1-savol. Buyuk fransuz inqilobining Yevropa davlatlari tashqi siyosiy faoliyatiga ta`siri


Download 21.37 Kb.
Sana16.04.2020
Hajmi21.37 Kb.
#99744
Bog'liq
Seminar 5


Seminar 5

  1. 1-savol. Buyuk fransuz inqilobining Yevropa davlatlari tashqi siyosiy faoliyatiga ta`siri.

  2. 2-savol. Napolen I davrida Fransiya tashqi siyosatining maqsad va vazifalari. Kontinental blokada.

  3. 3-savol. Napoleon urushlari yetakchi Yevropa davlatlari qarama-qarshiligining davomi sifatida. Antinapoleon koalitsiyalarining tuzilishi. Tilzit sulhi. Taleyran diplomatiyasi.

Javoblar

1. Buyuk fransuz inqilobi G’arbiy Yevropani O’rta asrlardan yangi davrga olib chiqqan inqilovga aylandi. Eski jamiyatning siyosiy tartiblariga inqilobiy yo’l bilan barham berilib, zamonaviy, modernizatsiyalashgan yangi yevropacha siyosiy tizimga asos solindi. Biroq Fransiyada fuqarolar urushi uzoq davom etgani tufayli bu yerda juda ko’p insonlar qurbon bo’lishdi va salkam barcha siyosiy elita vakillari bir-birlari tomonligidan qirib tashlandi. Inqilobdan so’ng esa qisqa qilib aytadigan bo’lsak, Fransiya Yevropadagi barcha monarxiya davlatlarning dushmaniga aylandi. Fransiya Ozodlik, Tenglik, Birodarlik timsoliga aylandi. Fransiya xalqi dunyo mehnatkashlariga murojaat etib o’z mamlakatlaridagi mustabid tuzumlarni ag’darib tashlashga da’vat etdilar. Inqilobdan so’ng fransuz qo’shini ilg’or odimlashni boshladi. Ular birgina Fransiyani emas, Janubiy Niderlandiyani ham avstriyalik bosqinchilardan ozod qildilar. Yebropaning yaxshi qurollangan, harbiy ta’lim ko’rgan armiyalari ham Fransiyaning yosh, asosan, dehqonlardan tuzilgan inqilobiy armiyasiga qarshi kurashishga dosh bera olmadi. Fransiya armiyasi urushlar davomida jarngovar harakatlar olib boorish san’atida, strategiya va tahtika sohasida ham inqilob yasadi.

Buyuk fransuz inqilobining xalqaro munosabatlar tarixidagi ahamiyati beqiyos. Uning natijasida Fransiyada bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurilishi boshlandi, mutlaq gukmronlikka asoslangan va 1000 yildan uzoq vaqt davomida yashab kelgan qirollik tuzumi ag’darilib, Respublika boshqaruvi joriy etildi. Huquq, qonun oldida barcha teng, ozod deb e’lon qilindi.



2. Napoleon 1 davrida Fransiya tashqi siyosatining asosiy maqsadi bu Fransiyaning Yevropadagi hukmronligini o’rnatish edi. 1804-yilda Senat Napoleon Bonapartni Napoleon 1 nomi bilan Fransiya imperatori deb e’lon qildi, mamlakatda monarxiya tizimi qaytadan tiklandi. Biroq mazkur monarxiya feodallar, dvoryanlar, ruhoniylarga emas, balki tobora rivojlanin kelayotgan o’rta tabaqalar, bankirlar, zodagonlar, armiya va amaldorlarga tayanuvchi harbiy byuroktarik monarxiya edi.

Napoleon birin-ketin Yevropadagi yangi-yangi yerlarni bosib olaverdi. Uning farmoni bilan Piemont va Genuya Fransiyaga qo’shib olindi. Bonapart Angliyaga desant tushirish rejasini tuzdi, bunda u tumanli ob-havoga va Ispaniyaning yordamiga umid qildi. Ammo Angliya bilan birga Avstriya va Rossiya Napoleonga qarshi chiqdilar. Napoleon shu tufayli Angliyaga desant tushirishni to’xtatib, o’z qo’shinlari bilan Reyndan o’tib, General Mak boshchiligidagi Avstriya armiyasini Ulm shahrida qurshab oldi. Avstriya qo’shinlari jangsiz taslim bo’lishdi. Ammo Trafalgar burni yaqinida 1805-yil oktyabr oyida Fransiya va Ispaniyaning deyarli barcha kemalarini ingliz eskadrasi yondirib yubordi. Shunga qaramasdan Napoleon armiyasi quruklikda ulkan g’alabalarga erishaverdi. 1805-yil 2-dekabrda Napoleon Austerlits yonida Avstriya va Rossiyaning birlashgan armiyasini tor-mor etdi.

1805-yil 21-oktyabrda Trafalgardagi dengiz mag’lubiyatidan keyin Napoleon Angliyaga nisbatan qamal e’lon qildi. Angliya uchun Yevropaning barcha bandargohlari berkitilib, u bilan savdo-sotiq qilish Fransiyaga bo’lgan barcha davlatlar uchun taqiqlandi. Shu yo’l bilan Bapoleon Angliya rahbarlarini taslim qilmoqchi boldi, ammo Angliyaning rivojlangan iqtisodi va kuchli dengiz floti hamda geosiyosiy o’rni Napoleonga oldinga qo’yilgan maqsadga erishish uchun yo’l bermadi.

3. Napoleonning 1812-yili Rossiyadagi urushi Birinchi imperiyaning amrmiyasini halokatga olib keldi. Napoleon 1812-yil 7-sentyabrda bo’lgan Borodino jangidan so’ng Moskvani qo’lga kiritgan bo’lsa-da, Rossiyani taslim bo’lishga majbur qila olmadi. Napoleon yangi qo’shin to’plash uchun Rossiyada qo’shinlarini tashlab Fransiyaga jo’nab ketdi. Angliya qo’shinlari Napoleon qo’shinlarini Ispaniyadan quvib chiqarishdi 1813-yilda Leybsiz yaqinidagi “Xalqlar janggi”da ittifoqchilarning 300 minglik qo’shini uch kunlik jangda Napoleon qo’shinlarini mag’lub etdi. 1814-yilda ittifoqchilarning qo’shinlari Parijni ishg’ol qildilar. Napoleon taxtdan voz kechdi va Italiya sohili yaqinidagi Elba oroliga surgun qilindi. Fransiyada Burbonlar sulolasi tiklandi taxtga qatl etilgan qirolning ukasi Lyudovik XVIII nomi bilan o’tirdi. Napoleon Elba orolida turib Fransiyada bo’layotgan vaziyatni kuzatdi. Fransiya aholisining ko’pchiligini tashkil qilgan dehqonlar Burbonlarga nafrat ko’zi bilan qarashardi. Armiya va ziyolilar o’rtyasida norozilik kuchayib bordi. Napoleon yana hokimiyatni qo’lga kiritishga qaror qildi. U 1000 kishidan iborat kichik otryad bilan bir necha kichik kemalarda Fransiya sohillariga kelib tushdi va Parijga yo’l oldi. Unga qarshi yuborilgan qo’shinlar, zobitlar, generallar, marshal Ney birin-ketin Napoleon tarafiga o’tib ketishdi. Qirol va saroydagilar qochib ketishdi. Napoleon bu gal taxtda bor yo’g’i 100 kun o’tirdi. Unga qarshi darhol koalitsiya tuzildi, koalitsiya juda kuchli edi. Napoleon o’z qo’shinlarini Belgiyaga yo’naltirdi. 1815-yil 18-iyulda Vaterloo yaqinidagi jangda Angliya va Prussiya qo’shinlari Gerhard fon Blyuhen, Artur Uesli boshchiligida Napoleon qo’shinlariga qarshi jang olib borishdi. Napoleon inglizlarga asir tushdi. Uni ingliz fregatida Atlantika okeanidagi olis Muqaddas Yelena oroliga surgun qilishdi.

Tilzit shartnomasi bu 1907-yilda Napoleon va Aleksandr 1 orasida tuzilgan tinchlik shartnomasi. Bu shartnomaga ko’ra:



  • Rossiya Napoleonning barcha g’alabalarini tan oldi.

  • Rossiya kontenental qamalga qo’shildi.

  • Rossiya va Fransiya nima bo’lishidan qat’iy nazar himoyalanotganda ham hujumga o’tayotganda ham bir biriga ittifoqchi bo’lib qolishi va bir birini qo’llab quvvatlashi kerakligi.

  • Prussiya qo’l ostidagi polyak yerlarida Fransiyaga tobe Varshava gersogligi tashkil etildi.

  • Rossiya Moldaviya va Valaxiyadan o’z qo’shinlarini olib chiqdi va boshqa bir qancha shartlarga ko’ndi.

Download 21.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling