1-savol: Amaliy dasturiy taʼminot va ularning turlari


Amaliy dasturiy ta'minot (Aplication program paskage)


Download 166.36 Kb.
bet27/73
Sana03.02.2023
Hajmi166.36 Kb.
#1152433
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73
Bog'liq
MATFAK shpargalka

Amaliy dasturiy ta'minot (Aplication program paskage)- bu aniq bir prеdmеt sohasi bo’yicha ma'lum bir masalalar sinfini yеchishga mo’ljallangan dasturlar majmuasidir. Kompyuterdan amaliy maqsadda foydalanish imkonini beruvchi, masalan matn tayyorlash, elektron jadvallar bilan ishlash, Ma’lumotlar bazasini yaratish va yuritish, biror fan bo’yicha o’rgatish va sinov ishlarini amalga oshiruvchi dasturlar, grafik va video axborotlarni qayta ishlash, internetdagi Web saytlarni ko’rish uchun mo’ljallangan brauzerlar va shunga o’xshash maqsadlarda ishlatiluvchi dasturlar amaliy dasturlardir. Kompyuterlar dasturiy ta’minotining aksariyat qismini amaliy dasturlar tashkil etadi:
Matn muharriri - matn kiritish, tahrirlash, saqlash va ochish, chop etish, matnni formatlash kabi vazifalarni bajaradigan dastur. Misollar: MS Word, Lexicon, Wordpad, Notepad va boshqalar.
Elektron jadvallar - jadvalga matn, raqam va formula kabi ma'lumotlar kiritib, ular ustida hisob-kitoblar bajarish, diagrammalar yaratish imkonini beradigan dastur. Misollar: Lotus, MS Excel va boshqalar.
Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi - ma'lumotlarni maxsus jadvallarga kiritib, tartibga solish, kerakli ma'lumotni izlash, ma'lumotlar omborini yaratish kabi vazifalarni bajaradigan dastur. Misollar: MS Access, Foxpro, Clipper, Paradox, Oracle va boshqalar.
Taqdimot yaratish - har xil mavzuda namoyish va taqdimot yaratish, ularga jadval, rasm, audio, video va multimedia ma'lumotlarni tadbiq etish imkoniyatlariga ega bo'lgan dastur. Misollar: MS PowerPoint, Macromedia Director va hokazo.
Grafik muharir - rastrli, vektorli va boshqa grafikani yaratish, tahrirlash, ishlov berish kabi vazifalarni bajaradigan dastur. Misollar: Adobe Photoshop, Corel Draw, Macromedia Flash, Macromedia FreeHand, Adobe Illustrator, 3D Studio Max, Maya va hokazo.
Multimedia dasturlari - mazkur dasturlar toifasi har xil turdagi multimedia axborot fayllarini (audio, video va hokazo) ochish va ijro etish va ular ustida boshqa har xil amallarni bajarish imkoniyatini yaratuvchi dasturlar. Misollar: Sound Forge, Cakewalk, WinAmp, Windows Media Player, DivX Player va boshqalar.

Download 166.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling