Adabiyotshunoslik Terminlari Hosil Bo’lishining Linvistik Omillari


Download 214.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana05.02.2023
Hajmi214.78 Kb.
#1167240
  1   2   3   4
Bog'liq
13221 1 43150549489AAE287053550A518AB09EA63E69D2



Integration of Pragmalinguistics, Functional
Translation Studies and Language Teaching Processes
http://www.conferenceseries.info 
39 
International Scientific Conference, December 18-19, 2021 
Adabiyotshunoslik Terminlari Hosil Bo’lishining Linvistik Omillari (M.H. 
Abramsning “A Glossary Of Literary Terms” Lug’ati Asosida) 
 
Saidova Muhayyo Umedilloyevna 
BuxDU, filologiya fanlari nomzodi 
mukhayyo1981@mail.ru 
Sattorova Maftuna Shavkatovna 
BuxDU, Ingliz tilshunosligi kafedrasi II bosqich magistranti 
smaftuna484@mail.ru 
Annotatsiya. Adabiyotshunoslik terminlarining nisbiy xarakterda ekanligi ularning 
aniqlik mezonlarini bir boshdan jiddiy ishlab chiqishni taqozo etadi. Mazkur terminlarni tadqiq 
etish adabiyotshunoslikdagi dolzarb masalalardan biridir. Ushbu maqolada adabiyotshunoslik 
terminlarining xususiyatlari, ularning hosil bo’lishidagi linvistik omillar hamda yasalish turlarini 
tahlil qildik. 
Kalit so’zlar: terminologiya, adabiyotshunoslik terminlari, lingvistik omillar, yasama 
terminlar, affiks, suffiks 
Ijtimoiy hayotning rivojlanishi tilning rivojlanishiga hamisha turtki berib turgan, bu – tilning 
rivojlanishidagi yetakchi qonuniyat. Har bir milliy tilning leksikasi doim harakatda, o'zgarishda 
bo'ladi. Tilda yangi so'zlar paydo bo'lib, ular leksikani to'ldiradi, boyitadi. Yangi so'z hayotning 
talabi bilan tug'iladi. Ayniqsa, terminologiyada bu jarayon ko'zga yaqqol tashlanadi. Hozirgi 
kunda termin so'zi bilan bir qatorda atama, istiloh so'zlari ham ayni ma'noda qo'llanmoqda. Lekin 
ular termin so'zining hozirgi ma'nosini to'liq ifoda eta olmaydi. Atama terminning xususiyatlarini 
aniq ifodalay olmaydi. Termin atamaga nisbatan torroq tushuncha hisoblanadi. Yanada aniqroq 
aytadigan bo'lsak, termin bugungi kunda ilmiy tushunchalarga nisbatan qo'llaniladi. Terminni 
faqat leksikografik sathda tekshirish yetarli emas, deb o'ylaymiz, chunki termin ham keng ma'noda 
lug'aviy birlik hisoblanar ekan, u leksik va grammatik sathda ham ko'rib chiqilishi zarur. Shunga 
ko'ra termin bir qator lisoniy belgi-xususiyatlarga ega: 
1.
Terminlar fan va texnika, san'at, qishloq xo'jaligi, qo'yingki, ma'lum soha va fanga xoslangan 
bo'ladi. Masalan, gidrotexnik terminlar, lingvistik terminlar, adabiyotshunoslik terminlari, 
siyosiy terminlar, geografik terminlar, yuridik terminlar, harbiy terminlar va hokazo. Termin 
tushunchalarni aniq, konkret va lo'nda ifodalaydi, chunki uning aniq izohi, ta'rifi bor. 
2.
Terminlar monosemantik xarakterga ega, lekin bu qat'iy emas, chunki bunday qoidaning 
buzilish hollari ham uchraydi. Umumxalq tilidagi so'zlarning ma’nosini maxsuslashtirish 
orqali hosil qilingan terminlarda bunday holni kuzatish mumkin. Shuningdek, terminlar 
etimologiyasida sinekdoxa va metonimiya hodisalarini kuzatish mumkin. Lekin terminologik 
leksika ko'p ma'nolilikning barcha ko'rinishlarini qabul qilmaydi, hamda terminlar bir ma’noli 
bo'lishi shart.
3.
Ayrim terminlar tarixiy-etimologik jihatdan asosan o'zlashma bo'ladi. Masalan, rus tili va u 
orqali boshqa tillardan: teatr, drama, muzika, roman, dialog kabi terminlar o'zbek tiliga 
o'zlashgani kabi.


Integration of Pragmalinguistics, Functional
Translation Studies and Language Teaching Processes
http://www.conferenceseries.info 

Download 214.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling