168-savol
Savod o‘rgatish mashqlarining sintetik turlari qaysilar?
- Urganilgan tovush-harflar asosida bo‘g‘in tuzish va o‘qish, kesma bo‘g‘inlar asosida so‘z tuzi shva o‘qish.
- To‘g‘ri va burro talaffuz
- So‘zni bo‘g‘inga va tovushga ajratish
- Tovushlarning artikulyastiyasini egallash
169-savol
Savod o‘rgatish jarayonida o‘quvchilar amaliy o‘zlashtiriladigan bilimlar sistemasi berilgan javobni belgilang.
- Grammatika va imlodan ayrim materiallarni amaliy o‘zlashtiradilar. Gaplarni atoqli otlarni bosh harf bilan yozishni. So‘zlarning talaffuzi bilan yozilishini taqqoslash orqali ayrim harflar imlosini o‘zlashtiradilar.O‘quvchilar jarangli va jarangsiz undoshlar “o‘zakdosh so‘zlar” mavzusini o‘zlashtirishga tayyorlanadi.
- So‘zlarni ajratib o‘zlashtiradi.
- To‘g‘ri yozuvga o‘rgatuvchi imloviy bilimlarni amaliy o‘zlashtiradilar.
- So‘zlarni ajratib, ko‘shib yozishni, chiziqcha bilan yozishni o‘zlashtiradi.
170-savol
Grafik (yozuv) malakalarini shakllanishi bosqichlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
- Qisqa va uzun qiya chiziq, to‘g‘ri tayoqchalarni chizish, chamalashga o‘rgatish, harf elementlarini yozish, bosh va kichik harflarini yozish, harf birikmalarini, bo‘g‘in, so‘z yozish.
- Alifbodagi barcha harflarni to‘g‘ri yozish tahlil qilishga 3-4 ta gapni mustaqil yoza olish.
- Alfavitdagi unli harflarni, undosh harflarni, bo‘g‘in, so‘z yozish.
- Partada to‘g‘ri o‘tirish, daftarni partada 650 qiyalikda qo‘yish. Ruchkani uch (3) barmoq orasida ushlash, yozuvni mashq qilish.
171-savol
Yozuv darsida o‘quvchilar egallaydigan amaliy imloviy bilimlar majmuiy ko‘rsatilgan javobni belgilang.
- Talaffuzi yozilishidan farq qilmaydigan so‘zlarni to‘g‘ri yozishni, gapda so‘zlarni alohida yozishni, bo‘g‘in ko‘chirishni bosh harf bilan kishilarning, shahar, ko‘cha, hayvonlarning nomlarini yozishni.
- Qo‘shma so‘z, sodda so‘z, juft so‘zlarning yozilishini, bo‘g‘in ko‘chirilishi, bosh harflar imlosini.
- Jarangli va jarangsiz undoshli so‘zlarni to‘g‘ri yozishni, alohida va chiziqcha bilan yoziladigan so‘zlarni, bo‘g‘inga bo‘lib va bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga ko‘ra yoziladigan so‘zlarni, bosh harflar imlosi.
- Alifbedagi o‘rganilgan va bo‘g‘in tovush tomonidan tahlil qilingan so‘zlarni to‘g‘ri yozish.
Do'stlaringiz bilan baham: |