1. Sarfni o’lchash uchun mo’ljallangan toraytiruvchi qurilmalarmontaji
Sarf va miqdor o’lchashningikkimlamchiasboblarmontaji
Download 1.17 Mb.
|
Sarfni o\'lchash uchun toraytiruvchi qurilmalar
2. Sarf va miqdor o’lchashningikkimlamchiasboblarmontaji
O’zgaruvchan bosimlar farqiga asoslangan difmanometrlar-sarfo’lchagichlar vertikal holatda, ularning shkalalari (diagrammalari) ish o’rnidan kuzatishga qulay, ventillar esa xizmat ko’rsatish uchun qo’l etadigan qilib o’rnatiladi. Birikmaning bikr bo’lishi uchun olish trublari qo’shimcha ravishda skoba bilan mahkamlanadi. Portlash va yong’in xavfi bo’lgan muhitli xonalarda faqat mexanikaviy difmanometrlar ishlatiladi, chunki elektr zanjirlarning kontaktli qurilmalari uchqun chiqarib, portlash yoki qyong’inga sabab bo’ladi. Toraytirish qurilmasini idfmanometrga birlashtirish yo’llari zanglamaydigan trubalardan yasaladi. Agressiv suyuqliklar va gazlarning sarfini o’lchashda choksiz zanglamaydigan po’lat quvurlar (GOST 9941-81), viniplast yoki polietilen trubalar (GOST 18599-83) ishlatiladi. Birlashtruvchi quvurlarning ichki diametri kamida 8 mm bo’lishi kerak, toraytirish qurilmasini tenglashtirish yoki ajratish idishlariga birlashtiruvchi quvurlar bundan mustasno bo’lib, ularning ichki diametri kamida 12 mm bo’lishi lozim. Difmanometrga ulangan ikkala (musbat va manfiy ishorali) quchvuryo’l bir xil temperaturali sharoitda bo’lishi lozim. Bu quvuryo’llar vertikal yoki gorizontalga nisbatan kamida 1:10 qiyalatib yotqiziladi. Bunda nishablik quvuryo’lning boshidan oxirgacha bir tomonga yo’nalgan bo’lishi lozim. Quvurlar ravon, o’tkir burchaksizva ezilmasdan egilishi krak. Birlashtiruvchi quvuryo’llardagi ventillarning o’tish teshiklarining kesim yuzasi trubalarning kesim yuzasidan kam bo’lmasligi kerak. 169-rasm. Difmanometrlar-safo’lchagichlarni toraytirish qurilmasidan pastroqda (a) va yuqoriroqda (b) o’rnatish sxemasi: 1-toraytirish qurilmasi, 2,3-ventillar, 4-tindirish idishlari, 5-difmanometr, 6-gazto’plagich Difmanometrlar-safo’lchagichlar suyuqlik sarfini o’lchashda toraytirish qurimasi 1 dan (169-rasm, a) pastroqda joylashtiriladi. Difmanometr 5 bilan toraytirish qurilmasi o’rtasidagi birlashtirish quvuryo’li bir tomonga qiyalatib yotqiziladi. Difmanometr oldida havo bilan tozalash ventillari 3 bilan jihozlangan tindirish idishlari 4 o’rnatiladi. Olish qurilmasining bevosita oldida har bir quvuryo’l ventil 2 bilan jihozlanadi. Difmanometrni ta’mirlashda olish qurilmasi shu ventil bilan berkitib qoyiladi. Difmanometr shunday joylashtirilganda suyuqlikdan ajraladigan kondensat yoki gaz suyuqlik sarfi o’lchanadigan texnologik quvuryo’lga ketadi. Natijada gaz to’plash idishlari (havo to’plagichlarni) va gazlarni havoga (tashqari)ga chiqarib yuborish qurilmalarini o’rnatishga hoat qolmaydi. agar texnologik quvuryo’llarni joylashtirish sharoitlariga ko’ra toraytirish qurilmasi o’rnatilgan joyda impuls trubalarini bir tomonga qiyalatib o’rnatish va difsmanometrni impulsni olish joyidan pastroqda joylashtirish imkoni bo’lmasa, uni toraytirish qurilmasidan yuqoriroqda (169-rasm, b) o’rnatishga ruxsat etiladi, lekin bunda impuls trubalarining eng yuqori nuqtalarida gaz to’plagichlar 6 o’rnatiladi. Difmanometr-sarfo’lchagichlar 4 (170-rasm, a) gaz sarfini o’lchashda odatda toraytirish qurilmasi 1 dan yuqoriroqda joylashtiriladi. Agar texnologik quvuryo’llarni joylashtirish sharoitlariga ko’ra buning iloji bo’lmasa, birlashtiruvchi yo’llarning eng qoyi nuqtalarida kondensatni tutish uchun tindirish idishlari 5 (170-rasm, b) o’rnatiladi. Birlashtiruvchi yo’llarini havo bilan tozalash uchun ventillar 3 dan foydalaniladi. 170-rasm. Gaz (a, b) va bug’ (v) sarfini o’lchash uchun difmanometrlarni o’rnatish sxemasi: a-difmnaometr toraytirish qurilmasidan yuqori joylashgan, b-difmanometr toraytirish qurilmasidan pastda joylashgan; 1-toraytirish qurilmasi, 2,3-ventillar, 4-difmanometr, 5-tindirish idishi, 6-tenglashtirish idishi 171-rasm. Asbobni impuls olish joyidan past (a) va yuqori (b) o’rnatishda DP turidagi difmanometrlarni ulashning yiriklashtirilgan qismlari: 1,8-kronshteynlar, 2-taglik, 3-qisqichlar, 4-biriktirgichlar, 5-ventillar, 6-tarmoqlar, 7-panjalar, 9-plita Issiq gazlarning sarfini o’lchashda ikkala birlashtirish yo’lida temperaturalarning bir xil bo’lishini ta’minlash zarur. Birlashtirish trubkalarini issiq gaz quvuryo’liga bevosita yaqin joylashtirmaslik kerak; agar buning iloji bo’lmasa ikkala birlashtirish trubkalari issiq o’tkazmaydigan izolyasiya bilan qoplanadi. Bug’ sarfini o’lchashda ikkala birlashtirish yo’llarida kondensatning sathlari o’zgarmas va teng bo’lishi lozim. Buning uchun toraytirish qurilmasi 1 ga (170-rasm, v) bevosita yaqin joyda tenglashtirish kondensasiya idishlari 6 o’rnatiladi. Ikkala idish va ulardagi yon teshiklar bir xil balandlikda joylashishi lozim. Vertikal va qiya o’rnatilgan quvuryo’llarda idishlarning yon teshiklari toraytirish qurilmasidagi bosim olish uchun mo’ljallangan yuqorigi teshik bilan bir tekislikda joylashtiriladi. Agressiv suyuqliklar va gazlarning sarfini o’lchashda har bir birlashtiruvchi quvuryo’lga bittadan ajratib turuvchi idish ulanadi. Difmanometr-sarfo’lchagichlar devorga yoki polga o’rnatiladi, buning uchun yirik bog’lash qismlarining namunaviy konsturksiyalari ishlab chiqilgan. Bunday konsturksiyalavr zavodlarda tayyorlanadigan birxillashtirilgan detallardan tuzilgan. Bu hol barcha montaj tashkilotlarini birxillashhtirilgan detallar bilan markazlashtirilganu sulda ta’minlashga, shuningdek loyihalarning hajmini va bajarilish muddatlarini qisqartirishga imkon beradi. Suyuqlik sarfini o’lchashga mo’ljallangan, devorda impuls olish joyidan pastroqda o’rnatiladigan impuls trubalari yuqori tomondan keltirilgan DP difmanometrining (bir-biriga bog’lash) yiriklashtirilgan bog’lash qismi quyidagi birxillashtirilgan detallardan (171-rasm, a): difmanometr o’rnatiladigan kronshteyn 1 va taglik 2, qisqichlar 3, birlashtirgichlar 4, ventillar 5, burab kiritildigan birlashtirgichli ulamalar 6 dan tuzilgan. Bunday qismni o’rnatish uchun devorga shpilkalar bilan mahkamlanadigan yoki ustunlarning metall konstruksiyalariga payvandlanadigan kronshteyn 8 yoki plita 9 ishlatiladi. Kronshteyn 1 bevosita metallkonstruksiyaga payvandlanishi ham mumkin. Agar plita ishlatiladigan bo’lsa, unga yiriklashtirilgan bog’lash qismining kronshteyni 1 mahkamlanadi, buning uchun kronshteynda plitaning o’rnatish shpilkalariga moslab teshiklar ochiladi. So’ngra ventillar va oqim yo’nalishini o’zgartirgichlar o’rtasida oldindan o’rnatilgan panjalar 7 yordamida difmanometrning bog’lash qismi kronshteyn 8 ga mahkamalanadi. Suyuqlik sarfini o’lchashga mo’ljallangan, impulsni olish joyidan yuqoriroqda o’rnatiladigan, impuls trubalari pastdan keltiriladigan DP difmanometrining yiriklashtirilgan bog’lash qismi ham shu usulda mahkamlanadi (171-rasm, b). SADT (sanoat asboblari davlat tizimi)dagi yakka difmanometrlar polda bir oyoqli tayanchlarda taglikka o’rnatiladi. DSP silfonli difmanometrni (SADT tizimi) bir oyoqli tayanchda taglikka o’rnatish va bog’lash namunasi 172-rasmda ko’rsatilgan. 172-rasm. DSP turidagi silfonli difmanomertni bir ustunli tayanchga taglik qoyib o’rnatish va bog’lash: 1-qismlarni o’zaro bog’lash trubalari, 2-tayanch, 3-havoni tayyorlash qismi, 4-taglik, 5-difranometr. Montaj ishlarini to’liq yig’ish usulida bajarganda tayyorlash-o’rnatish ustaxonalariga qoyiladigan asosiy talab ob’ektlarga yiriklashtirilgan yig’ma qismlarni va bloklarni etkazib berishdan iborat. Shu bois asboblarni guruhlab o’rnatish ancha afzal. Ushbu maqsadda perforasiyalangan profildan tayyorlangan birxillashtirilgan ramalar (stativlar) ishlatiladi. Stativning tashqi o’lchamlari va shakli asboblarni tejamli joylashtirish, ularni bog’lash va ob’ektdagi asosiy quvuryo’lga ulanadigan impuls trubalarini oson mahkamlshaga imkon beradi. Stativlar ob’ektga to’liq yig’ilgan qismlarni jo’natishga imkoniyat yaratadi. Bular ob’ektda o’rnatiladi va kerakli (impuls, ta’minlash, to’kish va h. boshqa) quvuryo’llarga ulanadi. SADT tizimidagi DM-P turdagi membranali difmanometrlarni guruhlab o’rnatish 173-rasmda ko’rsatilgan. 173-rasm. DM-P turidagi membranali difmanometrlarni stativga guruhlab o’rnatish: 1- stativ, 2 - KS-7 turdagi birlashtirish qutisi, 3 -, 4 - havo va tukish kollektorlari, 5 - filtrli bosim reduktori, 6 - taglik, 7 - diametri 14x2 choksiz po’lat truba, 8 - difmanometr Difmanometrlarni o’rnatishdagi umumiy talablardan boshqa maxsus talablar ham qoyiladi. Jumladan, DM-P membranali difmanometrlarni o’rnatishda asbobga 80 S dan yuqri temperaturalri muhitning kirishiga yo’l qoyilmaydi, bu membranali blokni to’latgan suyuqlikning qaynashiga sabab bo’ladi, natijada membranali qutilar shishib, ishdan chiqadi. PPE o’zgarmas farqli sarfo’lchagichlar aniq tik (vertikal) holatda va quvuryo’lning faqat gorizontal qismida o’rnatladi. Agar quvuryo’lning diametri sarfo’lchagichdagi birlashtirish qisqa quvurining diametridan katta yoki kichik bo’lsa, yana ikkita o’tish yo’lari o’rnatilib, bular o’rtasiga asbob joylashtiriladi. Barcha hollarda quvuryo’lning asbobgacha bo’lgan to’g’ri gorizontal qismining uzunligi kamida 0,5 m, asbobdan keyin esa kamida 0,4 m bo’lishi lozim. Ko’zdan kechirish va tekshirish kulay bo’lsin uchun PPE sarfo’lchagichlar poldan kamida 0,5 m balandda joylashtiriladi. Bundan tashqari, asbobni ta’mirlash yoki almashtirishda o’lchanayotgan modda oqimini boshqa tomonga yo’naltirish uchun berkitish qurilmasi bilan jihozlangan bo’sh truba sarfo’lchagichga parallel o’rnatiladi. Rotametrlar quvuryo’l 1 ning (174-rasm) o’lchanadigan modda oqimi pastdan yuqoriga yo’nalgan tik qismida o’rnatiladi. Tekshirish va ta’mirlash uchun rotametrga parallel tarzda aylanib o’tgan quvuryo’l 5 ulanadi. Bu quvuryo’l kerakli berkitish qurilmalari 3 bilan jihozlanadi. Rotametrlarni titraydigan quvuryo’llarga o’rnatishga ruxsat etilmaydi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling