1. Samarqand vohasining eng qadimgi va qadim davri. Samarqandning vujudga kelishi va Sug‘dda ilk shahar markazlari


Samarqandning vujudga kelishi va Sug‘dda ilk shahar markazlari


Download 107.45 Kb.
bet3/8
Sana04.11.2023
Hajmi107.45 Kb.
#1748368
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-maruza mavzu

2. Samarqandning vujudga kelishi va Sug‘dda ilk shahar markazlari


Sug‘d hududida birinchi davlat birlashmalari shakllanishi hamda ilk shaharlarning vujudga kelishini ko‘rsatuvchi besh omilni M.X.Isamiddinov ajratib ko‘rsatadi: 1) yer unumdorligi, tog‘ daryolarining sersuvligi va issiq iqlim sharoiti; 2) eneolit davridan (Sarazm madaniyati) boshlangan barqaror dehqonchilik anʼanalari va hunarmandchiligi; 3) Samarqand Sug‘di eneolit davridan boshlab mis rudalarining asosiy markazi bo‘lib, bu yerga uzoq hududlardan mis sotib olish uchun odamlar kelishgan. Shubhasiz, ushbu iqtisodiy omil shaharni shakllantirish jarayonida juda muhim rol o‘ynagan va natijada davlatning vujudga kelishiga turktki bo‘lgan; 4) Samarqand va Samarqand Sug‘di savdo yo‘llari chorrahasida joylashgan. Buyuk Ipak yo‘li paydo bo‘lishidan oldin ham yirik Sug‘d savdo markazi bo‘lib, bu mintaqaning rivojlanishini taʼminlagan asoslardan; 5) Samarqand Sug‘di doimo ko‘chmanchi aholi bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Bronza davridan boshlab ko‘chmanchi qabilalar mahalliy dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan qabilalar bilan yaqin munosabatda bo‘lib kelishgan .
Sug‘d hududiga shahar madaniyati qay tarzda kirib borganligi katta ahamiyat kasb etadi. Sug‘d hududida dastlabki shaharlar paydo bo‘lganida, asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlar yuqori darajada rivojlangan dehqonchilik, mis rudali zahiralarining mavjudligi, chorvachilik dashtlariga yaqinlik va qulay geografik sharoitlar bo‘lgan. Baqtriya hududi taraqqiyoti shahar madaniyatining yanada rivojlanishiga muhim turtki bo‘ldi.
Baqtriya madaniyati birinchilardan bo‘lib, Sug‘d hududlariga taʼsir qilgan. Buning asosiy sabablari Sug‘dning Baqtriyaga yaqin joylashganligi, tabiiy iqlim sharoitlarining o‘xshashligi va etnik-madaniy anʼanalarning umumiyligi bo‘lgan. Sug‘dning dehqonchilik madaniyati juda rivojlangan hunarmandchilik mahsulotlari va aholining dunyoqarashi Baqtriyaga yaqin bo‘lgan. Aynan Sug‘dliklar shu davrga kelib shahar madaniyatini qabul qilishga tayyor bo‘lishgan.
Sug‘d hududidagi ilk temir davriga oid arxeologik yodgorliklari Ko‘ktepa yirik, nisbatan qadimiyroq bo‘lib, qadimgi Sug‘diyona tarixi va madaniyati haqida ko‘plab maʼlumotlarni bera oladi.
Ko‘ktepa. Ko‘ktepa shahar xarobasi Samarqanddan 35 km shimoli-g‘arbda, tabiiy tepaliklar yuzasida, Bulung‘ur kanalining yuqori o‘ng qismida joylashgan. Eng qadimiy shaharga asos solingan joy, bir tomonda Bulung‘urning o‘ng qismidagi jarliklar bilan kesishgan. Ichki shahar maydoni taxminan 23 gektar bo‘lgan kvadrat shaklga ega bo‘lgan. Relʼefdan har tomondan o‘ralgan mudofaa devorini va devorning har tomonining o‘rtasida to‘rtta darvozani aniq ko‘rish mumkin.
Himoya devori tashqarisida, g‘arbiy tomonida va handaq orqasida unga tutashgan tekis uchburchak tepa bo‘lgan. Hozirgi vaqtda u to‘liq tekislangan va o‘zlashtirilgan. Shahar xarobasining sharqiy tomonda ikkita alohida oval shakldagi tepaliklar ham joylashgan.
Shu bilan birga, Ko‘ktepaning shimoliy-sharqiy tomonidan 500 m masofada qadimgi topografik xaritada qalʼa devorining qoldiqlari yoki qadimgi yassi tepalikning chetlari ko‘rinadi. Devorning umumiy qalinligi 12 metrga yetadi. Ko‘ktepa Sug‘d hududidagi yirik shaharlardan birining qoldig‘i bo‘lishi kerak. Ichki devorning atrofida ikkita ulkan tepalikka o‘xshash hudud va unga tutash maydon bo‘lgan. Hozirgi vaqtda tepalikning asosiy 80 foizi allaqachon buzilgan. Yassi g‘ishtlar bilan birga to‘rtburchak g‘ishtlar ham uchraydi. G‘ishtlarning o‘lchamlari: 46x24x7-8; 44x24x6-7; 60x23x7-6 sm. Ko‘pgina g‘ishtlarda g‘isht yuzasiga nol, baʼzan f harfi shaklidagi belgilar va boshqa belgilar ko‘rinishidagi shtamplar qo‘yilgan. Platformaning saqlangan qismining balandligi 2 metrdan oshadi .
Ko‘ktepa shahar xarobasi maydonida arkda «hukmdorning qarorgohi” joylashgan. U qalʼadagi boshqa binolardan 10 metrdan balandroq qilib qurilgan. Uning maydoni 200x100 metrni tashkil etadi. Hukmdorning qarorgohiga kirish qismi majmuaning sharqiy tomonida joylashgan.
Hukmdorning qarorgohidagi g‘isht ostidan olingan radiokarbonli tahlil 2690 yil + 50 yilni ko‘rsatadi. Bu qo‘lda yasalgan rangli kulolchilik davrining tugagan arxeologik sanasiga, yaʼni, millodan avvalgi VIII asr oxiri va VII asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu esa Ko‘ktepa hududidagi ilk shahar siluyeti bo‘lganligini ko‘rsatadi. U «ibodatxona” va «hukmdorning qarorgohi”ni o‘rab turgan devorga ega bo‘lmagan.
Afrosiyob. Afrosiyob Samarqandning shimoli-sharqida Siyob arig‘ining irmoqlari va jarliklari tutashib ketgan Cho‘ponota tepaligining yon bag‘rida joylashgan. Afrosiyobning topografik xaritasida shaharning 4 qavat mudofaa halqasi yaqqol ko‘rinib turibdi. Ulardan birinchi va to‘rtinchisi birmuncha qadimiyroq. Qolgan 2 va 3 halqalari ilk o‘rta asrlarda barpo etilgan.
Devorlar to‘g‘ri to‘rtburchakli standart g‘ishtlardan barpo etilgan. U mil. avv. I mingyillik o‘rtalarida qurilgan. Shuningdek, shahar mudofaa devorlarining vujudga kelgan davrini noto‘g‘ri davrlashtirgan holatlar mavjud bo‘lib, bu Afrosiyob hududida shaharning paydo bo‘lishi sanasini aniqlashda chalkashlikka sabab bo‘ladi.
Afrosiyobning birinchi mudofaa halqasi devorlarining qalinligi 7 metrni, balandligi esa 7 metrdan kam bo‘lmagan. Ammo ayrim olimlar bu devorlarni keyingi davr devorlari uchun poydevor bo‘lgan deb talqin qilishadi. Afrosiyob arkining janubiy qismidagi eng qadimiy mudofaa devorlari uch-to‘rt marta, uning g‘arbiy qismdagi 4-mudofaa devori 4-5 marta taʼmirlangan. Bu holat Samarqandning ahamoniylarga qadar bo‘lgan ilk devorlari uzoq vaqt bo‘lganligidan dalolat beradi. Arkning g‘arbiy qismida mudofaa devorlari ichida sopolchilik ustaxonalari bo‘lgan. U yerdan M.I.Fi¬lanovich mil. avv. I ming yillikka oid sopol chiqindilar topgan . Bu esa akropolning g‘arbiy qismida katta hovuz ilk ahamoniylar davridayoq bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Birinchi halqa mudofaa devorlari va akropolning janubiy-g‘arbidagi devorlar relʼefida «uzilish” ko‘zga tashlanadi. Mazkur joyda qazish ishla¬rini olib borgan S.K.Kabanov tuproqdan bunyod etilgan mudofaa devor¬larini, mil. av. I ming yillik o‘rtalariga oid ekanligini aniqlagan.
O‘rta Osiyo yunonlar tomonidan bosib olingach, qurilish texnikasida ham o‘zgarishlar sodir bo‘lib, kvadrat shakldagi g‘ishtlardan foydalana boshlangan. Bu davrga kelib O‘rta Osiyoda kechgan siyosiy voqealarga hamohang ravishda yangicha meʼmoriy mudofaa qurilishi va yangi innovatsion jarayonlar sodir bo‘lgan.
Ahamoniylarga qadar bo‘lgan qatlamlar faqatgina mudofaa devorlari va ark platformadan olib tashlangan bo‘lsa, to‘rtinchi halqada doimo uchraydi. Xuddi shunday qatlamlar Qo‘rg‘oncha manzilgohi va bugungi Siyob bozori atrofida ham uchraydi. Bundan tashqari, Registon va unga yondosh hududlar universitet xiyobonining janubiy g‘arbiy qismida joylashgan Lolazor manzilgohi va uning eng g‘arbiy nuqtasi bo‘lgan kulollar mahallasi, Sartepo manzilgohi ham yuqoridagi qatlamga xos. Lolazor mavzesida ham magistral xonalar tarmog‘i aniqlangan bo‘lib, kanallar tubidan ahamoniylar va ahamoniylargacha bo‘lgan davrlarga xos sopol va boshqa materiallar aniqlangan. Bu qadimiy shaharning ulkan Raboti bo‘lganligidan dalolat beradi. O‘rta Osiyoning hech bir shahri bunday keng rabotga va shahar tashqarisidagi irrigatsion tizimga ega emas.
Xullas, Sug‘d hududlarida qadimdan dehqon va mahalliy chorvador qabilalar qo‘shni bo‘lib yashab kelishgan. Sug‘d hududidagi qo‘lda yasalgan bezakli sopol madaniyatining mustahkam joylashtirilganligi bu yerda urbanizatsiya jarayonlari ilk temir davridan boshlanganligini ko‘rsatadi. Xususan, bu yerda Ko‘ktepa hukmdor saroyi atrofida mudofaa devori vujudga kelgan. Ahamoniylargacha va ilk ahamoniylar davrida diniy markaz bo‘lganligi bizga maʼlum.
Shu tariqa hukmdor saroyining qurilishi Sug‘dda qo‘lda yasalgan bezakli sopol davridan ancha ilgari sodir bo‘lgan. Biroq Samarqand Sug‘dida qudratli monumental inshootlar xuddi Qashqadaryo vohasi kabi miloddan avvalgi VIII asr oxiri VII asr boshlarida vujudga kelgan.
Sug‘dning asosiy to‘rtta yirik poytaxt shaharlaridagi qurilish materiallari (yalpoq tekis g‘isht) mahalliy ildizlarga ega ekanligi tadqiqotlar natijasida oydinlashdi. Sug‘dning yirik to‘rt shahrida Ko‘ktepa, Afrosiyob, Uzunqir va Yerqo‘rg‘onning quyi qatlamlarida yuqoridagidek yapaloq g‘ishtlar aniqlangan. Bunday g‘ishtlardan atorofida xo‘jalik va jamoaviy hayot rivojlangan diniy markazlar bunyod etilgan. Bu VIII asr ikkinchi yarmi va VII asrning boshlariga oiddir.

Download 107.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling