13-Savol. Savol muallifi Eldorbek Xayitboyev
"Oryol i reshka" teledasturi boshlovchisi Anton Ptushkin ko'rsatuvning ushbu sonida oltin kartaga ega bo'ladi va San Fransiskodagi eng qimmat mehmonxona Flermont mehmonxonasidagi $18000 lik nomerda joylashadi. Uning aytishicha ushbu mehmonxonada AQSHning UNDAN tashqari so'nggi 13 ta prezidenti bo'lganini ta'kidlaydi. Savol: kimdan tashqari?
Javob: Donald Tramp
Izoh: Chunki Trampning o'z mehmonxonasi mavjud va xususan San Fransiskoda ham Trampga qarashli mehmonxona mavjud.
14-Savol. Savol muallifi Eldorbek Xayitboyev
Chapaqay va o‘ngaqay bo‘lish miya yarimsharlarining ishlashi bilan bog‘liq. Internetda tarqalgan hazilga ko'ra chapaqaylarning pullari kastyumning ichki o‘ng cho'ntagida, o‘ngaqaylarning pullari esa ichki chap cho‘ntakda turar ekan.
Diqqat savol: Agar ikkala yarimshar ham yaxshi ishlasa ularning pullari qayerda turadi?
Javob: Shveytsariya bankida.
15-Savol. Savol muallifi Shahzod Qalandarov
Tarixda qiziqarli o'lchov birliklari juda ko'p.Shulardan biri bu go'zallik o'lchov birligi bo'lgan Millihelendir.Bu o'lchov birligi Troya urushiga sabab bo'lgan Sohibjamol Yelena sharafiga bag'ishlangan.Go'zal Yelenaning o'zi 1186 Millihelen go'zallikka ega edi.
Diqqat savol: Ushbu ko'rsatkichdagi 1186 soni nimani bildiradi?
Javob:Kemalar sonini
Izoh:Gomer "Iliada" dostonida yunonlar Troyaga 1186 ta kemada kelganligini yozib o'tgan. 1 Millihelen bir kemani harakatga keltiruvchi go'zallikka teng deb hisoblanar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |