Esga tushirish va uning turlari


Download 29.49 Kb.
bet1/4
Sana31.01.2024
Hajmi29.49 Kb.
#1819813
  1   2   3   4
Bog'liq
Umumiy Psixalogya


Esga tushirish va uning turlari.
O’tmishda idrok qilingan narsalar, his-tuyg’u, fikr va ish-harakatlarning ongimizda qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning nerv-fiziologik asoslari bosh miya po’stida ilgari hosil bo’lgan nerv bog’lanishlarning qo’zg’alishidir. Esga tushirishning tanish, eslash, bevosita eslash, oradan ma'lum vaqt o’tkazib eslash, ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlari mavjud.
Tanish ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni takror idrok qilish natijasida u yoki bu hodisani esga tushirishdir. Tanish aniq va noaniq bo’lishi mumkin. Noaniq tanishda biz bu narsani notanish emasligini his qilamiz, xolos. Masalan, bir odam ko’zimizga issiq ko’rinadi, lekin uni qaerda ko’rganimizni eslay olmaymiz. To’liq, aniq tanishda esa idrok qilinayotgan narsaning nomi katta rol o’ynaydi. Masalan, biz bir kishini ko’rib, uni taniy olmasak, uning familiyasini yoki ismini
eshitsak, darrov kim ekanligini bilamiz.
Eslash narsa va hodisalarni, uni ayni paytda idrok qilmay esga tushirishdir. Masalan, bo’lib o’tgan voqea va hodisalarni, bilib olgan ishlarimizni bemalol esga tushirishimiz mumkin. Eslash ham aniq va noaniq bo’ladi. Masalan, biz she'rni yoddan aytib bersak ham uni qaerda va qachon o’qiganimizni eslay olmaymiz. Esga tushirish avval tanishdan boshlanadi. Masalan, imtihonga kirganda biletni ko’rib, uning savolini o’qib taniymiz. Demak, bunda predmetning nomi muhim rol o’ynar ekan. Bevosita esga tushirish materialni idrok qilish ketidanoq esga tushirishdan iborat. Masalan, she'rni yod olganimizda bir necha satrni o’qigan kitobga qaramasdan takrorlaymiz, ya'ni bevosita esga tushiramiz. Bir karra ko’zdan kechirilgan materialni bevosita esga tushirilgan miqdoriga qarab, xotiraning ko’lami aniqlanadi.
Materialning ko’p qismini bevosita esga tushira oladigan kishining xotira ko’lami keng hisoblanadi. Masalan, artistlarda so’z va iboralarni esda tutib qolish xotirasining ko’lami keng bo’ladi. Hisob-kitob ishlarini yuritadigan xodimlarda sonlarni esda tushirish xotirasining ko’lami keng bo’ladi.
Vaqt o’tkazib esga tushirish esda olib qolingan narsani oradan bir qancha vaqt o’tkazib esga tushirishdirki, bunda shu orada ongimizda boshqa jarayonlar o’tgandek bo’ladi. Masalan, yoshligimizdagi voqea va hodisalarni shu tariqa eslaymiz.
Idrok qilingan narsalar miyamizda o’rnashib qolishi, esimizda turishi tufayli turli usulda esimizga tushishi mumkin.
Esda saqlash deganda ilgari tug’ilgan taassurot, fikr, his-tuyg’u va ish-harakatlarning takrorlanishiga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishi tushuniladi. Bunga sabab asab tizimining egiluvchanligidir. Shuning uchun asab tizimi ilgari bo’lib o’tgan taassurotlarni takrorlashga tayyor turadi. Faqat esga tushirish uchun qulay sharoit bo’lsagina esga tushadi. Bunday sharoit bo’lmaganda zarur materialni ixtiyoriy eslash jarayoni qiyinlashadi.
Shunday qilib, esga tushirishda ana shu tariqa qiynalib qolib, zarur bo’lgan narsani shu onda esga tushira olmaymiz.
Unutilgan narsalarni yana xotirada qaytadan tiklanishi reminissensiya hodisasi (xira esga keltirish) deyiladi. Bu hodisaning sababi shuki, uzoq vaqt bir ish bilan mashg’ul bo’lganda miya charchashi yuz beradi. Charchash haddan tashqari oshishi natijasida nerv xujayralarida tormozlanish yuz beradi. Materialni esda qoldirilgandan keyin 12 soat ichida esga tushirilsa, materialning ko’p qismi unutiladi. Materialni o’qib o’rganib olingandan keyinoq uni yaxshi xotirlay olmay, ammo oradan bir necha vaqt o’tgandan keyin uni to’la xotirlay olishlikning sababi materialni o’qib, o’rganib olishda ro’y beradigan charchashdir.
Materialni eslash uchun bo’lgan kuchli xohish natijasida tormozlanish yuzaga keladi, bu esa materialni qayta esga tushirishdagi qiyinchilikni kuchaytirib yuborishi mumkin. Vaqt o’tishi bilan ishga chalqib ketgan insonlarda tormozlanish tarqab ketadi. Shunda esga tushirish lozim bo’lgan narsa xotiraga kiradi. Materialni mustahkamlashga bo’lgan qiziqishning bo’lishi materialni uzoqroq esda saqlashga olib keladi. Unutish vaqtga bog’liq bo’ladi. Bu G.Ebbingauz tomonidan aniqlangan bo’lib, unutish materialni yod olingandan keyin darhol ayniqsa tez ro’y beradi, undan keyin esa unutish ancha sekinlashadi.
G.Ebbingauz unutishning vaqtga bog’liqligini tajriba orqali aniqlagan. To’plangan natijalarning ko’rsatishicha, materialni yod olgandan so’ng unutish sur'ati tez keyinchalik esa u birmuncha sekinlashadi. Bu qonuniyat ma'nosiz ayrim bo’g’inlarni unutish ustida olib borilgan ishlarida tasdiqlangan. Tajribalarning ko’rsatishiga qaraganda, o’rganilgan narsalar bir soatdan keyin unutiladi. Materialni o’zlashtirish jarayoni maboynida xotirlash natijasida unutish sekinlashib boradi. Muvaqqat asab bog’lanishlari susayishi natijasida qachonlardir sodir bo’lgan narsa va hodisalarning o’zaro aloqalari xotirada asta-sekin yo’qolib boradi. Vaqtning o’tishi bilan birmuncha unutilib ketilayotgan vaqtli bog’lanishlarni, ya'ni assosiasiyalarni qaytadan tiklash jarayoni kuch-quvvat, xatti-harakatlarni talab qiladi. G.Ebbingauzning izdoshlari va shogirdlari tomonidan o’tkazilgan juda ko’p tadqiqotlarning ko’rsatishicha, unutish sur'ati materialning ma'noli yoki ma'nosizligiga, uning qanchalik anglanilganligiga bog’liqdir. Material qanchalik mazmundor anglanilgan tushunib olingan bo’lsa, u holda unutish ham shunchalik sekin kechadi. Lekin ma'noli materialga nisbatan ham unutish avval tez sur'atda bo’lib, keyinchalik esa u sekinlashadi. Biron-bir materialni o’zlashtirish yoki esda olib qolish insonning ehtiyojlari, qiziqishi, faoliyatning maqsadi bilan bog’liq bo’lsa, bu material sekin unutiladi.
Unutishning tezligi esda olib qolingan materialning mustahkamligiga teskari
proporsional xususiyat kasb etadi. Demak, esda olib qolishning mustahkamligiga o’zlashtirilayotgan materialning ma'noga ega yoki ega emasligiga bog’liqlikdan tashqari yana bir nechta omillar o’z ta'sirini ko’rsatadi va uning faoliyat mazmuniga aylanishiga ham bog’liq. Shuningdek, ular shaxsning shaxsiy, individual xususiyatlariga ham bevosita bog’liqdir.

Download 29.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling