1. San’atning kelib chiqishi va taraqqiyoti


Download 26.69 Kb.
bet6/6
Sana16.06.2023
Hajmi26.69 Kb.
#1509032
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12 sanat manaviyat gultojisi

Estetik idrok ham badiiy idrok singari nazariy va amaliy ahamiyatga molik tushunchadir. Negaki, estetik idrokni tadqiq etmay turib, badiiy ijod nazariyasining to’laqonli tarzda anglab yetish hamda san’atning ijtimoiy tabiatini ochib berish mumkin emas. Estetik idrok masalasi to’g’ridan to’g’ri inson estetik tarbiyasiga dahldorligi bois inson va jamiyat, inson va davlat, inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlar rivojida sezilarli ta’sirga ega. Chunki, estetik idrokning o’ziga xos xususiyati avallo , badiiy ijodning tabiatiga hamda san’atning ijtimoiylik mohiyatiga ta’sir ko’rsatishi bilan belgilanadi. Ikkinchidan, estetik idrok qonuniyatlarini tadqiq qilish san’at va badiiy ijod mazmuni va mohiyatini to’laqonli tarzda namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratadi. Bir so’z bilan aytganda, estetik idrok mohiyatan insonni voqelikni badiiy obrazlar orqali o’zlashtirilishi bilan namoyon bo’la boradi.
Estetik idrokning shakllanishi jarayoni tadrijiylik asosida rivojlanib,ma’lum bir kuzatuvlardan so’ng yuzaga keladi. Holbuki, u hech bir davrda o’z-o’zidan tayyor holda shakllanib qolgan emas. Inson san’at asarini estetik idrok etishi bilan bir paytda o’zining ma’naviy ehtiyojini ham qondirib boradi. Ana shu ehtiyoj pirovardida uning turmush tashvishlarini biroz bo’lsa-da yengillashtirishga, hayotning murakkab so’qmoqlaridan matonat bilan o’tib borishiga ko’mak beradi, yangiliklar yaratishga undaydi. Zero, estetik idroki tarbiyalangan inson Navoiyning “Xamsa” sidan bunyodkorlik tuyg’ularini, Qodiriyning “O’tagan kunlar”idan vafodorlikni, Cho’lpon she’riyatidan Vatanga bo’lgan muhabbatni, Abdulla Qahhor hikoyalaridan tubanlik, pastkashlik, tilyog’lamachilikka qarshi nafrat tuyg’ularini, Chustiy she’riyatidan bahoriy kayfiyatni his etib boradi.
Download 26.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling