Bizning birinchi sayohatimiz bepo- yonlik, cheksiz cho’l bilan bog’liq


Download 35.34 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi35.34 Kb.
#1543596
Bog'liq
ChO’LGA SAYoHAT


ChO’LGA SAYoHAT
Bizning birinchi sayohatimiz bepo- yonlik, cheksiz cho’l bilan bog’liq.
Tasavvur qiling, sizning ish vaqtingiz tugagan. hamma kasbdosh- laringiz allaqachon uylariga ketishgan. Soat millari ustingizdan kulgandek harakat qilayaiti. Ish stolingiz tugal- lanmagan ishlar bilan to’lib yotibdi. Ichingizda xorg’inlikni his qilib «Bu ish qachon tugaydi?» degan xayol sizni cho’chitadi.
Professor zerikarli mavzuda uch soatdan buyon ma’ruza o’kiyapti. Dars boshlanganidan beri daftaringiz ma’nosiz rasmlar bilan to’ldi. Vaqt go’yo to’xtab qolgandek. Ba’zi hollarda kutish - qiynoqning eng og’ir xiliga yoki behosdan paydo bo’lgan qattiq og’riqqa o’xshaydi. Zerikish va norozilik ba’zan eng sabrli qalblarni ham talvasaga solib qo’yadi.
Siz yukoridagi holatlarni tasavvur qiling. Bir daqiqalik tayyorgarlikdan so’ng cho’lga kirasiz:

            1. Siz kimsasiz, cheksiz, bepoyon cho’lda tuya ustida ketyapsiz. Bag’oyat holdan toygansiz. Bunday holatda shu vaqtgacha sizni ko’tarib kelgan tuyaga nima deysiz?

            2. Siz tashnalikdan o’lar holatga etganingizda go’zal voha paydo bo’ldi. Lekin bu joylarga sizdan oldin kimdir kelgan ekan. Bu sayohatchi kim? Uning ismi (o’zingiz bilgan odamning ismini ayting)?

            3. Cho’lda vakt juda sekin o’tadi. Uzoqda noma’lum shahar chiroqlari ko’ringanda, siz uchun go’yo bir umr o’tgandek tuyuladi. Nihoyat siz mo’ljallagan eringizga etdingiz. Sayohatingiz nihoyasiga etganda siz nimani his qildingiz?

4. Cho’ldagi hamrohingiz - tuya bilan xayrlashish vaqti keldi, lekin siz tuyadan tushgan zahotingiz boshqa kishi unga minib oladi. Bu yangi sayohatchi kim (tanishlaringizdan birontasini ismini ayting)?
Test kalitn:
Cho’l va tuya insonning o’z mustaqil hayotiga qilgan sayyohatidir. Yuqorida keltirilgan matn o’z sevgilingiz bilan ajrashayotganingizdagi his-tuygularingizni ochadi. Savollarga bergan javobingiz ajralishdan so’ng (har kim o’z hayot yo’lidan ketganda) sizning bu voqelikka nisbatan xatti-harakatingizni bildiradi.
Sizning tuyaga nisbatan aytgan so’zlaringiz, sevgilingizdan ayrilgandan so’ng aytmoqchi bo’lgan so’zlaringizdir.

              1. Agar siz quyidagi madad beruvchi so’zlarni aytgan bo’lsangiz: «Biz bu erdan bir amallab chiqib ketamiz!», «Xavotirlanma, bu azoblar qachondir albatta tugaydi». Demak siz optimistsiz, kelajakda hamma narsa yaxshilik bilan tugashiga ishonasiz.

«Biz adashib qoldik ... bu najotsizlik ... Shu erda halok bo’lamiz» kabi iboralarini qo’llagan bo’lsangiz, bu sizni juda tushkunlikka tushganligingizdan dalolat beradi.

              1. Vodiy, bu psixologik tilda muammoni hal qilishning kalitidir. Bu erda uchragan kishi sizga qachondir yordam bergan, qiyin ahvolga tushganingizda ko’llab-quvvatlagan yoki kelajakda sizga madad bo’la oladigan kishidir.

              2. Sayohatingiz oxiridagi shahar sizning ayrilikdan so’ng tiklangan ruhiy holatingizdir. Shaharga etganingizda his qilgan tuygularingiz sizning ruhiy holatingizni aniq ko’rsatadi.

              3. Yangi sayohatchi - sizning raqibingiz, siz unga nisbatan rashk, raqobatchilik yoki alam his qilasiz. Balki bu odam sevgi- muhabbat yoki ishdagi sizning raqibingizdir, balki u qachondir sizning qalbingizni og’ritgan kishidir?

Download 35.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling