1-savol javovi stomatologiyada etika tamoillari


Download 77.97 Kb.
bet4/7
Sana30.12.2022
Hajmi77.97 Kb.
#1072937
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-savol javovi

Stomatologik qurilmalarning me’yorda ishlashi uchun ular issiq va sovuq suv uzatgichlari, kanalizatsiya va gaz (ular bo’lmaganda elektr isitish moslamalari) bilan ta’minlagan bo’lishi lozim. Stomatologik xonalar markaziy suv isitish tarmoqlariga ulangan bo’ladi. Isitish asboblarining yuzasidagi harorat 800S dan oshmasligi lozim. Isitish asboblari devoriy panel yoki silliq po’lat trubalardan iborat bo’lib, ular o’zaro svarkalangan, tozalash va sanitar ishlovlarga qulay bo’lishi lozim. Bunday inshootlar ust tarafdan taxta yoki panel 13 tur bilan berkitilgan holda bo’lishi lozim. Amalgama tayyorlanadigan xonalarda, xona harorati 180S dan yuqori bo’lmasligi kerak. Boshqa xonalarda qish kunlari xona harorati 200S bo’lishi lozim. Xonadagi havoning nisbiy namligi 50-60%, havo oqimining harakati - 0,15m|s ni tashkil etishi kerak. Terapevtik stomatologiya xonasini tashkil etishdagi muhim masalalardan biri xonani yorug’lik bilan to’g’ri ta’minlashdir. Xonadagi yorug’lik tibbiy xodimlarning ko’z analizatoriga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi, ranglarni to’g’ri va tekis ajrata bilishni ta’minlashi lozim. Shuning uchun tabiiy va sun’iy yorug’likni ratsional foydalanish lozim. Oyna maydonining yuzasi polning yuzasiga nisbatan 1:4÷1:5 ni tashkil etishi kerak. Xonaning oynalari shamolga qarab turgan bo’lishi lozim. Sun’iy yorug’lik umumiy va mahalliy turlarga bo’linadi. Umumiy yorug’lik manbalari (lyuminessent lampalar, cho’girli lampalar) ishchi yuzani 150 lk darajasida yorug’lik bilan ta’minlashi lozim. Mahalliy yorug’lik manbai sifatida mahsus reflektorlardan, tibbiy hamshira ish stoli uchun qo’shimcha chiroqlardan foydalaniladi. Cho’girli lampalarni lyuminessent lampalar bilan birga qo’llab bo’lmaydi, ular turli spektrda nur taratadi.

Har bir terapevtik xona mahsus mebel bilan jihozlanadi. Tibbiy dori-vositalar va plomba ashyolarini saqlash uchun oynali jovon bo’lishi lozim. Zaharli dori-vositalarni «A» markeri ostida metall yoki yog’ochli jovonda, qulf ostida saqlansa, kuchli ta’sir etuvchi dori vositalar «V» markeri ostida jovonda saqlanadi. Asboblar, stomatologik qurilma va anjomlarga qo’shimcha qismlarni saqlash uchun alohida jovon ajratiladi. Steril stomatologik asboblar uchun mahsus steril tibbiy stolik ajratiladi. Ikkinchi steril tibbiy stolikda, mayda stomatologik asboblar, dorivositalar majmuasi, stomatologik oyna solingan dezinfektsiyalovchi eritmali idishlar (lotok), plastmass shpatell va boshqa asboblar turadi. Xonada tibbiy hujjatlarni to’ldirish uchun stol, bemorlarni dam olishi uchun kushetka bo’lishi kerak. 14 Markaziy sterilizatsiya yo’q bo’lgan poliklinika va stomatologik bo’limlarda sterilizatorlardan foydalaniladi (quruq issiq bilan ishlovchi va qaynatish yo’li bilan). Xonadagi jihozlar suv manbaidan uzoqda joylashgan bo’lishi va bemorlar harakatiga halal bermasligi lozim. Jihozlanish bo’yicha stomatologiya boshqa tibbiy sohalardan ko’ra yuqori o’rinni egallaydi. Aholiga sifatli stomatologik yordam ko’rsatish uchun hozirda murakkab va himmatbaho jihozlar talab etilad


Download 77.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling