1. Samarqand viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazi haqida tushuncha


Samarqand viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazi bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlari


Download 31.72 Kb.
bet3/6
Sana20.06.2023
Hajmi31.72 Kb.
#1635493
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 O’zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi haqida tushunc

Samarqand viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazi bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlari.
Davlat organlari Palataga u o‘z vazifalarini bajarishida ko‘maklashadilar hamda Palataning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydilar.
Davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining Palata faoliyatiga hamda Palataning davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatiga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
2. Samarqand viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazi ustavi;
Samarqand viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazi qayta tashkil etilgan O’zbekiston Resublikasi Adiya vazirligida 1998 yil 28 dekabr 353 son bilan ro’yxatga olingan O’zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbi Palata o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni, “O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazi to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari hamda ushbu Ustav asosida O‘zbekiston Respublikasi va boshqa xorijiy davlatlar hududida amalga oshiradi.
Palata o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni samarali bajarishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Palataning hududiy boshqarmalarini tashkil etadi, shuningdek viloyat markazlarida, Nukus va Toshkent shaharlarida Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlarini hamda tuman va shaharlarda ularning bo‘linmalarini tashkil etadi.
Palataning hududiy boshqarmalari yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lib, Palata tomonidan tasdiqlangan hududiy boshqarma Nizomi asosida faoliyat yuritadi.
Palata o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish uchun, zarur hollarda alohida bo‘linmalar tuzish huquqiga ega.
Palataning alohida bo‘linmalari Palata tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat yuritadi.
Palata, uning hududiy boshqarmalari, boshqa alohida bo‘linmalari, tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari va ularning bo‘linmalari, unitar korxonalari, xorijdagi vakolatxonalari, shuningdek boshqa muassasalari va tashkilotlari Palataning yagona tizimini tashkil etadi.
Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari, shuningdek ularning tuman va shahar bo‘linmalari Davlat xizmatlari markazlari bilan kelishuvga ko‘ra yagona dislokatsiya tamoyili asosida faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari, shuningdek ularning tuman va shahar bo‘linmalari Palata tomonidan tasdiqlangan tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari to‘g‘risidagi Nizomga asosan qonun xujjatlariga muvofiq faoliyat yuritadi.
Palata xorijiy mamlakatlarda vakolatxonalar ochish huquqiga ega.
Palata yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z tasarrufida bo‘lgan mol-mulkka egalik qiladi, Palata O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqaridagi banklarda hisob raqamlar ochish, har-xil bitimlar, jumladan, tashqi savdo, kredit, qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha shartnomalar tuzish, shuningdek o‘z Ustavida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish maqsadida xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Palata o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishi
va majburiyatlar olishi, sudda, hakamlik sudida da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
Palata o‘ziga olgan majburiyatlar bo‘yicha amaldagi qonunchilikka muvofiq undirib olinishi mumkin bo‘lgan mol-mulki bilan javob beradi.
Davlat va uning organlari Palata majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi, xuddi shunday Palata ham davlat va uning organlari majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.
Palata o‘zining hududiy boshqarmalari, tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlarini va a’zolari, hamda ular tashkil etgan tuzilmalari majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi, shuningdek, ular ham Palata majburiyatlari yuzasidan javob berishmaydi.
Palata belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, o‘zining nomi yozilgan muhrga, Palata tizimi uchun umumiy bo‘lgan jamoaviy tovar belgisi, ramziy, rasmiy idora varaqasi, shtamp va boshqa rasmiy dalolat belgilariga ega bo‘ladi.
Palata quyidagi maqsadlarda tuziladi:
tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish;
biznes-muhitni takomillashtirish;
respublika tadbirkorlarining xorijiy hamkorlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash;
mahalliy tovarlar va xizmatlarni tashqi bozorlarga olib chiqish;
tayyor raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishini ta’minlash uchun yangi korxonalarni tashkil etish, mavjud ishlab chiqarishlarni texnik qayta jihozlash va zamonaviylashtirish uchun respublikaga chet el sarmoyasini keng jalb etish;
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyotiga, uning jahon xo‘jalik tizimiga uyg‘unlashishiga, O‘zbekiston tadbirkorlarining boshqa mamlakat tadbirkorlari bilan savdo-sotiq va ilmiy-texnik aloqalarini o‘rnatishga ko‘maklashish;
Palata a’zolarini birlashtirish va qo‘llab-quvvatlash;
tadbirkorlik sub’ektlari – Palata a’zolarining manfaatlarini ifoda etish va huquqlarini himoya qilish;
bozor infratuzilmasining yaxlit tizimini shakllantirish.
Palata quyidagi vazifalarni bajaradi:
1) tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish sohasida – tadbirkorlik sub’ektlarini, ayniqsa o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish davrida ularni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli muhofazasining kafolatlarini kuchaytirish, jadal rivojlanishiga har tomonlama ko‘mak berish, xususiy mulk va tadbirkorlikning ustuvorlik roli va daxlsizligini ta’minlash, respublikamiz tumanlari va shaharlarida aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, jumladan:
vakolatli organlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi holatini tahlil qilish hamda uning natijalarini tizimli asosda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa vakolatli organlarga taqdim etish;
tadbirkorlik faoliyati sohasi qonunchiligining, avvalo mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijro etilishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishning amaliy mexanizmini joriy etish hamda ularning faoliyati bo‘yicha mustaqil baholashni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari va xodimlariga nisbatan shikoyat arizalari bergan tadbirkorlik sub’ektlarining manfaatlarini himoya qilish;
tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati monitoringini amalga oshirish hamda ular faoliyati tekshiruvlarida Palata a’zolarining ishtirok etishini ta’minlash.
2) ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash sohasida – tadbirkorlik faoliyati sohasi qonunchiligini yanada takomillashtirish, tadbirkorlik sub’ektlarini ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik faoliyati sohasida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning amaliyotga joriy etilishi ustidan jamoat ekspertizasini tashkil etish va jamoat nazoratini kuchaytirishga keng jalb qilish, jumladan:
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, qulay ishbilarmonlik muhiti va investitsiya muhitini shakllantirish bo‘yicha davlat dasturlari, shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
tadbirkorlik sub’ektlarini ishbilarmonlik muhiti holatini yanada yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga keng jalb qilish, tadbirkorlik tuzilmalari bilan birgalikda me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik ekspertizasini, jumladan, sanoat, transport, qurilish, moliya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, savdo va xizmatlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa sohalar bo‘yicha ekspert kengashlarini tashkil etish orqali tashkil etish;
tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini mustahkamlash, ularning rivojlanishini rag‘batlantirishni kuchaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
respublikamiz tumanlari (shaharlari), viloyatlari kesimida joylardagi ishbilarmonlik muhitining holati hamda qonunchilikdagi me’yorlar va talablarning amalga oshirilishi natijalari bo‘yicha har chorakda tahlil o‘tkazish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa vakolatli organlarga ularni yaxshilash bo‘yicha tahliliy materiallar va takliflarni taqdim etish.
3) tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish sohasida – tadbirkorlik sub’ektlariga biznesni tashkil etish, yuritish va yanada rivojlantirishda amaliy yordam ko‘rsatish, davlat organlari va bozor infratuzilmasi sub’ektlari xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha imkoniyatlar va sharoitlar yaratish, maslahat yordami va axborot ta’minotini taqdim etishda quyidagilar orqali ko‘maklashish:
yangidan faoliyat boshlayotgan tadbirkorlarni joylashtirish uchun biznes-inkubatorlar faoliyatini yaratish va tashkil etish hamda ularga biznes-rejalarni tayyorlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq zarur axborotlarni olish va amaliy masalalarni hal etishda ekspert, huquqiy va maslahat yordami ko‘rsatish;
tadbirkorlarning investitsiya va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq zarur axborotlarni olishiga yordam berish;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda, ular faoliyati bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilganida tadbirkorlik sub’ektlariga huquqiy va yuridik yordam ko‘rsatish;
moliyaviy va tovar-xomashyo resurslari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, texnologik mashinalar va qurilmalar, ishlab chiqarish ob’ektlari, shuningdek, yer maydonlaridan foydalanishda amaliy yordam ko‘rsatish;
Samarqand viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazi a’zolari va hamkorlari ishtirokida jamoatchilik asosida qo‘mitalar, ishbilarmonlik va muvofiqlashtirish kengashlarini tashkil etish;
innovatsiya tadbirkorligini joriy etishga, «startup» loyihalar, yoshlarning, avvalo oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining o‘z biznesini tashkil qilish va yuritishga, shuningdek, aholi bandligi va daromadlarining jadal o‘sishini ta’minlashga xizmat qiladigan kichik, xususiy va oilaviy tadbirkorlik, kasanachilikning turli shakllarini jadal rivojlantirishga faol ko‘maklashish.
Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun o‘z xissasini qo‘shgan tashkilotni mukofotlash.
4) davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik sohasida – davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari – qonunchilik, sud va ijro etuvchi hokimiyatlar, shuningdek, bank-
moliya tashkilotlari va bozor infratuzilmasining boshqa sub’ektlari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlashni moslanuvchanligi va natijadorligiga xizmat qiladigan samarali o‘zaro hamkorlik tizimini va yangi ish shakllarini joriy etish, jumladan:
tadbirkorlik sub’ektlari bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, joylardagi barcha darajadagi davlat hokimiyati organlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni samarali tashkil etishga ko‘maklashish, “to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qayta aloqa” tamoyili bo‘yicha o‘zaro hamkorlikning amaliy va samarali mexanizmini yaratish;
tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini qabul qilish va qayta ishlash, vakolatli organlarga ko‘rib chiqish uchun taqdim etish, shuningdek, ularning ijro etilishi ustidan monitoring olib borish va tahlil qilish;
viloyatlar markazlari, tumanlar va shaharlarda tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari faoliyatini tashkil etish, ularning vakolatli davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, davlat xizmatlari taqdim etuvchi xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash.
5) tadbirkorlik sub’ektlarini o‘qitish va kadrlar tayyorlash sohasida – tadbirkorlik tuzilmalari uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi sifatini tubdan oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlarini inobatga olgan holda, ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklari bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish, har bir tuman va shaharlarda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash doimiy kurslarini quyidagi usullar orqali tashkil etish:
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan Respublika tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish markazi va uning hududiy filiallari bilan, jumladan, kasb-hunar kollejlari negizida mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtlarida, o‘zaro hamkorlikni tashkil etish;
markaz faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari, xorijiy donorlar va chet davlatlarning tadbirkorlarni o‘qitish bo‘yicha muqobil markazlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
tadbirkorlarga biznes yuritish asoslari, biznes-rejalar tuzish, tadbirkorlik faoliyati sohasida qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa zarur fanlarga o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlari uchun o‘quv kurslarini ishlab chiqish va o‘tkazish;
tadbirkorlarga xodimlarni tanlash va o‘qitishda, ularning kasb malakasini doimiy oshirishda ko‘maklashish, hududlar va tadbirkorlik sohalarida malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlashga davlat buyurtmalarini shakllantirishda ishtirok etish;
ta’limni tashkil etish uchun oliy o‘quv yurtlari, kasb-hunar kollejlarining o‘qituvchilari, amaliyotchi-mutaxassislar, yuqori natijalarga erishgan tadbirkorlar va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.
6) tashqi iqtisodiy faoliyat va investitsiyalarni jalb qilish sohasida – respublikamiz tadbirkorlik sub’ektlarining xalqaro ishbilarmonlik hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, mahalliy korxonalar mahsulotlarining tashqi bozorlarga chiqarilishini ta’minlash, milliy brendlarni xorijda faol ilgari surish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, jumladan:
biznes-forumlar, ko‘rgazmalar va yarmarkalarni tashkil etish va ularda mahalliy tadbirkorlik sub’ektlarining keng ishtirokini ta’minlash;
tadbirkorlik sub’ektlariga ishonchli hamkorlar, yangi bozorlarni izlash va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashqi bozorlarga olib chiqish, eksport turlarini kengaytirish va tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, huquqlari va manfaatlarini muhofaza qilishda yordam ko‘rsatish;
tashkil etilgan kichik sanoat va erkin iqtisodiy zonalarda ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga oid loyihalarni amalga oshirish doirasida tadbirkorlik sub’ektlari, jumladan xorijiy investorlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish;
mazkur vazifalarni amalga oshirishda respublikamizning chet eldagi diplomatik vakolatxonalarining savdo-iqtisodiy masalalari bo‘yicha maslahatchilari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazing chet eldagi vakolatxonalari bilan faol o‘zaro hamkorlikni ta’minlash.
Palata quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralarga ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tartibga solish masalalari bo‘yicha takliflar taqdim etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati a’zolarining iqtisodiy faoliyatning muammoli masalalarini muhokama qilish, ularni hal etish bo‘yicha tadbirkorlarning takliflarini, shuningdek, yangi biznes-g‘oyalar va loyihalar amalga oshirilishini muhokama qilish uchun tadbirkorlar bilan muntazam uchrashuvlar tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘mitalari bilan hamkorlikda xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari va xodimlarining hisobotlarini, shuningdek, deputatlarning sayyor qabullarini tashkil etish;
har yili biznes-hamjamiyat, mintaqaviy va xalqaro biznes vakillarining Iqtisodiy forumini o‘tkazish, uning maqsadi sifatida biznes doiralar, ilmiy hamjamiyat, Hukumat va aholi o‘rtasidagi muloqotlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston, mintaqa va jahon iqtisodiyotining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini mustaqil, xolisona tahlil qilish asosida mustahkam aloqalar o‘rnatish;
ekspert kengashlarini tashkil etish, shuningdek, vakolatli davlat organlariga qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo‘yicha noaniqliklar va turlicha yondashuvlarni bartaraf etish bo‘yicha majburiy javob talab etiladigan yozma so‘rovnomalarni taqdim etish;
Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralarga biznes rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan va cheklayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ularni bekor qilish to‘g‘risidagi takliflarni taqdim etish;
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlari bilan tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirishlarni kelishib olishda ishtirok etish va bevosita ularning faoliyati tekshiruvlarida ishtirok etish, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvlar yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qarorlari ustidan shikoyat qilish;
tadbirkorlik sub’ektlari va davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni tartibga solishni ta’minlash maqsadida davlat hokimiyati organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va ularning vakolatli shaxslaridan zarur ma’lumotlar, hujjatlar va materiallarni so‘rab olish;
jinoiy ishlar bo‘yicha amaliyotda jamoat himoyachilari sifatida ishtirok etish;
palataga a’zo bo‘lgan tadbirkorlarni huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
davlat organlarining vakolatli shaxslari qarorlari, harakati yoki harakatsizligi ustidan shikoyatlar bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlari nomidan sud jarayonining istalgan bosqichida ishtirok etish, shuningdek, shikoyat arizalari bilan bir qatorda apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlari, arizalar, jumladan nazorat tartibida rad etish to‘g‘risidagi xatlarni taqdim etish;
davlat aktivlarini xususiylashtirish, jumladan davlat mulki ob’ektlarini “nol”ga teng xarid qiymati bo‘yicha sotish, shuningdek, davlat organlari va davlat xizmatlarining ayrim funksiyalarini xususiy sektorga berish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida takliflar taqdim etish;
o‘zining tarkibida belgilangan tartibda ta’lim muassasalarini tashkil etish;
xalqaro va chet el tashkilotlarida tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq sohada Palata a’zolarining manfaatlarini ifoda etish;
o‘z vakolati doirasida davlat hokimiyati organlari tomonidan tuzilgan tadbirkorlik sub’ektlarining manfaatlariga daxldor masalalar bo‘yicha idoralar, idoralararo va boshqa komissiyalar, ekspert kengashlari va boshqa organ va tashkilotlarning ishlarida ishtirok etish;
tadbirkorlik sub’ektlariga ixtirolar, foydali andozalar, sanoat na’munalariga patent olish, tovarlar belgilari va tovarlar ishlab chiqarilgan joylarning nomini ro‘yxatga olishda yordam berish;
tadbirkorlik faoliyati sub’ektlariga axborot ta’minoti, yuridik va konsultativ yordam berish hamda boshqa turli xildagi masalalarda yordam va ko‘mak berish;
Palataga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish zarurati yuzasidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat hokimiyati organlaridan axborotlar olish;
zamonaviy talab va standartlardan kelib chiqib tadbirkorlarni o‘qitish va malakasini oshirishni tashkil qilish:
O‘zbekiston hamda xorijiy davlatlarda korxonalar tashkil etish, o‘z vakolatxona va filiallarini ochish, shuningdek xorijiy korxona va tashkilotlar bilan qo‘shma palatalar tashkil etish;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy mamlakatlar va tashkilotlardan kredit yo‘nalishlarini jalb etish, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlariga barcha turdagi kreditlar va boshqa mablag‘larni olishda yordam berish, tegishli shartnomalar tuzish;
Palata a’zolarining manfaatlariga doir, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining xatti-harakatlari va qarorlari yuzasidan sudlarga davlat bojini to‘lashdan ozod bo‘lgan holda da’vo arizasi bilan murojaat qilish;
gazeta, jurnal va boshqa matbuot mahsulotlarini ishlab chiqarish va chop etish;
tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlovchi fondlar ta’sis etish;
qonunchilikka muvofiq iqtisodiy nizolarni hal etish uchun hakamlik sudlari hamda halqaro tijorat arbitrajini tuzish;
xalqaro amaliyotga muvofiq fors-major vaziyatlari to‘g‘risida guvohlik berish; xalqaro amaliyotga muvofiq tovarlar, ishlar va xizmatlar eksporti va importi, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish va tasdiqlash;
milliy va xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalar tashkil etish hamda o‘tkazish, nashriyot va reklama xizmatini ko‘rsatish;
milliy va xorijiy tashkilot hamda tadbirkorlar sub’ektlarining murojaatlariga asosan ekspertiza, tovarlar, ishlar va xizmatlar, shu jumladan, xom-ashyo va uskunalar sifati, soni va butligi ustidan belgilangan tartibda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
tushgan mablag‘larni ustavda belgilangan vazifalarni bajarishga yo‘naltirish sharti bilan lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar, shuningdek konkurslar tashkil etish va o‘tkazish;
tadbirkorlik sub’ektlariga mikrokredit olishda ko‘mak ko‘rsatish;
tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan hujjatlarni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilishni amalga oshirish;
ustavda belgilangan vazifalari doirasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish;
mustaqil tarzda o‘zining faoliyat yuritish uslubini aniqlash, tarkibiy tuzilishini belgilash, shtatlar jadvali, xodimlar soni, mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirish tartibi va shakllarini qonunda nazarda tutilgan tartibda belgilash;
Palata tizimiga rahbarlik qilishda Palata quyidagi huquqlarga egadir:
Palataning hududiy boshqarmalari, tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari, shuningdek ularning tuman, shahar bo‘linmalari, shuningdek xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalari ijro etishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilish;
Palataning hududiy boshqarmalari, tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari, shuningdek ularning tuman, shahar bo‘linmalari hamda xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalarining amaldagi qonunchilik va Palata Ustaviga zid bo‘lgan qaror va buyruqlarini bekor qilish;
Palataning hududiy boshqarmalari, tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari, shuningdek ularning tuman, shahar bo‘linmalari hamda xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilish;
Palataning hududiy boshqarmalari, tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari va xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish;
Amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab etuvchi faoliyat turi, Palata tomonidan bunday ruxsatnoma (litsenziya) olingandan keyin amalga oshiriladi.

[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.02.00 Nodavlat notijorat tashkilotlarini tashkil qilish va ro‘yxatga olish tartibi. Diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatiga olish]

Download 31.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling