1-savol: Amaliy dasturiy taʼminot va ularning turlari


Viruslardan himoyalanish vositalari va ularning xarakteristikalar


Download 166.36 Kb.
bet65/73
Sana03.02.2023
Hajmi166.36 Kb.
#1152433
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   73
Bog'liq
MATFAK shpargalka

129..Viruslardan himoyalanish vositalari va ularning xarakteristikalar.
130..Win.rar da fayl va papkalarni arxivdan chiqarish sxemasini tushuntiring
WinRAR arxivatorining asl formati. RAR formatidagi fayl .rar kengaytmasiga ega va bir yoki bir nechta ixchamlashtirilgan fayllarni saqlashi mumkin bo‘lgan ma'lumotlar konteyneridir. Boshqa arxivlash dasturlari bilan solishtirganda, RAR juda ko‘p afzalliklarga ega, jumladan, ko‘p qismli arxivlarni qo‘llab-quvvatlash, yuqori ixchamlashtirish nisbati, bu uy vazifasi sahifasiga fayllarni yuklashda foydali bo‘lishi mumkin.
Kompyuterda RAR fayllar bilan ishlash
Fayl/papkalarni qanday arxivlash mumkin:
Arxivlamoqchi bo‘lgan fayllarni tanlang.
Sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan tanlangan fayllardan birini bosing.
Kontekst menyusidan Arxivga qo‘shish-ni tanlang
Arxivlangan faylni qanday ochish mumkin
1. Agar sizda ochmoqchi bo‘lgan RAR faylingiz bo‘lsa (masalan, sinf jurnallari bilan eksport qilingan arxiv), ushbu faylni ikki marta bosing va u WinRAR dasturida ochiladi. Shundan so‘ng arxivdan chiqarish kerak bo‘lgan fayl va/yoki papkalarni tanlash mumkin:
2. WinRAR oynasining yuqori qismidagi "Chiqarish…" tugmasini bosing, maqsadli papkani tanlang (RAR faylidan olingan ma'lumotlarni saqlamoqchi bo‘lgan joy) va "OK" tugmasini bosing.
Chiqarilgan fayllar maqsadli papkaga joylashtiriladi.

131.Win.rar da fayl va papkalarni arxivga olish sxemasini yozing.


WinRAR for Windows dasturining oynasi:
Bu dasturga kirgandan keyin maxsus oynasi hosil bo'ladi. Bu oynada kataloglar va fayllar ro'yxati chiqadi. Biz bu ro'yxatdan kerakli katalog yoki fayllarni belgilab, sichqonning o'ng tugmasini bosish yoki Commands menyusi orqali ular ustida amallar bajarishimiz mumkin.
Faylni arxivga joylashtirish:
1) Kerakli faylni topamiz va Farmoishlar (Commands) menyusidan fayllarni arxivga qo'shish (Add files to Archive) farmoishini tanlaymiz.
2) Maxsus oyna hosil bo'lganidan keyin, u yerda yaratiladigan arxiv nomi, uning arxivlanish darajasi, qaysi katalog ichiga joylashishi va boshqalar ko'rsatiladi.
- Update mode - arxivlanish rejimini o'rnatish: yangi arxiv, arxiv tarkibini yangilash va boshqalar;
- Archiving options - arxivning parametrlarini o'rnatish;
- Solid archive - uzluksiz arxiv;
- SFX archive - o'z-o'zidan ochiladigan arxiv fayl yaratiladi; uni ochish uchun arxivatorga kirish shart emas, uning kengaytmasi "EXE" bo'ladi;
- Multimedia compression - multimedia fayllarini oddiylarga nisbatan 30% ga ixcham qilib arxivlash;
- Put recovery record - shikastlanishdan himoyalash yozuvini qo'shish;
- Compression - arxivlanish tartibini o'rnatish: Fast - tez, Normal - oddiy, Good - o'rtacha, Best - sekin lekin eng yaxshi;
- Dictionary size - maxsus arxiv to'g'risida yoziladigan kutubxona hajmini ko'rsatish, unda arxivning ichidagi fayllar soni, hajmi va boshqalar saqlanadi; - Volume size - ko'p qismli arxiv yaratilganida uning qismlari hajmini ko'rsatish;
- Delete files after archiving - fayllarni arxivga joylashtirgandan keyin ularning asl nusxasini o'chirish.

Download 166.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling