154-savol
1-sinf o‘quvchilarining o‘qish malakasi qaysi bosqichga to‘g‘ri keladi?
- Bo‘g‘inlab o‘qish bosqichiga.
- Harflarni qo‘shgan holda bo‘g‘inlab o‘qish bosqichiga.
- Bo‘g‘inlab sidirg‘a o‘qish bosqichiga.
- Sidirg‘a o‘qish bosqichiga.
155-savol
3-sinf o‘quvchilarining o‘qish malakasi qaysi bosqichga to‘g‘ri keladi?
- Sidirg‘a o‘qish bosqichiga
- Harflarni qo‘shgan holda bo‘g‘inlab o‘qish bosqichiga.
- Bo‘g‘inlab o‘qish bosqichiga.
- Bo‘g‘inlab sidirg‘a o‘qish bosqichiga.
156-savol
2-sinf o‘quvchilarining o‘qish malakasi qaysi bosqichga to‘g‘ri keladi?
- Bo‘g‘inlab sidirg‘a o‘qish bosqichiga.
- Harflarni qo‘shgan holda bo‘g‘inlab o‘qish bosqichiga.
- Bo‘g‘inlab o‘qish bosqichiga.
- Sidirg‘a o‘qish bosqichiga
157-savol
To‘g‘ri o‘qishga berilgan qaysi tarifni noto‘g‘ri deb bilasiz?
- Adabiy talaffuz normalariga rioya qilgan holda o‘qish to‘g‘ri o‘qish deyiladi.
- Materialning tovush tomonidan xatosiz va bir tekisda ravon nusxa ko‘chirish to‘g‘ri o‘qish deyiladi.
- So‘zdagi tovushni, bo‘g‘inni tushirib qoldirmay yoki ortiqcha tovush qo‘shmay o‘qish to‘g‘ri o‘qish deyiladi.
- Xato qilmasdan, yanglishmasdan o‘qish to‘g‘ri o‘qish deyiladi.
158-savol
Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida qaysi o‘qish turlaridan foydalaniladi?
- Ichda o‘qish, shivirlab o‘qish va ovoz chiqarib o‘qishdan
- Ichda o‘qish va shivirlab o‘qishdan
- Shivirlab o‘qish va ovoz chiqarib o‘qishdan
- Ichda o‘qishdan
159-savol
To‘g‘ri o‘qishga o‘rgatishda qo‘llaniladigan usul berilgan javobni belgilang.
- So‘z ma’nolarini tushuntirish
- Manosi tushunarsiz so‘zlarni aniqlash.
- Xatolarni to‘g‘rilashning to‘g‘ri sistemasini ishlab chiqish.
- Matnni to‘g‘ri o‘qish uchun sharoit yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |