1-savol. Livanlik fotograf Xassan Ammar Bayrutning go`zal maskanlari bir guruh odamlar uchun unchalik ham chiroyli ko`rinmasligini ko`rsatish maqsadida, rasmga olishda undan foydalangan. Diqqat savol


Download 314.77 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi314.77 Kb.
#1124076
Bog'liq
savollar


1-savol. Livanlik fotograf Xassan Ammar Bayrutning go`zal maskanlari bir guruh odamlar uchun unchalik ham chiroyli ko`rinmasligini ko`rsatish maqsadida, rasmga olishda undan foydalangan.
Diqqat savol: U nima?
2-savol. Yapon kinemotgrafiyasidagi Tyambara janri – samuraylar haqidagi kinolardan tashkil topadi. Tyambara bu – IKS.
Diqqat savol: Qaysi serialdagi iks Afzal Rafiqovga tegishli?
3-savol. Bir onlayn-servisning timsoli – kichik ayiqcha. Bu ishni qilishni boshlaganingizda ayiqcha ko`zlarini yumib turadi.
Diqqat savol: Bu ishni qilishni fransuz tilidan kirib kelgan so`z bilan yozib bering.
4-savol. Barselona va Real Madrid o`rtasidagi uchrashuvlar muxlislar uzoq kutadigan, gollarga boy va qiziqarli voqealarga to`la o`yinlar hisoblanadi.
Diqqat savol: Futbol sharxlovchilardan biri shunday matchlardan birida nimani xayratlanayotgan ko`zlarga taqqoslagan?
5-savol. Shota Arveladze yaqinda Angliya klubida ish boshladi. Sharhlovchi Otabek Jo’rayev shu haqdagi postini “Sobiq Xning Yga aylanishi” sarlavhasi bilan boshladi.
Savol:
X va Yni yozib bering.
6-savol. KVN hazillaridan biriga ko‘ra U va bo‘g‘irsoq mukammal juftlik bo‘lishi haqida gapiriladi. Bizga ma’lum manbaaga ko‘ra, voqealar rivojida Genri Unga aylanadi. Uni ayting.. 
7-savol. Hanafiy mazhabida uning aynan 3 turi takidlangan. Birinchi turida namoz buzilmaydi, ikkinchi turida esa namoz buziladi, tahorat esa saqlanadi. Uning uchinchi turida namoz ham, tahorat ham buziladi.
Diqqat savol: Hanafiy mazxabi fiqhida 3 turga bo'lingamn UNI bir so'zda ayting?
8 .SAVOL. Tarqatma material


Siz tarqatma materialda UNI ko'rib turibsiz. Boshqa bir U 2009-yil yaratilgan bo'lib, 12 yillik rekordni yangilashga erishgan. Diqqat savol: UNI ikki so'zda yozib bering. Vaqt ketdi.
9-Savol: Aqshda no’xat va loviya. Germaniyada seld balig’i. Ispaniya, Portugaliya va Kubada uzum. Daniyada treska balig'i. Avstraliyada barbekyu va qulupnay. Diqqat savol: Bu maxsulotlarni qayerda ko’rish mumkinligini 3 so’zda yozib bering.
10-Savol: Yaponiyadagi abiturientlar, imtixonga ko‘proq o‘zlari bilan uni olib kirishadi. Bunga sabab, uni nomining talaffuzi, yaponcha «kitto kasu» iborasiga o‘xshashligi bilan izohlanadi. «Kitto kasu» iborasi, yapon tilidan «sen albatta g‘alaba qozonasan» degan ma’noni beradi.
Diqqat savol: Uning nomini yozib bering!
11-Savol: Evropaliklar, XVIII-XIX asrlarda Folklend orollarini mustamlaka qila boshlashdi va bosib olingan joylarda ko‘plab yevropalik kit ovchilari faol faoliyat olib borishni boshlashadi. Tutib olingan kitlarning yog‘ini isitish va uni olish uchun esa, kit ovchilariga yoqilg‘i kerak bo‘ladi. Lekin orolda daraxtlar kam. Shu sababli, kit ovchilari, navbatdagi vahshiylikka qo‘l urishadi. Ular yoqilg‘i o‘rnida, alfalardan foydalanadi. Alfalarni yoqish orqali ular o’z maqsadlariga erishishadi.
Diqqat savol: Alfalarni bir sozda yozib bering!
12-Savol: Tarqatma material!

Bu mashxur sovet ittifoqining "T-34" tanki surati. Ushbu tankga nemis askarlari tomonidan bir laqab berilgan. Tankning bunday laqab olishiga uning tashqi ko’rinishi sabab bo’lgan.
Diqqat: O’sha laqabni birida qo’sh undosh qatnashgan ikki so’zda yozib bering
13-Savol: Tarqatma material!

Ushbu tarqatmada 1950-2020-yillar oraslig’idagi xronologiya tasvirlangan. Diqqat: Siz bizga tarqatma materialning quyi qismida yashirilgan bayroqni emas yashirilgan inson kimligini yozib bering!
14-Savol: Savolda uch nuqta o’rnida ikkita so’z bo’lishi kerak!
Ada Lavleys — … dasturchi,
Alis Gi-Blashe — … rejissyor
Isabel Martines de Peron — … prezident
Margaret Enn Balkli — … jarroh
Valentina Tereshkova — … kosmonavt
Diqqat! Uch nuqta o’rnidagi ikki so’zni topgan bo’lsangiz. Dunyodagi …ni ismini yozib bering! .
15. Blits. Faqat 3 ta javob ham to’g’ri bo’lsa 1 ball beriladi.
Anekdotga ko'ra, siyosiy rejimlarni sigirlar orqali ifodalash mumkin. Masalan, sizda 2 ta sigir bor, xo'jayiningiz sizdan sutning bir qismini doimiy olib turadi - bu feodalizm. Sizda 2 ta sigir bor, hukumat sizdan sigirlaringizni olib qo'yadi, o'zingizni esa armiyaga yuboradi - bu totalitarizm.
Savollar: 
1. Sizda 2 ta sigir bor. Davlat sizdan sigirlaringizni olib qo'yadi va birozdan sut berib turadi. Bu qaysi rejim?
2. Sizda 2 ta sigir bor. Hukumat sizdan sigirlaringizni olib qo'yadi, o'zingizni esa otishga hukm etadi. Sutga soliq joriy qilinadi.
3. Sizda 2 ta sigir bor. Hukumat sizdan sigirlaringizni olib qo'yadi, bittasini o'ldiradi, bittasini sog'adi va sutni tashlab yuboradi. Bu qaysi KO'RINISH?
Download 314.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling