1 Rotshildlar;2 Morgan;3 Dyupon;4 Karnegi;5 Garriman;6 Rokfeller


Download 38 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi38 Kb.
#266436
Bog'liq
9 jahon takrorlash 20 mavzu shohruh


XIX asr oxirlarida AQSH iqtisodiy hayotini nazorat qilib turgan “katta uchlik” oilalariga quyidagilardan qaysi biri kiradi?

1) Rotshildlar;2) Morgan;3) Dyupon;4) Karnegi;5) Garriman;6) Rokfeller

A) 1, 2, 4B) 2, 4, 6C) 1, 3, 5D) 3, 4, 6

2)Qay tariqa XX asr boshlarida AQSHda yirik miqdordagi boylikning qudrati ikki kishida — Morgan va Rokfellerda mujassamlashdi?

A) chetga tovarlarni emas, balki kapital chiqarganligi sababli

B) dunyodagi barcha elektr tizimini bo‘lib olganidan so‘ng

C) AQSHning katta mustamlakalarga ega bo‘lganidan so‘ng

D) Karnegi o‘zining ko‘p millionli mulkini sotganidan so‘ng

3) Ishlab chiqarish va savdoni o‘zlaricha emas, markaziy boshqaruv qarori asosida faoliyat olib boradigan korxonalar birlashmasi nima deyiladi?

A) konsernB) trestC) moliyaD) kartel

4) Fransiyada 1881-1882-yillarda ta’lim to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Unga ko‘ra …

1) maktab cherkovdan ajratildi; 2) 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun majburiy bepul ta’lim joriy etildi; 3) 13 yillik majburiy ta’lim joriy etildi; 4) qiz va o‘g‘il bolalarning birgalikda o‘qitilishi ta’minlandi; 5) maktablarda ta’lim maxsus davlat dasturlari asosida olib boriladigan bo‘ldi; 6) oliy pedagogik bilim yurtlarida o‘qituvchi kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi; 7) majburiy ta’lim dasturida o‘g‘il bolalar uchun gimnastika predmeti majburiy deb belgilandi; 8) qiz bolalar uchun litseylar ochildi; 9) alohida diniy maktablar tashkil qilindi; 10) maxsus oliy o‘quv yurtlarida ayol o‘qituvchilar ham tayyorlana boshlandi.

A) 1, 3, 4, 5, 7, 10 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 2, 5, 6, 9 D) 1, 2, 5, 6, 7, 8, 10

5) Fransiyada … yilda pensiya to‘g‘risida qonun qabul qilindi va unga ko‘ra pensiya yoshi … yosh deb belgilandi.

A) 1912, 70 B) 1910, 65 C) 1905, 60 D) 1911, 65

6) Angliyada B.Dizraeli bosh vazirligi davrida amalga oshirilgan muhim tadbirlar qaysilar edi? 1) haftada 54 soatlik ish vaqti belgilandi; 2) 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 8 soatdan oshmaydigan ish kuni belgilandi; 3) 10 yoshdan kichik bolalarni ishga qabul qilish taqiqlandi; 4) parlament islohoti o‘tkazildi.

A) 1, 2, 4 B) 2, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3

7) Germaniya hukumati mustamlakaga aylantirishga qaratilgan hudud masalasida “bizni quruq qoldirishdi” deb hisoblab, “qo‘ldan ketganlarning” o‘rnini qaysi hudud hisobidan to‘ldirmoqchi bo‘ldi?

A) Yaqin Sharq B) Afrika C) Uzoq Sharq D) Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo

8) Bolqon ittifoqini tuzgan davlatlarni aniqlang?

1.Ruminiya 2.Makedoniya 3.Gretsiya 4.Serbiya 5.Chernogoriya 6.Sloveniya 7.Polsha 8.Albaniya 9.Bolgariya 10.Xorvatiya

a)1,2,3,4 b)7,8,9,10 c)3,4,5,9 d)1,3,5,7

9) Quyidagi qaysi partiya dasturida cherkovni davlatdan, maktabni cherkovdan ajratish talabi ham boʻlgan?

A) ASP B) ASDP C) GSDP D) RSDRP

10) Panana Respublikasi AQShga barcha huquqlarni, vakolatlarni va butun hokimiyatni topshiradi.. 1903 yilgi shartnomaning nechanchi moddasidan

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

11) ... xotin-qizlar uchun 11 soatlik ish kuni joriy qilindi.

A) 1875-yilda Angliyada B) 1891-yilda Germaniyada

C) 1880-yilda Fransiyada D) 1894-yilda AQSHda

12) Qaysi davlatda XX asr boshlarida umumiy sanoat ishchilarining 2/3 qismini malakali ishchilar tashkil qilgan?

A) Germaniya B) Fransiya C) Buyuk Britaniya D) AQSH

13) Ekpluatatsiya atamasi qaysi tildan olingan?

A) lotincha B) ruscha C) yunoncha D) Fransuzcha

14). Ma’lumki, 1905-yil 9-yanvarda Peterburgda 250 ming kishi namoyish uyushtirib, podshoga iltimosnoma bilan murojaat qilishgan edi. Ular oʻz talabnomalarida qanday masalalarni ilgari surdilar?

1) soliqlarni kamaytirish 2) Ta’sis majlisini chaqirish 3) dehqonlarga yer berish 4) ish haqini oshirish 5) demokratik erkinliklar berish 6) kasaba uyushmalari tuzish 7) jamoat tashkilotlari tuzish 8) 8 soatlik ish kuni joriy etish

A) 2,5,8 B) 1,2,4 C) 3,6,7 D) 1,3,4

15) XX asr boshlarida AQSh Lotin Amerikasidagi qaysi davlatlarga asoratli qarzlar berishi natijasida ularning ichki ishlariga aralashish imkoniga ega boʻldi?

A) Nikaragua, Gonduras, Gvatemala. B) Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika.

C) Salvador, Nikaragua, Gvatemala. D) Kosta-Rika, Gvatemala, Nikaragua.

16) . Qaysi tarixiy ma’lumot xato?

A) 1895-yilda Kuba xalqi oʻz milliy qahramoni Xose San Martin hamda Maksimo Gomeslar boshchiligida qoʻzgʻolon koʻtardi.

B) 1898-yil Parijda imzolangan Ispaniya-AQSH sulh shartnomasiga koʻra Kuba „mustaqil" deb e’lon qilingan boʻlsa-da, amalda AQSHga qaram boʻlib qoldi.

C) Porfirio Dias 1876-yilda prezident deb e’lon qilindi va bu lavozimda ozgina tanaffus bilan 1911-yilgacha turdi.

D) 1868-1878-yillarda Kuba xalqi ispan mustamlaka-chilariga qarshi ozodlik kurashi olib bordi

17) XIX asrning oxiriga kelib, AQSH 1) … anneksiya qildi 2) … bosib oldi 3) … yarim mustamlakaga aylantirdi.

A) 1) Gavayi orollarini 2) Puerto-Rikoni 3) Guamni

B) 1) Filippinni 2) Puerto-Rikoni 3) Guamni

C) 1) Gavayi orollarini 2) Puerto-Riko va Guam orollarini 3) Filippinni

D) 1) Gavayi orollarini 2) Filippinni 3) Puerto-Riko va Guam orollarini

18) Berlin traktati qarorlariga to’g’ri kelmaydigan javobni aniqlang?

a)Rossiyaning San-Stefano shartnomasi natijasida qo’lga kiritgan katta muvaffaqiyatlarining ahamiyatini kamaytirib yubordi

b)Britaniya harbiy kemalari Kaspiy dengiziga kirish huquqiga ega bo’ldi

c)Kipr oroli Britaniyaga berildi

d)Turkiya to’lashi lozim bo’lgan tovonning katta qismi evaziga Rossiyaga Kavkazdan hududlar berildi

19) Buyuk Britaniya hukumati Parnell va uning tarafdorlariga kelishishni taklif qilgan yili O‘rta Osiyoda …

1) Bobo Go‘klan qo‘zg‘oloni boshlandi; 2) Kaspiyorti viloyati tashkil etildi; 3) Kaufmanning general-gubernatorlikdagi faoliyati yakunlandi; 4) Rossiya imperiyasi va Eron o‘rtasida chegara belgilandi; 5) Ismoil G‘aspirali Turkistonga keldi; 6) Munavvar Qori tavallud topdi.

A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4

20) German ittifoqi tuzilgan yili Germaniyada qanday voqea roy bergan?

A. GSDP 12 deputatlik orniga ega boldi

B. Bismark istefo berdi

C. yakshanba dam olish kuni deb belgilan

D. Turkiya-Germaniya bitimi tuzildi

21) Monopolistik-kapitalizm davrida monopoliyalarning vujudga kelishining oqibati qaysi javobda notogri korsatilgan?

A) qirg'in-barot mustamlakachilik urushlarining kuchayishi

B) jamiyatning juda ozchilik gurahi qo'lida ulkan hokimiyat to'planishi

C) ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyalarning yanada kengroq joriy etilishi

D) inson huquqlarini himoya qiladigan tashkilotlarning faollashishi

22) Buyuk davlatlarning ozgalar hududi-ni va bozorlarini, xomashyo manbalarini bosib olishga qaratilgan siyosati bu

A. ekspansiya B. agressiya C. intervensiya D. ekspulatatsiya

23). Quyidagi atamalardan nechtasi noto’g’ri izohlangan?

1. Kartel (italyancha — qog'oz, hujjat) — bir tarmoqdagi mustaqil kompaniyalar, firmalaming ishlab chiqarish va sotishning umumiy

hajmlari, narxlari, sotish bozorlari, har bir ishtirokchining ulushi va boshqalar to‘g‘risidagi bitim asosida tashldl etilgan tuzilma

2. Oligarxiya (yunoncha — ozcliilik hokimiyati) — iqtisodiy va siyosiy hukmronlikning bir hovuch ulkan sarmoya egalari qo‘lida to‘planishi.

3. Trest— ishlab chiqarish va savdoni oczlaricha emas, markaziy boshqaruv qarori asosida ohb boradigan korxoixalar birlashmasi.

4. Migratsiya (lotincha — ko‘chaman) — u yoki bu davlat aholisining bir hududdan boshqa hududga yoki bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga ko‘chishi

5. Urbanizatsiya (fransuzcha va lotincha — shaharga mansub) — jamiyat

hayotida shaharlar rolining va shahar aholisi salmog'ining ortib borishi

6. Anarxizm (lotincha— hokimiyatsizlik, beboshlik) — alohida bir shaxsning xohish-irodasinigina tan olib, har qanday hokimiyat va davlat tuzumini rad etuvchi ta’limot

7. Respublika (lot. jamiyat ishi) — fuqarolaming umumiy saylovi asosida boshqariladigaii davlat

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

24) Meksikada Diasga qarshi kurash davrida Madero xalqqa qanday vadalar berdi?

1.Mamlakatda respublika o’rnatish 2.Mamlakatda AQSh hukmronligiga chek qo’yish 3.Diktatura davrida hindulardan g’ayriqonuniy tortib olingan yerlarni qaytarib berish 4.Ish soatini 8 soatga tushurish 5.Pomeshiklarga qarashli yerlarning barchasini dehqonlarga bo’lib berish 6.Pomeshiklarga qarashli yerlarning bir qismini haq to’lash evaziga dehqonlarga berish

a)1,6 b)2,5 c)3,4 d)3,6

25) .XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Ispaniya va Portugaliya G’arbiy Yevropada iqtisodiy jihatdan taraqqiyotda orqada qolishining asosiy sababini aniqlang?

a)davlat qarzlarining ko’payib ketganligi

b)davlatda o’rta asr feodal tartiblarning hamon saqlanib kelinayotganligi

c)davlat to’ntarishlarining ko’pligi va siyosiy beqarorlik

d)mamlakatda katolik cherkovining juda kuchliligi

26) Fransiyada 1875-yil Kоnstitutsiyasiga ko`ra 2 palatali Parlamеnt (Milliy Majlis) tashkil etilib, quyida ularning nоmlari to`g`ri bеrilgan javоbni tоping.

A) Qоnunchilik palatasi va Sеnat B) Dеputatlar palatasi va Sеnat

C) Yuqоri va palata va quyi Palata D) Lоrdlar palatasi va umumpalata

27) XX asr bоshlarida nima sababdan AQSH katta mustamlakalar bоsib оlishga ishtiyoq bildirmadi?

1)Juda katta hududda ekanligi 2)Bоy хоm-ashyo zahiralar mavjudligi

3)Kеng ichki bоzоrga ega ekanligi 4) Harbiy jihatdan kuchsizligi

5) Yеvrоpa davlatlarining qattiq qarshiligi 7) Gеrmaniya bilan raqоbatlashib qоlganligi

A) 1,2,3 B) 4,5,6 C) 2,4,6 D) 1,3,5

28) Fransiyaning Afrikaga bosqinchilik yurishlari davrida 1891-1896-yillarda bosib olingan davlatlarni belgilang.

1. Marokash 2. Gvineya 3. Senegal 4. Tunis 5. Madagaskar 6. Togo 7. Mavritaniya 8. Zanzibar

A) 1,3,6,7 B) 2,3,5,7 C) 2,4,6,8 D) 5,6,7,8

29) Xronologik ketma-ketlikni aniqlang?

1. “Uchlar ittifoqi” vujudga keldi 2. Fransiya Germaniyaga tovon to’lab bo’ldi

3. Fransiya Tunisni egalladi 4. Fransiyada hukumat qo’shini milliy gvardiyaga hujum qildi

A) 4,3,2,1 B) 1,2,4,3 C) 4,2,3,1 D) 4,2,1,3

30) Xronologik ketma-ketlikni aniqlang.

1. Fransiyada pensiya haqida qonun qabul qilindi

2. Fransiyada kasaba uyushmalarining erkin faoliyatiga va ish tashlashga ruxsat etuvchi qonun qabul qilindi

3. Dreyfus to’la oqlandi

4. Parij aholisi 2 mln kishiga yetdi



A) 4,3,2,1 B) 2,4,3,1 C) 4,2,3,1 D) 4,2,1,3
Download 38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling