1. Samarqand viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazi haqida tushuncha
Samarqand viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazing maqsadi
Download 31.72 Kb.
|
1 O’zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi haqida tushunc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savdo-sanoat Palatasining vazifalari.
Samarqand viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazing maqsadi.
Palata tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, ishchanlik muhitini takomillashtirish, Palata a’zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish, tadbirkorlarning chet ellik sheriklar bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etiladi. Savdo-sanoat Palatasining vazifalari. Palataning vazifalari quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni, eng avvalo kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish; tadbirkorlarga chet ellik sheriklar bilan amaliy muloqotlar va aloqalarni kengaytirishda, eksport mahsulotini tashqi bozorlarga olib chiqishda, shuningdek raqobatbardosh tayyor mahsulot chiqarishni ta’minlovchi yangi ishlab chiqarishlar barpo etish hamda mavjud ishlab chiqarishlarni texnikaviy jihatdan qayta jihozlash uchun to‘g‘ridan to‘g‘richet el investitsiyalarini jalb etishda ko‘maklashish; boshqa davlatlarning savdo-sanoat palatalari va tadbirkorlar jamoat birlashmalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirish; tadbirkorlarga keng turdagi xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan axborot ta’minoti va maslahat yordami berish, O‘zbekiston Respublikasining ishlab chiqaruvchilari haqidagi, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot va investitsiyaviy imkoniyatlar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek potensial sheriklarga va zamonaviy texnologiyalar xarid qilish imkoniyatlariga oid ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi biznes-kataloglar e’lon qilinishini tashkil etish; tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay muhitni shakllantirish, xalqaro huquq va biznes yuritish amaliyotining umum e’tirof etilgan normalarini joriy qilish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy va iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash chora-tadbirlarini ko‘rish; tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish, shu jumladan davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudda ifoda etish hamda himoya qilish; tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar ta’limi va ularni tayyorlash tizimi rivojlantirilishini, tadbirkorlarni o‘qitish va ularning malakasini oshirish tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlash. Palata qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin. Download 31.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling