1-savol Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari
Download 138.67 Kb.
|
22 ta savol to\'liq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ximoyalangan virual tarmok (VPN) ximoya mexanizmi
- 8-Bilet Simsiz tarmoq turlari
Ilova proksilari. Bu turdagi tarmoqlararo ekran oldingi ikki turga mavjud kamchiliklarni o’zida bartaraf etadi va ilova sathida ishlaydi (15.6 - rasm).
Shaxsiy tarmoqlararo ekran. Bu dasturiy vositalar yuqoridagi uch turdan biriga tegishli bo’lib, odatda bir hostni himoyalash uchun foydalaniladi. Bu dasturiy vositalar sodda interfeysga ega bo’lib, oson sozlanadi. Ximoyalangan virual tarmok (VPN) ximoya mexanizmi Agar tashkilotlar yagona binoda joylashgan yoki yaqin binolarda joylashgan bo’lsa, u xolda ular uchun korporativ tarmokni qurishi qiyinchilik tug’dirmaydi. Ammo, georgafik jixatdan biri - biridan uzoqda joylashgan tashkilot ofislari orasida yagona korporativ tarmokni hosil qilish murakkab vazifa. Ochiq tarmok orqali ximoyalangan tarmokni qurish va biznes harakatlarini amalga oshirish uchun dastlabki qadamlar 1990 yillarda qo’yila boshlandi va bu konsepsiya ximoyalangan virtual tarmok - VPN (Virtual Private Network) deb atala boshlandi. VPNni qurishda juda oddiy g’oya yotadi. Internet tarmog’ida malumot almashinish uchun ikkita uzel mavjud bo’lgan ekan, bu ikki uzel orasida axborotni konfidensiyalligini va butunligini ta’minovchi virtual tarmok qurish kerak. Bu ximoyalangan tarmokdan ixtiyoriy passiv va aktiv xujum hamda ham malumotni olish imkoniyati bo’lmasin. Bu qurilgan ximoyalangan kanalni tunel ham deb atash mumkin. VPN tarmok orqali bosh ofis va uning masofadagi filiallari orasida ishonchli ravishda axborotni uzatish mumkin 8-Bilet Simsiz tarmoq turlari Simsiz tarmoqlar odamlarga simli ulanishsiz o’zaro bog’lanishlariga imkon beradi. Bu siljish erkinligini va uy, shahar qismlaridagi yoki dunyoning olis burchaklaridagi ilovalardan foydalanish imkonini ta’minlaydi. Simsiz tarmoqlar odamlarga o’zlariga qulay va istagan joylarida elektron pochtani olishlariga yoki Web-saxifalarni ko’zdan kechirishlariga imkon beradi. Simsiz tarmoqlarning turli xillari mavjud, ammo ularning eng muhim xususiyati bog’lanishning kompyuter qurilmalari orasida amalga oshirilishidir. Kompyuter qurilmalariga shaxsiy raqamli yordamchilar (Personal digital assistance, PDA), noutbuklar, shaxsiy kompyuterlar, serverlar va printerlar taalluqli. Odatda uyali telefonlarni kompyuter qurilmalari qatoriga kiritishmaydi. Ammo, eng yangi telefonlar va xatto naushniklar ma’lum xisoblash imkoniyatlariga va tarmoq adapterlariga ega. Yaqin orada elektron qurilmalarning aksariyati simsiz tarmoqlarga ulanish imkoniyatini ta’minlaydi. Bog’lanish ta’minlanadigan fizik xudud o’lchamlariga bog’liq xolda simsiz tarmoqlarning quyidagi kategoriyalari farqlanadi: simsiz shaxsiy tarmoq (Wireless personal-area network, PAN); simsiz lokal tarmoq (Wireless local-area network, LAN); simsiz regional tarmoq (Wireless metropolitan-area network, MAN); simsiz global tarmoq (Wireless Wide-area network, WAN). Download 138.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling