Ma'lumot, xabar, taassurot, axborot va materiallarni eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish


Download 19.96 Kb.
bet1/5
Sana14.05.2023
Hajmi19.96 Kb.
#1459697
  1   2   3   4   5
Bog'liq
psixology


Esda olib qolish jarayoni

Psixologiya fanida esda olib qolishning quyidagi turlari mavjud ekanligi tan olingan:




1) ma'lumot, xabar, taassurot, axborot va materiallarni eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish;


2) egallash yoki o’zlashtirish zarur bo’lgan materiallarni ko’rib, idrok qilish yordamida esda olib qolish;


3) materiallarni harakat yordamida va eshitish orqali idrok qilish hamda esda olib qolish;


4) aralash holatda esda olib qolish: eshitish, ko’rish, harakat, kabilar orqali idrok qilish va esda olib qolish, boshqacha aytganda, bir nechta ta'sir etuvchilar yordamida aks ettirish.


Ko‘rib esda olib qolingan narsani qayta tiklash

Ko‘rish xotirasi xususiyatlarini D.Wechsler (1945) taklif etgan metodika yordamida o‘rganish mumkin. Bu metodika xotira shkalasini o‘rganish subtestlaridan biridir. Sinaluvchiga turli geometrik figuralar tasvirlangan rasmlarga qarash taklif etiladi (6-ilova). Har bir rasm sinaluvchiga 10 soniya ko‘rsatiladi. Keyin sinaluvchi toza oq qog‘ozga ko‘rgan narsasini qayta esga tushirib, chizishi kerak. Tajriba natijalarini miqdoriy tahlil qilish mumkin.


Figura A: 1) ikki kesishgan chiziq va ikki bayroq – 1 ball; 2) to‘g‘ri joylashtirilgan bayroq – 1 ball; chiziqlar kesishganda to‘g‘ri burchak – 1 ball. Eng Yuqori baho – 3 ball.
Figura B: 1) katta kvadrat ikkita diametri bilan – 1 ball; 2) katta kvadrat 4 kichik kvadrat – 1 ball; 3) ichki diametr barcha ichki kvadratlar bilan – 1 ball; 4) kvadratchalardagi 4 ta nuqta – 1 ball; 5) aniq taqsimlanganlik – 1 ball. Sinaluvchi olishi mumkin bo‘lgan eng Yuqori baho – 5 ball.
Figura V: 1) ochiq to‘g‘ri to‘rtburchak – 1 ball; 2) markaz va o‘ng chap tomon to‘g‘ri esga tushirilgan – 1 ball; 3) bir noto‘g‘ri chizilgan qismni hisobga olmaganda, figura umuman to‘g‘ri – 1 ball; 4) figura to‘g‘ri esga tushirilgan – 1 ball; eng Yuqori baho – 3 ball.
Figura G: 1) katta to‘g‘riburchak ichida kichik to‘g‘riburchak – 1 ball; 2) ichki to‘g‘riburchakning hamma uchlari tashqi to‘g‘riburchak uchlari bilan birlashtirilgan – 1 ball; 3) kichik to‘g‘riburchak katta to‘g‘riburchakda aniq joylashtirilgan – 1 ball; eng Yuqori baho – 3 ball. Eng Yuqori natija – 14 ball.
Bu metodikadan maktabgacha ta'lim muassasalarining katta va tayyorlov guruhi bolalarini hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tekshirishda foydalanish mumkin. Bu topshiriqlarni bajarganlaridan so‘ng bolalarning nafaqat geometrik figuralarni xotirada olib qolish va uni esga tushirish qobiliyatlari haqidagina emas, balki xotira bo‘yicha rasm chizish malakalarining shakllanganligi, sensomotor faoliyat holati haqida ham bilib olish mumkin.

Download 19.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling