1. Sanoat korhonalarini hududiy joylashtirish Irrigatsiya va melioratsiya tadbiriarini asoslash. Shaharsozlik loyihalarini asoslash


Shaharsozlik loyihalarini asoslash


Download 0.84 Mb.
bet4/5
Sana06.04.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1334143
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Taqdimot.MavzuYer kadastri

Shaharsozlik loyihalarini asoslash. Aholi yashash joylari: shahar, shaharcha, qishloq bunyod etilishida tabiatning go`zal, xushmanzara va faloqatli tabiiy hodisalardan uzoqda bo`lgan hududlar tanlanadi. Chunki ular vaqt o`tishi bilan aholi sonining ortishi natijasida kengayib boradi. Hozirgi vaqtda turti joylarda foydali qazilmalarning topilishi va ularni qazib olish, qayta ishlash korxonalari, yirik GRES, gidrotexnik inshootlar qurilishi, gaz va suvni quvurlarda tashishga xizmat qiluvchi kompressorlarning ishga tushirilishi munosabati bilan shu joylarda shaharchalar bunyod etilmoqda.
Vohalarda, xususan sug`oriladigan hududlarda shahar va qishloqlar relyefning balandroq joylarida, yirik kanal yoki daryo bo`ylaridan kamida 3-4 km uzoqlikda qurilgani ma'qul. Chunki suv aholi yashash joylariga yer ostidan ta'sir ko`rsatadi. Balandroq bo`lgan joylarda grunt suvlari sathi ancha pastda bo`ladi. Tabiat resurslaridan oqilona foydalanish va atrof-muhit holatini yaxshilash uchun mamlakat miqyosida bir necha sohalar bo`yicha ilmiy-amaliy dasturlar ishlab chiqilgan. Mazkur dasturlar bir necha yillarga mo`ljallangan bo`lib, uni bosqichma-bosqich amalga oshirib boriladi. Quyida ba'zi asosiy dasturlar mazmuni bilan tanishasiz.
Suv muammolari dasturi. O`rta Osiyoda suv resurslari taqchilligi va unga nisbatan talabning tobora ortib borayot ganligi tufayli, shuningdek joylarda suvning sifati davlat andozalariga to`la javob ber-mayotganligini e'tiborga olib, mamlakatda suv muammolari dasturi qabul qilingan. Dasturning asosiy mazmuni suv resurslaridan oqilona va tejab foydalanish, korxonalarda suvdan aylanma (berk) tex-nologiyani joriy qilgan holda foydalanishni yo`lga qo`yish va boshqa jarayonlarga qaratilgan. Dasturni amalga oshirishda geografiyaning vazifasi avvalo suv resursning ma'lum sohalar bo`yicha taqsimlanishini hisob-kitob qilish, qor va yomg`irlardan vujudga keladigan suv oqimi, yer osti suvlari hisobiga yer usti suvlarining (va aksincha) to`yini shini asoslash, muzliklarning, ko`llar, suv omborlarining balansini hisoblab chiqish, suvning yerga singishi, bug`lani shi va boshqalarni o`rganishdan iborat.
O`rta Osiyoda, shu jumladan, O`zbekistonda suvdan to`g`ri va ilmiy asosda foydalanishni yanada takomillashtirish, suvni iqtisod qilish ko`p hollarda sug`oriladigan dehqonchilikda uning oqilona ishlatilishiga bogliq. Shuning uchun suvg`orishda eng zamonaviy usullarni qollash zarur. Hozirda qishloq xo`jaligida samarali hisoblangan yomg`irlatib, tuproq ostidan va tomchilatib suvg`orish usullari tadbiq qilina boshlandi, lekin ular juda kichik maydonlarda amalga oshirilmoqda. Suv muammolari murakkab, ko`p qirrali va ko`p sohalidir. Ular uzoq muddatli mashaqqatli tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling