Echki bilan bo’ri
Download 0.82 Mb.
|
Echki
Echki bilan bo’riBir zamonda bir echki uydan chiqib, qirning boshida o’tlab yurgan vaqtida bo’ri kelib echkini tutib, yemoqchi bo’libdi. Echki qarasa, qo’lga tushdi, endi o’ladi. Echki o’zicha fikr qilib turib: “Bunga bir miyani ishlatmasam hozir o’laman”, — o’ylagancha, bo’riga ta’zim qilibdi. — Ha, taqsir, xush keldingiz. Onamdan tug’ilganimdan beri o’tlab yurganimda, bo’ri meni tutib olib yesa, deb orzu qilar edim. Alhamdulilloh, orzuyimga yetishdim. Armon bilan ketmay, sizni hofiz deb eshitar edim. Meni yeyishdan oldin ashula qilib bersangiz. Undan keyin meni yesangiz mayli, — debdi. Bo’ri o’zicha fikr qilibdi: “Men uni hozir yemoqchi edim, meni kim hofiz, deb aytdi ekan. Xayr, shuni ham sazasi o’lmasin”, debdi va yerga o’tirib, osmonga qarab hofizligini boshlabdi. Shunda qishloqdagi itlar bo’rining tovushini ilg’ab, chiqib yugurishib qolishibdi. Ular bo’rini oldiga solib, quvib ketishibdi. Shu tadbir bilan echki o’limdan qutulib qolibdi. Ikki kalima so’zni bo’ridan eshiting. Bo’ri bir baland tog’ning ustiga chiqib, itlar qaytib ketganidan keyin o’ziga-o’zi: “Mening hunarim qassoblik edi. Menga kim qo’ydi hofizlikni”, deb o’ziga dashnom beribdi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling