1. Sarfni o’lchash uchun mo’ljallangan toraytiruvchi qurilmalarmontaji


-rasm. Rotametrni o’rnatish 1-quvuryo’l, 2 - uch yo’llik, 3 - berkitish armaturasi, 4- rotametr, 5 - aylanib o’tish quvuryo’li


Download 1.17 Mb.
bet3/4
Sana13.02.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1192840
1   2   3   4
Bog'liq
Sarfni o\'lchash uchun toraytiruvchi qurilmalar

174-rasm. Rotametrni o’rnatish 1-quvuryo’l, 2 - uch yo’llik, 3 - berkitish armaturasi, 4- rotametr, 5 - aylanib o’tish quvuryo’li
Tezlik va hajm o’lchagichlar. O’lchagichlarning to’g’ri ishlashini ta’minlaydigan asosiy shart quvuryo’lni suyuqlikka to’liq to’ldirishdan iborat. 
O’lchagichlar bosim quvuryo’llariga o’rnatilganda o’lchagich orqali o’tuvchi suyuqlik oqimining yo’nalishi korpusidagi strelkaning yo’nalishiga mos ekanligi tekshiriladi. O’lchagichni o’rnatish joyini shunday tanlash kerakki, quvuryo’lning asbobgacha bo’lgan to’g’ri qismi quvuryo’lning kamida 8-10 diametriga teng, asbobdan keyin esa 6-8 diametriga teng bo’lsin (175-rasm, a). O’lchagichlar quvuryo’llarni o’rnatish tugallanib, ular tozalangandan keyin o’rnatiladi. Quvuryo’l­larni o’lchagichlar o’rnatilgandan keyin sinash kerak.
O’lchagichlardan foydalanish qulay bo’lsin uchun berkitish ventillari bilan jihozlangan aylanma (qo’shimcha parallel) quvuryo’llar qurilgan bo’lishi lozim. O’lchagichning kalibridan kattaroq diametrli quvuryo’lda ulchagich ikkita konussimon o’tishli qisqa quvurlar o’rtasida o’rnatiladi. Bunda berkitish ventillari qisqa quvurlardan oldin va keiyn joylashtiriladi.
Bosimsiz quvuryo’l o’lchagich o’rnatilgan joyda suyuqlikning zarur qo’shimcha bosimini hosil qilish uchun quvuryo’lning stahidan pastroqqa tushiriladi (175-rasm, b).
Rotametrlar va o’lchagichlarni texnologik quvuryo’llarga o’rnatishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur: flaneslarning yuzasi quvuryo’lning o’qiga tik va o’zaro parallel bo’lishi lozim; zichlash qistirmalari birikmaning zich bo’lishini ta’minlashi va quvuryo’l ichida chiqiqlari bo’lmasligi darkor. Bu qoidalar buzilganda asboblar xato ko’rsatadi.
Ifloslangan suyuqlikni o’lchashda o’lchagich oldida metall filtr o’rnatiladi.
Romatertlar, hajm va tezlik o’lchagichlar o’rnatiladigan texnologik quvuryo’llarda bu asboblarga yaqin joylashgan tayanchlar bo’lishi kerak. 


Tayanch iboralar:
Panelli, agregat, markaziy, joyidagi shchitlar; shchit karkasi; dispetcher xonasi, shchit kommutatsiyasi; shchitning umumiy ko‘rinish chizmasi; ort va olddan ko‘rinish chizmalari; yozuvlar jadvali; shchitning qismlar tarkibi ro‘yxati; ulash va ulanishlar jadvali.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling