1. Sarig‘ kog‘azmudurkim so‘zi hajrim ayladim tahrir Va yoxud shu’la tushti safhag‘a ul so‘z etib ta’sir


Download 14.41 Kb.
Sana06.09.2023
Hajmi14.41 Kb.
#1673383
Bog'liq
NAVOIY G\'AZALI


1.Sarig‘ kog‘azmudurkim so‘zi hajrim ayladim tahrir
Va yoxud shu’la tushti safhag‘a ul so‘z etib ta’sir.
2.Magar havro sochin qildi qalamgun safhasin kog‘az,
Qilurda sun’ naqqoshi nigorim suvratin tasvir.
3.Boqib dermen: shikoyat aylayin ko‘rgach ani, qolmas
Ko‘zumga tobi nazzora, tilimga quvvati taqrir.
4.Meni hajr ofatidin qutqaru qatlimg‘a ta’jil et,
Nedinkim, biymi ofat keldi ishta aylamak ta’xir.
5.Deding: vasl ichra taqsir etmayin ishqim qabul etsang,
Chu bo‘ldum oshiq, etting hajr asiri qilmading taqsir.
6.Junun xatti muhiti ichra markaz bo‘lmag‘im ne sud
Ki, bu xat birla bo‘lmas ul pariyni aylamak tasxir.
7.Soching kufri xud imonimni oldi, vah, ne aysh o‘lg‘ay
Ki, ul zunnorni bo‘ynumg‘a bog‘lab qilsalar takfir.
8.Meni gar mug‘bacha dayri fano ichra asir etti,
Chu taqdir ersa, ey shayx, haramni qilg‘amen tag‘yir.
9.Navoiyg‘a ne mumkin vaslikim, har tun bu fikr ichra
Ne tadbir etsa oxir ishqdin bori topar tag‘yir.
Lugʻatlar: tahrir aylamoq- yozmoq; qalamgun- qalam rang, qora; sunʼ naqqoshi- yaratuvchi; nazzora- nazar solmoq; taqrir- bayon qilmoq; taʼjil- shoshilinch; tasvir aylamoq-qoʻlga olmoq; ta'xir-paysalga solish, tagʼyir-oʻzgartirish
28-savol. G'azal matlaʼsi haqidagi qaysi maʼlumot toʻgʻri?
A)Yorning sariq qogʻozga yozgan soʻzi oshiqni hajrga solmoqda
B)Oshiq yorning soʻzi qoʻlidagi qog'ozga shuʼla tushirib sarggʻaytirganmi yoki hijron azobi qogʼozga yozilgach u sariq holatga kelganmi deya hayratda.
C)Oshiq oʻzining hijron azobidagi holatini yorga yozib bildirmoqchi boʻlganda qogʻoz sariq tusga kirgan va oshiqning hayrati tajohili orif sanʼati asosida ifodalangan
D)Oshiq ayriliq soʻzini bitgach qogʼoz sargʻaydimi yo asli qogʻoz sariqmidi anglolmay hayratda.
29-savol. Qaysi baytda tazod sanʼati uchramaydi?
A)2-bayt. B) 3-bayt. C)5-bayt. D)7-bayt
30-savol.G'azalda qaysi oʻxshatish mavjud emas?
A)Yorning sochi xristianlarning belbogʻiga qiyoslangan
B)Yorning oʻzi hurga ya'ni pariyga qiyoslangan
C)Ayriliq balo-musibatga qiyoslangan
D)Yor sochi qalamga qiyoslangan
31-savol.Gʻazal haqidagi qaysi maʼlumot toʻgʻri EMAS?
A)Alloh oshiqning yorini yaratayotganda uning sochini qora qilganligi taʼkidlangan
B)Oshiq yozgan xati bilan yorni koʻndirolmasligini aytmoqda
C)Oshiq yorini koʻrib qolsa ham, gapirishga quvvati boʻlmasligini aytan
D)Oshiq shayxga murojaat orqali mayxona pirining qoʼlidan ozod qilishini soʻraydi
32-savol.Gʼazal haqidagi toʻgʻri hukmni toping.
A) Baytda tajohili orif sanʼatidan foydalanilgan
B)Baytda talmeh sanʼati yuzaga kelgan
C)Baytda takrir sanʼatidan foydalanilgan
D)Baytda tazod sanʼati yuzaga kelgan
Download 14.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling