1-savol javovi stomatologiyada etika tamoillari


-savol javobi.Terapevtik stamatolog xonasini jihozlash


Download 77.97 Kb.
bet3/7
Sana30.12.2022
Hajmi77.97 Kb.
#1072937
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-savol javovi

3-savol javobi.Terapevtik stamatolog xonasini jihozlash

  • Terapevtik stomatologiya bo’limlarida tish qattiq to’qimasi, pulpa, periodont, parodont va og’iz bo’shlig’i shilliq qavati kasalliklariga davolash-profilaktik choratadbirlari o’tkaziladi. Bemorlarni takomillashgan moslama va qurilmalarda qabul qilish, ularga terapevtik yordam ko’rsatish uchun xonalar bir qator talablarga javob berishi lozim. Bo’limning asosiy xonasi, davolash xonasi bo’lib, bir ish joyi uchun 14m2 joy, har bir qo’shimcha kreslo uchun 7m2 joy ajratilishi lozim. Xonaning balandligi 3,3mchuqurligi 6m dan kam bo’lmasligi lozim. Har bir xonada shamollatish tizimi (tabiiy va majburiy) tashkil etilgan bo’lishi lozim. Bu davolash jarayonlarida havoga ajralib chiqayotgan stomatologik ashyo zarrachalarini, davolovchi vositalarining hidlarini bartaraf etish imkoniyatini beradi. Ayniqsa amalgamalar bilan ishlaganda, ularni noto’g’ri tayyorlash va saqlash paytida ajraladigan qoldiq simob inson organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Xonadagi havoning simob parlari bilan ifloslanishi, tufdonga amalgama qoldiqlarini tashlash orqali yuzaga keladi. Shuning uchun xonalarni 12 tashkil etishda, havoga simob parlarini tushish imkoniyatini bartaraf etish, tibbiy ishlov berish imkoniyatining chora-tadbirlarini hisobga olish lozim

Xonaning devor va shiftida yoriqlar bo’lmasligi va albatta ular yog’li moy yoki nitroemal bo’yoqlar bilan bo’yalgan bo’lishi kerak. Devor va shiftlar och rangda bo’yaladi. Ko’pincha, simob zarralari yoriqlarda, polning g’adir-budurliklarida, plintus ostida to’planadi. Shuning uchun xonalardagi polning tuzilishiga katta ahamiyat beriladi. Pol ustidagi linoleum devor sathiga erdan 10 sm balandlikka ko’tarilgan bo’lishi lozim. U polga mahsus kley bilan yopishtiriladi. Linoleum parchalarining birlashmalari, turli kommunikatsiyalarning chiqish joylari shpaklyovka bilan ishlov berilgan va nitrobo’yoq bilan bo’yalgan bo’lishi lozim. Bu barcha chora-tadbirlar kichik tibbiy xodimning ishdan avval va ishdan so’ng xonaga tibbiy tozalash ishlovi berishda qulay sharoit yaratadi. Stomatologik xonaga, qurilma va moslamalarga toza tibbiy ishlov berilganligini stomatologik hamshira nazorat qiladi. Amalgamalarni tayyorlash va saqlash uchun xonalarda mahsus sug’urma shkaflar qo’yiladi. Bunda xonadagi majburiy ventilyatsiya 1 m|s ni tashkil etishi lozim. Sug’urma shkaf tagi uchun xonaning poliga qo’yiladigan talablar qo’yiladi. Bir vaqtning o’zida sug’urma shkaf asboblarni qaynatish yuli bilan sterilizatsiyalash uchun hamda uchuvchan kimyoviy vositalarni saqlash uchun xizmat qiladi. Har bir xonada sovuq va issiq suv bilan ta’minlangan ikkitadan rakovina o’rnatiladi. Bir rakovinada shifokor va tibbiy hamshira qo’l yuvadi, ikkinchisida asboblarni yuvish uchun mo’ljallangan bo’ladi


Download 77.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling