1-savol Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash fanining mazmuni vazifalari va predmeti mavzusiga oid xorijiy va ilmiy maqolalar Makroiqtisodiy tahlil qilish va


Download 17.63 Kb.
Sana29.10.2020
Hajmi17.63 Kb.
#138056
Bog'liq
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash fanining mazmuni vazifalari va predmeti mavzusiga oid xorijiy va ilmiy maqolalar


1-savol Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash fanining mazmuni vazifalari va predmeti mavzusiga oid xorijiy va ilmiy maqolalar

Makroiqtisodiy tahlil qilish va prognozlashtirish bosh boshqarmasining asosiy vazifa va funksiyalari

Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi darajasini kompleks ravishda izchil tahlil qilish natijasida respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishidagi muommolar va “muommoli nuqtalar”ni aniqlash, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning rivojlanish tendensiyalarini o`rganish, iqtisodiyotdagi mavjud nomutanosibliklarni aniqlash;

taqqoslash asosida iqtisodiyotni boshqarish mexanizmi va yo’nalishlari, respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish konsepsiyasi va kompleks dasturlari, strategiyasi, iqtisodiy rivojlanish prioritetlaridan kelib chiqqan holda takliflarni ishlab chiqish;

iqtisodiyotni rivojlantirishning ko`p variantli ssenariylari, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar bo’yicha o`rta muddatli prognoz, mamlakatni iqtisodiy ijtimoiy rivojlanishi bo`yicha qisqa va o`rta muddatli prognoz va dasturlar ishlab chiqish;

asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlarning pul-kredit agregatlari, davlat byudjeti parametrlari, tashqi savdo va to`lov, shuningdek moddiy-texnik balanslari bilan o`zaro bog`liqligini ta'minlovchi mexanizmlarni shakllantirish;

byudjet, soliq, pul-kredit siyosati va tabiiy monopoliyalar tovarlari va xizmatlari narxlari va tariflarini boshqarish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan monopoliyaga qarshi siyosatning umumiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash, inflyatsiya darajasini nazorat qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-yanvardagi PQ–1464-son qaroriga muvofiq Iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiyalash ko‘lamlarini, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini shakllantirish darajasini choraklik baholash indikatorlari tizimini (keyingi o‘rinlarda – Choraklik indikatorlar tizimi) vazirliklar, idoralar, xo‘jalik va biznes subyektlari faoliyatiga amaliy joriy etilishi ustidan tizimli monitoring qilish;

iqtisodiyotni libberallshtirishni davom ettirish va  iqtisodiy islohotlar jarayonlarini yanada chuqurlashtirishga yo’naltirilgan tadbirlarni amalga oshirilishini monitoring qilish;

boshqaruv va menejment tizimida, raqobat muhitini shakllantirishda bozor iqtisodiyoti mexanizmlari va vositalarini keng joriy etish yuzasidan Vazirlik rahbariyatiga takliflar tayyorlash.

Bosh boshqarma o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim ustuvor yo’nalish va strategiyalarini ishlab chiqishni tashkillashtirish, davlat ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi siyosatini asoslash, iqtisodiy rivojlanishni barqarorlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga yo’naltirilgan iqtisodiy islohotlar jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, bozor metodlari va vositalari asosida iqtisodiyotni liberallashtirishni amalga oshirishning ta'sirchan mexanizmini ishlab chiqish;

mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari, makroiqtisodiy mutanosiblik, iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiyalash ko‘lamlarini, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini shakllantirish darajasini baholash indikatorlari tizimi, tarkibiy o’zgarishlar va tendensiyalar bo’yicha sistematik yaxlit tahlil o’tkazish, iqtisodiyotdagi mavjud nomutanosibliklarni aniqlash va uni bartaraf etish yo’llarini asoslash;

byudjet, soliq, pul-kredit, valyuta va monopoliyaga qarshi siyosatning umumiy yo'nalishlari, mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarga narxlar va tariflarni tartibga solish mexanizmini takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqishda qatnashish;

asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning pul-kredit agregatlari, davlat byudjeti parametrlari, tashqi savdo, to'lov balanslari va tarmoqlararo balanslar bilan o'zaro bog'liqligini ta'minlovchi mexanizmni shakllantirishda qatnashish;

moliya, pul muomalasi, inflyatsiya va narxlarni shakllantirida muvozanatlashga yo'naltirilgan muammolarni echishga qaratilgan tashkiliy-uslubiy ishlarni o'tkazishda qatnashish;

prognoz qiymat loyihasini, shuningdek hom-ashyo, materiallar, tayyor mahsulot va oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bo'yicha talab va taklif muvozanatini ishlab chiqishni tashkillashtirish;

jaxon tajribasi va ilmiy tadqiqotlar, makroiqtisodiy modellashtirish, moliyaviy dasturlash va balans metodlariga asosan makroiqtisodiy parametrlarni prognozlashtirish va tahlil qilish metodologiyasini takomillashtirish;

iqtisodiyot rivojlanishini prognozlashtirish sohasidagi respublika iqtisodiy organlarini, xo'jalik birlashmalari, mahalliy boshqaruv organlarini izchil faoliyatini taminlaydigan tashkiliy-metodik rahbarlikni va nazorat qilish ishlarini amalga oshirish;

asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni prognozini (qisqa va uzoq muddatli davrga), respublika iqtisodiyotining rivojlanishi ahvoli to'g'risida yillik va har choraklik ma'ruzalar tayyorlaydi, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlar va mamalakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, iqtisodiy islohatlarni normativ-xuquqiy ta'minlash bo'yicha asoslangan xulosa va takliflar tayyorlashni ta'minlash;

statistik ma'lumotlar olish, mutassadilik qiladigan masalalari bo'yicha statistika hisobini va hisobotlar metodologiyasini takomillashtirish qismi bo'yicha o'zbekiston respublikasi davlat statistika qo'mitasi bilan yaqin hamkorlikni amalga oshirish;

ilmiy iqtisodiy tadqiqot mavzulari bo'yicha davlat buyurtmasini shakllantirishda ishtirok etish;

har choraklik indikatorlar tizimlarini baholash va tahlil qilish natijasida keyinchalik vazirlar mahkamasiga kiritish uchun iqtisodiy umumlashtiruvchi qisqacha ma'lumot tayyorlash qismi bo'yicha o'zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti bilan yaqin hamkorlikni amalga oshirish;

iqtisodiy islohatlar jarayonlarini chuqurlashtirishga yo'naltirilgan qonunchilik bazasini va yangi qonunchilik aktlarini ishlab chiqishda qatnashish;



mamalakatda va respublika hududlarida qulay biznes-muhitni yaratish bo'yicha, tadbirkorlikka, kichik va hususiy biznesga ko'proq erkinlik berish amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qilish;

hisobot tizimlarini va moliya, soliq va statistika organlariga hisobotlarni topshirish mexanizmlarini yanada takomillashtiri va unifikatsiyalashtirish bo'yicha takliflar tayyorlashda qatnashish.
Download 17.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling