1-savol. Siydik chiqaruv va jinsiy a’zolar tizimi


Download 34.96 Kb.
bet1/14
Sana28.10.2023
Hajmi34.96 Kb.
#1730271
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
4000 2 lassi


1-savol. Siydik chiqaruv va jinsiy a’zolar tizimi (systemaurogenitale)
Siydik chiqaruv va jinsiy a’zolar taraqqiyoti uch bosqichdan iborat. Taraqqiyotning har bir bosqichida yangi kurtaklar hosil bo'ladi. Taraqqiyotning boshlang'ich davrida boshlang'ich buyrak — pronephros; keyinchalik yangi kurtak — birlamchi buyrak mesonephros; uchinchi bosqichda hosil bo'lgan kurtak — ikkilamchi yoki oxirgi buyrak — metanephros bo'lib hisoblanadi. Har bir taraqqiyot davridagi kurtak yangidan hosil bo'ladi va avvalgi kurtakning davomi bo'lib hisoblanmaydi. Boshlang'ich buyrak — pronephros holat 20-40 soatgina saqlanib, reduksiyaga uchraydi. Birlamchi buyrak — mesonephros juft holda, dorzal tutqichning yon tarafida nefrogen to'qimalardan hosil bo'lib, hosilalari berk holdagi naychalar to'plamidan iborat bo'ladi. Qorin aortasidan boshlanadigan qon tomirlar, naychalaming berk uchiga botib kirib, koptokcha hosil qiladi. Birlamchi buyrak naychalarining ikkinchi ochiq uchi yig'ilib, kattaroq naychalarni hosil etadi va birlamchi buyrakdan chiquvchi nay — ductus mesonephricus ga davom etib Volf naychasini hosil qiladi. Har ikkala tarafdagi Volf naychalari alohida bo'lib, chanoq sohasidagi umumiy chiqaruv bo'shlig'i kloaka bo'shlig'iga ochiladi. Birlamchi buyrak tana sohasining orqa devorida joylashganligi uchun tana buyragi ham deb ataladi. Birlamchi buyrakdan siydik chiqaruv a’zolari taraqqiy etmaydi. Mesonephros jinsiy a’zolarning rivojlanishini ta’minlaydi. Ductus mesonephricusVolf naychasiga parallel holda yana bir naycha ductus mesonephricusMuller naychasi hosil bo'ladi. Agarda Volf naychalari kloaka sohasiga alohida ochilsa, ikki tarafdagi — ductus paramesonephricus qo'shilib. umumiy bo'shliqni hosil etgan holda, kloakaga ochiladi. Embrion taraqqiyotining 4- haftasida ikkilamchi buyrak — metanephros kurtaklari mezenximaning metonefrogen to'qimalaridan hosil bo'ladi. Ikkilamchi buyrak chanoq sohasida hosil bo'lganligi uchun chanoq buyragi ham deb ataladi. Embrion taraqqiyotining 1-2 oyidan boshlab, birlamchi va ikkilamchi buyraklar hosil bo'ladi. Ikkilamchi buyrak naychalardan iborat bo'lib, ularning berk uchlariga qorin aortasidan qon tomirlar o'sib kiradi. Ikkilamchi buyrakdan — buyrakning hosilalari nefron taraqqiy etadi. Birlamchi buyrakning Volf naychasi - ductus mesonephricus ning kloakaga quyilish sohasidan yuqori tarafga berk holdagi naycha o'sib chiqadi. Bu naychadan siydik nayi — ureter, buyrak jomi — pelvis renalis, katta va kichik kosachalar — calyces renalis minore et majores taraqqiy etadi. Volf naychasidan taraqqiy etadigan naychalar ikkilamchi buyrak — metanephros bilan qo'shiladi. Siydik chiqaruv a’zolari ikki xil hosiladan taraqqiy etganligidan, anamaliya holatlarida buyrak siydik naylari bilan qo'shilmasligi mumkun. Birlamchi buyrak — mesonephros dan moyak (erkaklarda) yoki tuxumdon (ayollarda) rivojlanadi. Ductus mesonephricusVolf naychasi erkaklarda urug' olib ketuvchi nay — ductus deffereuns ning taraqqiyotini ta’minlaydi. Ayollarda esa bu nay atrofiyaga uchraydi. Ductus paramesonephricus — Muller nayidan ayollarda bachadon nayi — tubae uterinae taraqqiy etadi. Ikki tarafdagi ductus paramesonephricus naylarining o'zaro birikish sohasidan esa bachadon uterus rivojlanadi. Erkaklarda bu naylar atrofiyaga uchraydi. Embrion taraqqiyotining boshlang'ich davrida, siydik naylari, jinsiy a’zolar va ichak nayi umumiy bo'shliqqa — cloaca ga ochiladi. Taraqqiyotining ikkinchi haftasida kloakada frontal to'siq hosil bo'ladi. Kloakaning oldingi qismidan siydik pufagi — vesica urinaria taraqqiy etadi. Kloakaning orqa qismida ektodermadan hosil bo'lgan to'g'ri ichakning pastki qismi joylashadi.

Download 34.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling