1. Samarali taqdimot qilishning asosiy xususiyatlari Taqdimot va maruza oʻrtasidagi farq


Download 65.26 Kb.
bet3/3
Sana17.10.2023
Hajmi65.26 Kb.
#1707029
1   2   3
Bog'liq
Shahlo Usmonova Biznes kommunikatsiya fani

Taqdimot tayyorlash jarayoni
Taqdimot uchta asosiy elementlardan iborat:
1. Taqdimotchi
2. Tinglovchilar
3. Muayyan mazmun va erishiladigan aniq maqsad
Tayyorgarlik ko`rgan taqdimotchi taqdimotning barcha elementlarini va to’liq rejalashtirilgan strategiyani bilgan holda yondashadi. Mavzu bo’yicha qanchalik ko’p bilishini ko’rsatish uchun o’rnidan turib, ma’lum vaqt davomida shunchaki tinglovchilar bilan gaplashish taqdimot samarali ekanligini anglatmasligini biladi. Taqdimot – bu bir guruh odamlar bilan muloqot qilish va xabarni yetkazishning o’ziga xos usuli. Bu oldindan tayyorgarlik va rejalashtirishni o’z ichiga oladi.
Taqdimotchi taqdimotga tayyorgarlik ko’rish uchun quyidagi bosqichlarni bajarishi kerak:
■ Taqdimotning maqsadini aniqlash
■ Auditoriyangizni va ularning ehtiyojlarini tahlil qilish.
■ Tegishli ma’lumotlarni jamlash
■ Axborotlarni tartibga solish
■ Mos keladigan taqdimot shakli va ko’rgazmali qurollar
haqida qaror qabul qilish.
■ Taqdimot o’tkaziladigan joy bilan tanishish
Taqdimotning maqsadini aniqlash
Taqdimotchi o’zidan “nega men bu taqdimotni taqdim qilyabman” deb so`rashi kerak. U taqdimotni quyidagi sabablar bilan taqdim etishi mumkin:
1. Biror nima sotish uchun yoki boshqalarni biror bir harakatni amalga oshirish uchun undash.
2. Harakat yo’nalishini qo’llab-quvvatlash uchun, kelajak uchun maqbul yo’l xaritasini taklif qilish uchun yoki biznes g’oyani tanishtirish va uning imkoniyatlarini tavsiflash uchun.
3. Yangi rejalar, mahsulotlar yoki o’zgartirishlar bo’yicha odamlarning fikrlari va takliflarini bilish uchun.
4. Ma`lumot almashish orqali habardorlikni oshirish
5. Samarali mehnat madaniyatini rivojlantirish uchun rag’batlantirishda, o`quv treninglar o`tkazishda.
Maqsadini aniqlagandan so’ng, taqdimotchi uni bitta jumla bilan ifodalashi kerak. Misol uchun, tasovur qiling BITS masofaviy ta’lim dasturi (DLP) dekani Dubay yoki Maskat kabi Fors ko’rfazi shaharlarida kampusdan tashqari markazlarni yaratish orqali institutning masofaviy ta’lim dasturini kengaytirish bo’yicha direktorlar kengashida taklif kiritishi kerak. U taklifni asoslash uchun kengash a’zolari oldida taqdimot qilishi shart. U taqdimotni nima uchun berayotganini aniq biladi; maqsadni uning g’oyalari tuzilishini tavsiflovchi bitta jumla bilan yozish mumkin: “BITSga bo’lgan talabning ortib borayotganini hisobga olgan holda, Ko’rfaz mamlakatlarida xorijda (kampusdan tashqari) o’quv markazlarini yaratishning ehtiyoji kattaligi va maqsadga muvofiqligiga kengash a’zolarini ishontirish.
Maqsadning bunday aniq ifodalanishi unga o’z g’oyalarini kengashni ishontiradigan mantiqiy tarzda tartibga solishga yordam beradi.
Taqdimot qilishdan oldin, taqdimotchi o’zi murojaat qilmoqchi bo’lgan auditoriyani bilishi kerak. Taqdimotchi xabarni olmoqchi bo’lganlarning soni, tabiati, ehtiyojlari, bilim darajasi va taqdimotga bo`lgan ehtimoliy munosabati haqida tasavvurga ega bo’lishi kerak.
Download 65.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling