlament vujudga keldi.

Ikkinchi bosqich (1995-2000 yy.)– milliy saylov qonunchiligining birinchi bosqichda o‘tkazilgan parlament saylovlarida to‘plangan amaliy tajribaga muvofiq saylov tizimining demokratik asoslarini mustahkamlash va qonunlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.



Jumladan, bu bosqichda saylovlarni tashkil etish va natijalarini aniqlashda xolislik hamda ehtiroslarga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlashga qodir mustaqil organ – Markaziy saylov komissiyasi tuzish talabidan kelib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi (1998 yil 30 aprel) qonun qabul qilindi va mamlakatimiz tarixida ilk bor demokratik yo‘l bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuzildi. Bundan tashqari, deputatlikka mustaqil nomzodlarni ilgari surishni kuchaytirish, O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik va siyosiy fikrlar xilma-xilligini kuchaytirishga keng shart-sharoitlar yaratish maqsadida saylov qonunchiligidan “besh foizlik to‘siq” haqidagi qoida chiqarib tashlandi va saylovchilar tashabbuskor guruhlarini bevosita nomzod ko‘rsatish huquqlari mustahkamlandi. Shuningdek, 1999 yil 19 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar hamda xalq deputatlari, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risidagi qonunlarga bir qator jiddiy to‘ldirishlar va o‘zgartirishlar kiritildi.

Saylov jarayoning muhim subyektlari sanalgan siyosiy partiyalar faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunni 1996 yilning dekabrida qabul qilinishi 1999 yilda o‘tkazilgan parlament saylovlariga yangi huquqiy zamin yaratdi[1]. Siyosiy partiyalarda Oliy Majlisda o‘z siyosatini uyushgan holda o‘tkazish uchun parlament fraksiyalarini tashkil etishning qonuniy kafolatlari vujudga keldi. Eng muhimi, siyosiy partiyalar saylov tartib-qoidalariga rioya qilinishini nazorat etish bo‘yicha vakolatlari kengaydi va nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiya har bir saylov uchastkalariga o‘z kuzatuvchilarini tayinlash huquqiga ega bo‘ldi.
Download 14.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling