1-savol. Ta’lim sohasida davlat siyosati. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning mohiyati


Download 35.34 Kb.
bet1/7
Sana05.01.2022
Hajmi35.34 Kb.
#202548
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Документ (1)-конвертирован


1-savol.Ta’lim sohasida davlat siyosati. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning mohiyatiPrezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida bir qator vazifalar belgilangan.Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan.Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilingan bo‘lib, oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlash, oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish va ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirish bo‘yicha bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.Oliy ta’lim sohasidagi davlat siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanadi:- oliy ta’limni iqtisodiyotning tarmoq va sohalari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilganligi;- ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;- oliy ta’limni umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limlar bilan uzluksizligi va uzviyligi;- ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;- davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;- ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;- bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;oliy ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘unlashtirish;- oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishni integratsiyalash.O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 19 mayda qabul qilingan, Senat tomonidan 2020 yil 7 avgustda ma’qullangan va O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan 2020 yil 23 sentyabrda imzolangan bo‘lib, e’lon qilingan kundan boshlab (2020 yil 24 sentyabr) kuchga kiritilgan bo‘lib 11 bob va 75 moddadan iborat. Bungacha amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” qonuni 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan bo‘lib, 5 qism va 35 moddadan iborat bo‘lgan.



Download 35.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling