128-savol
Mehnat faninig uslubiy vazifalari qanday?
- Mashg‘ulotlarning yarim va bir yillik ish rejalarini tuzish, bunda mahalliy sharoit va ehtiyojlar va imkoniyatlarni hisobga olib, o‘quvchilarni yaqindan tanishtirish mumkin bo‘lgan kasb turlarini tanlash, o‘g‘il va qiz bolalarning o‘zlariga xos mehnat mashg‘ulotlarini amalga oshira borish, mashg‘ulotlarda zamonaviy ilg‘or pedagogik texnologiyalar, didaktik vositalardan keng foydalanish, mehnat ta’lim va tarbiyasining birligini ta’minlash.
- Mehnat ta’limi bo‘yicha nazariy amaliy mashg‘ulotlar uchun o‘quv xonalari hamda unda maxsus ish joyi tashkil qilish, xavfsiz va qulay mehnat sharoitini yaratish zarur. Xomashyo materiallar, asboblar, moslamalar bilan ta’minlash. Sanitariya-gigiena, mehnat xavfsizligi bo‘yicha belgilangan talablarning to‘liq bajarilishini ta’minlash va muntazam nazorat qilib borish.
- Mashg‘ulotlarda zamonaviy ilg‘or pedagogik texnologiyalar, didaktik vositalardan keng foydalanish, mehnat ta’lim va tarbiyasining birligini ta’minlash.
- Mehnat korxonalari, tashkilotlar, kasb-hunar kollejlari bilan uzviy aloqa o‘rnatish, o‘quv xonada ishlash qoidalari bilan tanishtirish, sinf jurnallarini, rasmiy hujjatlarni, ish rejalarini yuritish.
129-savol
Mehnat ta’limi jarayonida o‘quvchilarni aqliy va axloqiy jihatdan rivojlantirib borishda ularning yosh xususiyatlari, shaxsiy ruhiy va fiziologik sifatlarini hisobga olish, o‘quvchilarni_______________ yo‘naltirish ishlarini olib borish.
- Kasbga
- Mehnatga
- Bilimga
- Tarbiyaga
130-savol
Boshlang‘ich sinflarda mehnat ta‘lim darslarida qanday mehnati turidan foydalaniladi?
- Qo‘l mehnati
- Amaliy mehnat
- Ijodiy mehnat
- Aqliy mehnat
131-savol
Boshlang‘ich maktablarda mehnat ta’limi va tarbiyasining asosiy vazifalari…..
- Barcha javoblar to‘g‘ri
- Kasblar to‘g‘risida ma’lumotlar berish, davlat ta’lim standartlari talabi bo‘yicha tarbiyalash hamda o‘quvchilarni kasb-hunar egasi bo‘lib yetkazishda nazariy va amaliy bilim berish.
- Mehnat madaniyatini shakllantirishdan tashkil topgan
- O‘quvchilarni mehnatga tayyorlash, o‘qitish va umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida qo‘l mehnatiga o‘rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |