1. Samarqand vohasining eng qadimgi va qadim davri. Samarqandning vujudga kelishi va Sug‘dda ilk shahar markazlari


Bu jamoalarga tegishli manzilgohlar faqat Urgut-Ingichka tog‘lari shimoliy-sharqiy massivlarida 30dan ziyod manzilgohlar topilgan va tekshirish ishlari davom etmoqda


Download 107.45 Kb.
bet2/8
Sana04.11.2023
Hajmi107.45 Kb.
#1748368
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-maruza mavzu

Bu jamoalarga tegishli manzilgohlar faqat Urgut-Ingichka tog‘lari shimoliy-sharqiy massivlarida 30dan ziyod manzilgohlar topilgan va tekshirish ishlari davom etmoqda.
Kulolchilikning kashf qilinishi bilan kishilar chorva mahsulotlarini saqlash, ovqatni pishirib isteʼmol qilishga o‘tganlar. To‘qimachilikning yuzaga kelishi bilan zarur kiyim-kechak, ust-boshlarga doimiy ega bo‘ladilar. Ziroatchilikning va chorvachilikning kashf qilinishi bilan o‘zlariga zarur oziq-ovqat zahirasiga ega bo‘ladilar. Mehnat qurollarining takomillashishi natijasida mehnat unumdorligi oshadi. Kishilar tabiat hodisalariga nisbatan o‘z fikrlarini bildirish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Uzoq-yaqin jamoalar bilan o‘zaro aloqalar bog‘lashda sayyoralardan «yo‘l ko‘rsatkich” sifatida foydalanishni bilib olishadi.
Dehqonchilikning kashf qilinishi jamoalarning muayyan o‘troqlashib yashashiga ham zamin yaratadi. Sazag‘on-Qoratepa tog‘oldi massivlarida yashagan urug‘-jamoalari Zarafshon vodiysida yashagan urug‘-jamoalari orasida dehqonchilikni kashf qilgan dastlabki jamoalardan sanaladi. Bu atrofdagi makonlardan topilgan yorg‘uchoq, tosh o‘roq tig‘lari, kelisop, non yopadigan silliq yalpoqtoshlarning olovda toblangan nusxalarining topilishi shundan guvohlik beradi. Tadqiqotlar Zarafshon vodiysi va uning Samarqand vohasi ham eng qadimgi dehqonchilikning yuzaga kelgan markazlardan bo‘lganligidan dalolat beradi. Sazag‘on, Jangal, Tepaqul kabi makonlardan echki, tog‘ qo‘yi, to‘ng‘iz, bo‘ri, jayron, tulki kabi jonivorlarning suyak topilmalari bundan guvohlik beradi. Bu jamoalar mayda tuyoqli jonivorlardan echki, qo‘y, shuningdek, it kabi jonivorlarni xonakilashtirishni bilganlar.
Tadqiqotlar natijasida qabrlar va qishloqlar tipidagi ko‘pgina yodgorliklar topildi. Ibtidoiy davrda vohaning keng hududida chorvador va dehqon qabilalari yashaganlar. Ulardan bizgacha Urgut tog‘i shimoliy-sharqida joylashgan Mo‘minobod, Soyg‘us, Samarqanddan 9 km g‘arbda, Zarafshon daryosining so‘l qirg‘og‘ida joylashgan Chakka, Afrosiyob shaharchasining shimoliy chegarasidan Siyobcha, Nurobod tumaniga qarashli Jom qishloqlari atroflarida o‘rganilgan qabr va qabristonlar, Samarqand davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida o‘rganilgan To‘qayli metallurglar qishlog‘i va boshqalari mil. avv. 2 ming yillik o‘rtalarida vohaning sersuv va serhosil joylarida qator o‘troq qishloqlar qad ko‘targanligini ko‘rsatadi. Bu yodgorliklarda arxeologik ashyolardan tashqari turli sanʼat namunalari – ko‘plab zargarlik zebu ziynat buyumlari topilgan. Mo‘minobod qabrlaridan birida suyakdan yasalgan nay topilgan. Bu esa o‘sha davrlarda yashagan ajdodlarimiz yuksak madaniyat sohiblari bo‘lganligidan dalolat beradi. Bunday qishloqlar mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan. O‘sha davrda tashkil topgan yirik qishloqlardan, keyinchalik, mil. avv. IX-VIII asrlarga kelib, ilk shaharlar Ko‘ktepa, Afrosiyob, Xo‘jabo‘ston kabilarning tashkil topgan. Shaharlashish, yaʼni, urbanistik jarayonlar boshlanib ketgan.
Shu davrdan boshlab, Samarqand vohasi, Sug‘diyona tarixida qadimgi Sug‘d davri, ilk davlatchilikka asos solingan davr boshlanadi. Zarafshon vodiysining qadimgi dehqonchilik madaniyati Sug‘diyonani rivojlangan tarixiy-madaniy o‘lkaga aylanishga olib keladi. Bu voha xalqi hayotida yuz bergan tub ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlar Ko‘ktepa ilk shahri materiallariga ko‘ra, mil. avv. I-ming yillikning boshlarida yuz berdi. Bu esa Samarqand vohasida urbanistik jarayonlar va ilk shaharsozlik hamda davlatchilik madaniyatining paydo bo‘lishi va tadrijiy rivojlanishidan dalolat beradi. Antik davrga kelib (mil. avv. IV asrdan) o‘lkamizda tom maʼnodagi shaharlar, ko‘p tarmoqli hunarmandchilik markazlari, tovar-pul munosabatlari asosida qurilgan va xalqaro savdo markazlariga aylangan yirik shaharlar tarkib topdi. Buni esa, Ko‘ktepaning III, Afrosiyobning III-IV madaniy qatlamlari misolida ko‘rishimiz mumkin.



Download 107.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling