Uchinchi avlod mashinalari. (1960 yillar oxiri va 70 yillar bosh-lari). Yarim o`tkazgichlarni ishlab chiqarish texnologiyasining takomillashishi integral sxemalar deb nom olgan mikroelektron qurilma-larining yaratilishiga olib keldi. Alohida tranzistorlar o`rniga integral sxemalardan foydalanish EHM uzellari o`lchamlarini ancha kamaytirishga, ularning tejamliligiga va mustahkamligini oshirishga imkon beradi.
1964 yili navbatdagi, tijorat nuqtai nazaridan juda omadli model IBM kompaniyasining IBM System /360 kompyuteri yaratildi. Bu kompyuter tranzistorlarda emas, balki integral sxemalarda (aniqrog’i mikro-sxemalarda) yasalgan edi. Integral sxemalar dastlab oddiy platalarda yig’ilgan bo’lib, ularning har biri kompyuterning registri, xotira uyasi, manzil deshifratori kabi standart qurilmalar edi. Bu qurilmalardan biri ishdan chiqqanda undagi nosoz asbobni almashtirish o’rniga butun plata almashtirilar edi va kompyuter yana ishga tushardi. 3-avlod - integral mikrosxemalar. To`rtinchi avlod mashinalari. Elektron asbob – tranzistorlarning mikrosxemaga joylashishining juda qulayligi ravshan bo’lib qoldi. Bitta mikrosxemaga dastlab o’nlab, so’ng yuzlab tranzistorlar joylana bosh-landi. Endi mikrosxemalarni tabaqalash uchun kichik mikrosxemalar, o’rtacha mikrosxemalar, kata mikrosxemalar deb atala boshlandi. Ular bir-biridan o’lchamlari bilan emas, balki ularga joylangan tranzistorlar soni bilan farqlanar edilar. Katta va o’ta katta mikrosxemalar asosida yaratilgan kompyuterlar to’rtinchi avlod kompyuterlari deb atala boshladi. Bunday kompyuterlar 1975 yildan boshlab ishlab chiqarila boshlangan.Beshinchi avlod mashinalari - 1982 yilda ushbu avlod EHMlarini ishlab chiqarish dasturi Yaponiyada qabul qilingan edi. Unga ko‘ra 1991 yilda sun‘iy tafakkur masalalarini yechish imkonini beradigan prinsipial jihatdan yangi kompyuterlar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan edi. Prolog dasturlash tili asosida va kompyuterlarning yangi konstruksiyalari yordamida sun‘iy tafakkur yo‘nalishining asosiy masalalari bo‘lgan bilimlarni saqlash va qayta ishlash masalalari hal qilinishi kerak edi. Qisqacha qilib aytganda beshinchi avlod EHMlari uchun dasturlar yaratish shart emas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |