1. savol. Qoraxoniylar davri adabiyoti. Yusuf Xos Hojib hayoti va ijodi.


Download 13.18 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi13.18 Kb.
#1760510
Bog'liq
12 variant-WPS Office


12 variant
1.savol. Qoraxoniylar davri adabiyoti.Yusuf Xos Hojib hayoti va ijodi.( Qoraxoniylar davri madaniyati, adabiyoti. Yusuf Xos Hojib).
IX-X asrlarda arab xalifaligining . Dastlab tohiriylar, songra somoniylar, qoraxoniylar, g’aznaviylar, saljuqiylar, xorazmshohlar davlati X-XII asrlar mobaynida Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega boldi. Ularning markazlari bolgan Samarqand, Buxoro, Qashg’ar, Bolasog’un, G’azna, Nishopur, Isfahon, Xorazm kabi shaharlar madaniy markaz maqomiga ega bolib, ularda ilm-fan, sanat va madaniyat rivojlandi.
X-XII asrlarda turkiy tildagi adabiyot ancha rivojlandi. Bir qator shoir va adiblar еtishib chiqdi. Ana shulardan biri Yusuf Xos Hojibdir. Muallifning ismi Yusuf. U haqdagi ma'lumotlar juda oz. «Qutadg’u bilig»da ayrim ma'lumotlar uchraydi. Bu asarini 50 yoshlarda ijriy 462 yili G1069-1070G yozib tugatgan. Yusuf o’zi haqida asar muqaddimasida shunday ma'lumot bеradi: «Bu kitobni tasnif qilig’li Balasag’un mavludlig’ parqiz idisi er turur. Ammo bu kitobni Qashg’arda tugal qilib, Mashriq maliki Tavg’achxon uskinga kеchurmish, malik ani ag’irlab, ulug’lab o’z Xas Hojiblikni anga bеrmish turur, aning uchun Yusuf ulug’ Xas Hajib tеb atijavi yozilmish turur». Kitobda tilga olingan xoqon Nasiriddin Tavg’ach Bug’ro Qoraxon 1075-1103 yillar davomida qoraxoniylar davlatini boshqargan. Asar unga bag’ishlangan. Qoraxoniylar davrida mamlakat mulklarga taqsim qilinib idora qilingan. Mana shu ulushlarning boshida turgan hukmdorlar Eligxon nomi bilan ataladi. Eligxonlar ustidan nazorat qiluvchi oliy hukmdor esa Tavg’achxon nomi bilan yuritiladi. Markazlashgan, yagona fеodal davlatni barpo etish, uni mustahkamlash, idora qilish, ulushlar va ulush ichidagi bеgliklar o’rtasidagi nizolarga barham bеrish Tavg’achxonlarning ezgu orzusi edi. Xuddi ana shunday davlatni idora qilish usulini, siyosatini, qonun-qoidalarini, rasmu odatlarini, axloq mе'yorlarini o’zida mujassamlashtirgan nizomnoma, qomus sifatida «Qutadg’u bilig» yuzaga kеldi. Yusuf Xos Hojib mana shu masalalarga javob bеrib, o’z asarini yaratar ekan, u bir tomondan, o’z davrining yirik olimi, fozili, donishmandi, faylasufi, shoiri, tarix, tib, riyoziyot, nujum va shu kabi boshqa fanlardan xabardor bo’lgan barkamol kishi sifatida, ikkinchi tomondan, fеodal sinfning vakili, yuqori tabaqa kishilarining himoyachisi sifatida namoyon bo’ladi. Asar mazmuni muallifning arab va fors tillarini mukammal bilgan, bu tillardagi diniy, ilmiy, badiiy adabiyot bilan chuqur tanishgan, ayni paytda turkiy yozma adabiyot, xalq og’zaki ijodi bilan ham yaxshi tanish bo’lganini ko’rsatadi.
Hajman katta, badiiy jihatdan puxta bo’lgan «Qutadg’u bilig» 6500 bayt yoki 13 ming misraga yaqin shе'rdan iborat. Asar 18 oyda yozib tugatilgan. Muallif o’z asariga «Qutadg’u bilig» dеb nom bеradi. Bu baxt va saodatga eltuvchi bilim, ta'lim dеmakdir. Shoir shunday yozadi:
Kitab ati urdum «Qutadg’u bilig»,
Qutadsu o’qug’lika tutsu elig
GKitob otini «Qutadg’u bilig» qo’ydim,
O’quvchiga baxt kеltirsin, qo’lidan tutsinG.
Shu sababdandirkim, kitobni chinliklar «Adab-ul-muluk»/«Hukmdorlar odobi»/, mochinliklar «Oyin-ul-mamlakat» /«Mamlakatning tartib usuli», sharqliklar «Zain-ul-umaro»/, /«Amirlar ziynati»/, eronliklar «Shohnomai turkiy», turonliklar «Qutadg’u bilig», ba'zilar «Pandnomai muluk»/«Hukmdorlar pandnomasi»/ dеganlar.
«Qutadg’u bilig» haqidagi dastlabki xabar XIX asrning birinchi choragida paydo bo’ldi. Bu asarning 1439 yilda Hirotda uyg’ur yozuvi bilan Hasan Qara Sayil Shams tomonidan ko’chirilgan nusxasi Turkiyaning Tug’ot shahriga, bu еrdan esa, 1474 yilda Abdurazzoq Shayxzoda baxshi uchun Faxri o’g’li Qozi Ali tomonidan Istambulga kеltirilgan. Uni sharqshunos olim Hammеr Purgshtall Istambulda sotib olib Vеna saroy kutubxonasiga kеltiradi. 1870 yilda vеngеr olimi Hеrman Vambеri «Qutadg’u bilig»ning eng muhim qismlarini «Uyg’ur tili obidalari» va «Qutadg’u bilig» nomi bilan nashr qildi. G1823 yilda frantsuz sharqshunosi Jaubеrt Amеdi ham nashr ettirgan.
2.savol2. Mumtoz adabiyotda badiiy uslub,uning tadrijiy takomili. (xuroson,hind,iroq,turkiston,xos va omma uslubi,she’riy va nasriy uslub)
Uslub, deb yozadi adabiyotshunos olim Abduqodir Hayitmetov o'zining Sharq adabiyotining ijodiy metodi tarixidan nomli tadqiqotida, ijodiy metodning konkret va xilma-xil ko'rinishi bo'lib, davr va hayot xarakteri bilan yaqindan bog'lanadi, uning xususiyatlarini yozuvchining shaxsiy temperamenti, hayot tajribasi, milliy xususiyatlari, biror adabiy yo'nalishga xos tamoyili va hokazolar orqali aks ettiradi.Abduqodir Hayitmetovning Turkiston va Xuroson uslublari maqolasi uslubiy oqimlarni o'rganishda qimmatli va teran mulohazalarga boyligi bilan e'tiborni tortadi. Nazarimizda, o'zbek adabiyoti tarixida bir adabiy til doirasida shartli ravishda ikki uslubiy yo'nalish bo'lgan, deb yozadi olim. Bulardan biri XII asrda Ahmad Yassaviy asos solgan va ko'proq Movarounnahr doirasida rivojlangan Turkiston uslubi, ikkinchisi esa Navoiy asoslagan va XV asrning ikkinchi yarmida yuzaga kelgan Xuroson uslubidir.Abduqodir Hayitmetov Turkiston uslubi, Xuroson uslubi kabi atamalarni adabiyotshunoslik iste'moliga kiritishda Eron olimlarining tajribasiga tayanadi. Muallifning o'zi Adabiy merosimiz ufqlari nomli maqolasida buni shunday e'tirof etadi: Eron olimlari fors-tojik adabiyotida Iroq uslubi (Sabki Iroqiy), Hind uslubi (Sabki Hindiy), Turkiston uslubi (Sabki Turkistoniy) kabi uslublar bo'lganini yozadilar.Nasr (arab. — koʻmak, zafar), proza — adabiy tur; vazn va kofiya singari sheʼriyatga xos unsurlarga ega boʻlmagan yozma nutq mahsuli. Yevropa xalqlari adabiyotida boʻlganidek, Sharq xalqlari adabiyotida ham N. yozma nutq shakli sifatida sheʼriyatga nisbatan kech-rok paydo boʻlgan. 5—8-asrlarga oid Urxun-Yenisey yodgorliklarini turkiy xalqlar adabiyotidagi N.ning eng kad. namunalari, deb hisoblash mumkin. Sheʼriyatning rivojlanishi "Qutadgʻu bilig" (Yusuf Xos Hojib) va "Hibat ul-haqoyiq" (Ahmad Yugnakiy) kabi dostonlarning yaratilishi bilan birga 10—12-asrlarda Abdulmuayyad va Abuali Balxiylarning "Shohnoma", Abdulmuayd Balxiyning "Gershaspnoma", Homididdin Balxiyning "Makrmati Homidiy", Saidaddin Muhammad Av-fiy Buxoriyning "Javome ul-hikoyot va lavomeʼ ur-rivoyot" ("Hikoyalar toʻplami va rivoyatlar yolqini") singari nasriy asarlari vujudga keldi. 14-asr boshlarida Rabgʻuziyning "Qisasi Rabgʻuziy", Navoiyning "Mahbub ulqulub" singari nasriy asarlari, ayniqsa, "Boburnoma"ning yaratilishi bilan oʻzbek adabiyotida milliy N.ning asosiy qirralari nurlanib ketdi. Ammo shunga qaramay, hozirgi tushunchadagi N.ning taraqqiyoti bevosita 20-asr bilan — zamonaviy adabiyotning shaklla-nish va rivojlanish davri bilan bogʻliq. Xuddi shu davrda tom maʼnodagi oʻzbek badiiy N.i yaratildi va u adabiy tur sifatida oʻz shoxobchalariga ega boʻldi. 20-asr boshlarida vaqtli matbuotning paydo boʻlishi, gaz. va jur. sahifalarida Choʻlponning "Qurboni jaholat", "Doʻxtir Muhammadyor", Qodiriyning "Juvonboz", "Uloqda" singari hikoyalarining yaratilishi, Hamzaning "Yangi saodat", S. Ayniyning "Buxoro jallodlari", "Odina" qissalari, Qodiriyning "Oʻtgan kunlar" romaniningeʼlon qilinishi bilan zamonaviy realistik oʻzbek N.i uzil-kesil shakllandi. Bu N. mumtoz oʻzbek adabiyotidagi N.dan dastavval ijobiy va salbiy qahramonlar obrazi, syujet va kompo-zitsiyasi, badiiy konfliktga egaligi, hayotiy yoki afsonaviy-fantastik vo-qealarni muayyan badiiy til va uslubda tasvirlab berganligi hamda badiiy qonuniyatlarga toʻla rioya etib yozilgan-ligi bilan farqlanadi.
3. Siyosiy-axloqiy mavzudagi asarlarning adabiy qimmati, ma’rifiy ahamiyati.( Siyosiy-axloqiy mavzudagi asarlar,Nizomulmulk, “Siyosatnoma”)
Nizomulmulk (1017, Tuye - 1092, Nahovand) — Saljuqiylar davlati arbobi Abu Ali al-Hasan ibn Ali ibn Ishoq at-Tusiyning unvoni, "Nizomulmulk", yaʼni mulkning nizomi, tartibi nomi bilan shuhrat qozongan. Nishopur va Marvda oʻqib, voyaga yetgach, Balxga borib, Ali ibn Shodon xizmatiga kiradi. Keyinchalik u Dovud ibn Mikoilga dabir boʻladi.Saljuqiylar shohi Alp Arslon saroyida vazirlik mansabigacha koʻtariladi.1072 yil Alp Arslon oʻldirilgach, uning oʻgʻli, 17 yoshlik Malikshoh (1072—92 yillar) saroyida N. vazirlik qilib, qariyb davlatning hamma ishlarini oʻzi olib borgan. Malikshox uni oʻz homiysi — otabek deb atagan. N. mamlakatda yirik mulkdorlar va qabila boshliqlarining ayirmachilik (separatistik) harakatlariga qarshi kurashib, davlatni boshqarish ishlarini markazlashtirish siyosatini oʻtkazgan. 1067 yil Bagʻdodda "Nizomiyya" aqoid va huquq madrasasini qurdiradi. 1091 yil "Siyosatnoma" ("Siyar ul-muluk") asarini yozadi. Unda davlat boshqaruviga aloqador qariyb hamma qoida va qonunlar, usul va vositalar, qozi va qozixona ishlari, qoʻshin va sarbozlar, xizmatchi va shaxsiy sarbozlar masalalari, saroydagi soqchilaru posbonlar vazifalari, ularning maoshlari, pochta va aygʻoqchilik (razvedka) ishlari, ularning moddiy jihatlari, hatto shohning oilaviy ishlari, soliq va hiroj, zakot va vaqf masalalari ham oʻrin olgan. Asarning asosiy gʻoyasi shundan iboratki, vazir N. shoh va hokimlarni adlu insofga, sulh va muruvvatga, davlatni oqilona boshqarib, qatʼiy qoida va tartib oʻrnatishga, amaldorlarni vijdonli, pok, halol va iymonli boʻlishga, mamlakat obodonligi, uning ahli farovonligi, tinchlik va totuvligini taʼminlash uchun harakat qilishga daʼvat qiladi. N. Bagʻdod safari yoʻlida yollangan qotil tigʻidan halok boʻladi
4savol
Sharqda maxsusdidaktik adabiyot yuzaga kelgan.Uni, adabiy shakligako‘ra, quyidagicha nisbiytasnif qilish mumkn
1.Nasriy didaktik asarlar.
Masalan,milodiy IV asrda Hindistonda sanskrit tilida mashhur «Panchatantra», ya’ni keyinchalik «Kalila va Dimna» nomi bilan mashur bo‘lib ketgan buyuk didaktik asar dunyoga keladi. 2.Nasriy-she’riy didaktik asarlar
Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziyning bag‘oyat mashhur «Guliston» asari aynan shu guruhga mansub. U ham nasriy, ham she’riy, ya’ni aralash yo‘lda bitilgan.Demak, «didaktik adabiyot» deganda nasihat, o‘git, ibrat ruhidagi asarlar tushuniladi. Bu Sharqda ham, G‘arbda ham bo‘lgan. Sharq so‘z san’atida pand-nasihat ruhi ustunroq, ochig‘i, u shunisi bilan G‘arb adabiyotidan farq qiladi ham. X asrdayoq buyuk Abu Ali ibn Sino Sharq ko‘proq nasihat yo‘li bilan, G‘arb esa hayotni real ko‘rsatish orqali kishini tarbiyalashga moyilligini maxsus qay etgan
5 savol
Yasaviy, Xoja Ahmad Yasaviy (Yassi yaqinidagi Sayram shahri, taxminan 11-asrning 2-yarmi — 1166) — tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri, shoir. Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli zotlardan boʻlgan. Yassaviy chigʻatoy tilida ijod qilgan.Buxoroda u arab tili bilan bir qatorda fors tilini ham chuqur oʻrganadi. Forsiyda yaratilgan tasavvufiy adabiyot bilan tanishadi. Xoja Abduxoliq Gʻijduvoniy, Abdulloh Barqiy, Xoja Hasan Andoqiylar bilan hamsuhbat va hammaslak boʻlib, Yusuf Hamadoniy muridlari qatoridan oʻrin oladi.Yasaviy turkiy xalqlarni islomga yanada kengroq jalb qilish va tasavvuf gʻoyalarini omma koʻngliga chuqur singdirish maqsadida sheʼriyatdan ham foydalangan. Abdurauf Fitratning taʼkidlashicha, Yasaviyning "adabiyotda tutgan yoʻli sodda xalq shoirlarimizning tutgʻon yoʻlidir... Uning hikmatlari vaznda, qofiyada, uslubda xalq adabiyoti atalgan sheʼrlar bilan barobar".Uzoq vaqt mobaynida Yasаviy hayoti va ijodiyotini ilmiy jihatdan tadqiq etishga imkon berilmadi. 
Download 13.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling