1. Sanoat korxonalarida energetik audit tekshiruvlarini o’tkazishni umumiy tartibi


Download 42.04 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi42.04 Kb.
#1349805

1 .Sanoat korxonalarida energetik audit tekshiruvlarini o’tkazishni umumiy tartibi.
Energetik balans korxona energiya xo’jaligi holatini belgilovchi muhim tavsif bo’lib, korxonaga uzatilayotgan energiya bilan foydalanilgan energiya va isroflarni o’zaro munosabatini belgilaydi. Energetik balanslarni hisobiy, ratsional va meyyoriy shakllari mavjud. Energetik balanslarni tahlil qilish korxona energiya xo’jaligi faoliyatini va energiyadan foydalanish samaradorligini sifat va miqdor jihatdan baholash bo’lib, quyidagi yo’nalishlarda tashkil etiladi:
-korxonada energiyani qabul qilish va istemol qilish strukturasini tadqiq qilish;
-energiyadan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlarini aniqlash;
-korxona energiya jo’jaligi faoliyatini va rivojlanishini belgilovchi umumlashgan ko’rstakichlarni aniqlash;
-korxona energetik balanslari strukturasini optimallash uchun kerak bo’lgan boshlang’ich ma`lumotlarni olish.
Korxona energoxo’jaligini real holatini belgilovchi ma`lumotlarni yig’ish va tahlil qilish energetik tadqiqotlarni mohiyatini belgilaydi. Elektr energiyasi bo’yicha energiya auditi tekshiruvlarini asosiy vazifasi solishtirma energiya sarfi katta bo’lgan iste`mol manbalarini, katta isroflar sabablarini aniqlash va bu ortiqcha isroflarni yo’qotish bo’yicha tadbirlar dasturini ishlab chiqish. Elektr energiyasini tejash bo’yicha tadbirlar dasturi tashkiliy, huquqiy, texnik xarakterda bo’lgan tadbirlar asosida korxona faoliyatini oqilona tashkil etishni ko’rsatib beradi.
Korxonada o’tkaziladigan energiya tejash bo’yicha tadqiqotlar samarasi asosan energetik balanslarni qay darajada detallashtirilganiga bog’liq bo’ladi. Energiya oqimining elektr ta`minoti sxemasi barcha elementlari bo’yicha aniqlangan quvvat balanslari noo’rin sarflanayotgan elektr energiyasini tezroq aniqlash imkoniyatini beradi. Bu esa o’z navbatida korxonada elektr energiyasini texnologik mashinaga bo’lgan bo’g’inlarda qanday taqsimlanishi, korxonada ishlab chiqarilayotgan har bir mahsulot birligiga sarflanayotgan energiya sarfi, ishlab chiqarish uchastkalari, tsexlar bo’yicha energiya oqimlarini hisoblashni taqozo qiladi. Bu odatda uzoq muddatli tadqiqotlar va ko’p kishilik tadqiqot guruhini talab etadi. Ayniqsa, minglab elektr dasgohlarga ega bo’lgan yirik korxonalar uchun katta muammolarni keltirib chiqaradi. Tadqiqotlar ko’p xarajatni talab etgani va uzoq davom etishi sababli korxonalar bu tadqiqot natijalari samara berishiga shubha bilan qaraydilar va energiya auditi xizmatlariga murojaat qilishmaydi. bu esa o’z navbatida, tez va arzon o’tkaziladigan energetik tadqiqotlar uslubiyotini ishlab chiqishni talab qiladi.

2 Energetik audit tekshiruvlarida o’rganiladigan energiya samaradorlik ko’rsatkichlari

Sanoat korxonalarida elektr energiyasidan foydalanish samaradorligi belgilovchi asosiy ko’rsatkichlar sifatida quyidagilar hisoblanadi:
Elektr ta`minoti tizimini yoki texnologik uskunaning foydali ish koeffitsienti (FIK) - texnologik uskunada foydali ishga sarflangan energiyani qurilmada iste`mol qilingan energiyaga nisbati bilan aniqlanadi, nisbiy birlikda yoki foizda o’lchanadi.
Mahsulotning energiya (elektr) sig’imi – mahsulot ishlab chiqarishda energiyaga bo’lgan talabni bildiradi. Bu ko’rsatkich ko’pincha har xil texnologik qurilmada ishlab chiqilgan bir xil mahsulot uchun qullaniladi va bu ko’rsatkich ko’pincha texnologiyaga nisbatan qo’llaniladi.
Mahsulot birliga sarflangan elektr energiyasi-birlik o’lchamdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan energiya;
Mahsulot tannarxida elektr harajatlari hissasi – mahsulot tannarxidagi energiya xarajatlari salmog’ini belgilaydi, nisbiy birlikda yoki foizda o’lchanadi.
Hozirgi kunda korxona energiya xo’jaligi faoliyati samaradorligining asosiy ko’rsatkichi mahsulot birligiga sarflangan elektr energiyasi hisoblanadi. Elektr energiyasi istemoli samaradorlik ko’rsatkichlari sifatida korxona bo’yicha quvvat koeffitsienti, foydali ish koeffitsienti (yoki nisbiy energiya isroflari), energiyada foydalanishda elektr energiyasi sifati ko’rsatkichlarini meyyoriy qiymatlar doirasida bo’lishi va sh.o’. bo’ladi.
Bunda innovatsiya loyihalarini samaradorligi sof diskontlangan foyda, investitsiyalarni sof foyda keltirish indeksi (loyihaning samaradorlik koeffitsienti), sof foydaning ichki meyyoriy qiymati, kapital xarajatlarni qoplash muddati bilan baholanadi.
Energiya samaradorlik ko’rsatkichi odatda davlat miqyosida o’lchanadi. Chunki bu ko’rsatkich energiya manbalarini qidirish, ilmiy –tadqiqot, qazib chiqarish va foydalanish jarayonlarini o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, bu ko’rsatkichni aniqlashda atrof –muhitga etkazilgan zarar ham e`tiborga olinadi. Energiyadan foydalanish samaradorligini avvalo energiya samaradorlik ko’rsatkichi (koeffitsienti) bilan aniqlanadi. Bu ko’rsatkichni hisoblashni bir nechta ifodasi bo’lib nomlangan va nisbiy birliklarda aniqlanadi. Bu ko’rsatkichni yalpi ichki mahsulotga (YaIM) bog’lab aniqlanadigan ko’rinishi keng qo’llaniladi. Bunda energiya samaradorlik shartli birlikdagi energiya resursni sarflab olingan milliy daromad orqali baholanadi. Bu ko’rsatkich ham bir necha o’lchov birliklarda hisoblanadi. 1-jadvalda jahondagi asosiy energiya istemolchilarning YIM orqali aniqlangan qiyosiy energiya samaradorlik ko’rsatkichlari keltirilgan [5].

3 Sanoat korxonalarida energetik tadqiqotlar o’tkazishning zaruriyati va ahamiyati

Korxonada o’tkaziladigan energiya tejash bo’yicha tadqiqotlar samarasi asosan energetik balanslarni qay darajada detallashtirilganiga bog’liq bo’ladi [12]. Energiya oqimining elektr ta`minoti sxemasi barcha elementlari bo’yicha aniqlangan quvvat balanslari noo’rin sarflanayotgan elektr energiyasini tezroq aniqlash imkoniyatini beradi. Bu esa o’z navbatida korxonada elektr energiyasini texnologik mashinaga bo’lgan bo’g’inlarda qanday taqsimlanishi, korxonada ishlab chiqarilayotgan har bir mahsulot birligiga sarflanayotgan energiya sarfi, ishlab chiqarish uchastkalari, tsexlar bo’yicha energiya oqimlarini hisoblashni taqozo qiladi. Bu odatda uzoq muddatli tadqiqotlar va ko’p kishilik tadqiqot guruhini talab etadi. Ayniqsa, minglab elektr dasgohlarga ega bo’lgan yirik korxonalar uchun katta muammolarni keltirib chiqaradi [14]. Tadqiqotlar ko’p xarajatni talab etgani va uzoq davom etishi sababli korxonalar bu tadqiqot natijalari samara berishiga shubha bilan qaraydilar va energiya auditi xizmatlariga murojaat qilishmaydi. Bu esa o’z navbatida, tez va arzon o’tkaziladigan energetik tadqiqotlar uslubiyotini ishlab chiqishni talab qiladi.
Korxona bosh energetigi energiya xo’jaligi faoliyatini boshqarishda har kuni o’nlab qarorlar qabul qiladi. Bu qarorlarni aksariyati uning tajribasiga asoslangan bo’ladi. Chunki har bir muammoli vaziyat bo’yicha ma`lumot yig’ish, hisoblash va tahlil qilish zarur. Ko’p yillik tajribaga ega bo’lishiga qaramasdan bu muammoli vaziyatlar hal etishning ilmiy asoslangan uslubiyotidan foydalanib tashkil etish ko’p vaqtni va mehnatni talab qiladi. Bundan tashqari, zamonaviy ishlab chiqarish munosabatlari bosh energetikdan energiya xo’jaligiga oid qarorni qabul qilishda korxona faoliyatiga oid ko’plab axborotni tahlil qilishni talab qiladi. Hozirgi kunda ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikga erishish omillaridan biri korxonani boshqarishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish bo’lib qolmoqda [1, 3, 5]. Shuning uchun zamonaviy raxbarlarning stolidagi kompteri asosiy ish quroliga aylanmoqda. Bunday katta hajmdagi axborotni tahlil qiluvchi kompyuter dasturlariga ehtiyoj tug’iladi.

5 Korxonaning energetik auditi tekshiruvlarida energiya balanslarni qurish va tahlil qilish



Energetik balanslarni tahlil qilish korxona energiya xo’jaligi faoliyatini va energiyadan foydalanish samaradorligini sifat va miqdor jihatdan baholash bo’lib, quyidagi yo’nalishlarda tashkil etiladi:
-korxonada energiyani qabul qilish va istemol qilish strukturasini tadqiq qilish;
-energiyadan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlarini aniqlash;
-korxona energiya jo’jaligi faoliyatini va rivojlanishini belgilovchi umumlashgan ko’rstakichlarni aniqlash;
-korxona energetik balanslari strukturasini optimallash uchun kerak bo’lgan boshlang’ich ma`lumotlarni olish.
Sanoat korxonalarida energetik tadqiqotlar asosida quriladigan energetik balanslar quyidagicha tasniflanadi:

18-rasm. Sanoat korxonalarining energetik balanslari tasnifi



  1. O’rganiladigan davri bo’yicha [2, 12] (18-rasm):

  • hisobot energetik balanslari, o’tgan davrdagi o’lchangan qiymatlar bo’yicha aniqlanadi;

  • meyyoriy energetik balanslari, yaqin kelajakdagi ishlab chiqarish uchun belgilanadi;

  • loyihalangan energetik balanslari, ob`ektlarni qurishda ishlab chiqiladi;

  • istiqboliy energetik balanslari, kelgusida ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun aniqlanadi.

  1. Elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini aniqlash bo’yicha energetik balanslar quyidagi ko’rinishlarda tayyorlanishi mumkin:

    • Ratsional energetik balans, elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini energetik uskunalarni rekonstruktsiya qilmasdan tashkiliy tadbirlar orqali samarali foydalanishni ta`minlaydigan energetik balans;

    • Meyyoriy energetik balans, ilmiy asoslangan uslubiyot asosida hisoblangan energetik balans bo’lib, energiyadan oqilona foydalanishni ta`minlaydi;

    • Optimal energetik balans, elektr energiyasini eng kamchiqim uzatish, taqsimlash va foydalanish imkoniyatini beradigan va atrof muhitga eng kam zarar etkazadigan energetik balans hisoblanadi.


6.
Download 42.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling