1-savol [Tarqatma material]


Download 0.5 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1537147
Bog'liq
Savollar paketi


1-savol
[Tarqatma material]

2021-yilda Ust-Katavsk zavodi yubiley munosabati bilan maxsus lift ishlab chiqarishini e’lon qiladi.
Diqqat savol: Bu lift harakatini boshlashdan oldin qaysi so’zni aytadi?

Javob: Поехали
Qabul: Ketdik

Izoh: Tarqatmada siz Yuriy Gagarinning bolalikdagi rasmini ko’rib turibsiz. “Roskosmos”ga tegishli bo’lgan zavod insonning ilk bor fazoga chiqqanining 60 yillik yubileyi munosabati bilan maxsus lift ishlab chiqaradi. Bunda lift harakatini boshlashdan oldin Gagarin ovozi bilan “Поехали” so’zini aytadi. Biz ham bugungi mantiqiy savollarimizni boshlaymiz. Demak, ketdik.

Manba: 1) https://up74.ru/articles/news/120528/
2) https://t.me/history_centuries/904
2-savol
Duplet. Ikkita savol, har birini o’ylash uchun 30 soniyadan vaqt beriladi.
1) Yaqinda vafot etgan vloger Farxod Mannopov 2020 yilda Chilonzor tumanida svetoforning qizil chirog’i yongan vaqtda yo’lga yugurib chiqib IKSni ijro qiladi va mayda bezorilik uchun jarima ham to’laydi. Lekin, shpagatga o’tirmaydi. IKS ilk marta 1989 yilda “Kikbokschi” filmida ijro etilgan. IKSni familiya ishlatib 3 so’zda yozib bering.
2) O’tgan yil oxirida ko’pchilik ko’rgan IGREKni ijro qilishda ijrochi britaniyalik GOTIK-rok-qo’shiqchi Syuzi Syudan va “Kelinchak murdasi” multfilmidagi sahnalardan ilhomlangan ekan. IGREKni ism ishlatib 2 so’zda yozib bering.

Javoblar: 1) Van Dam raqsi 2) Uensday raqsi

Izoh: Vloger Farxod Mannopov chorrahaga chiqib “Kikbokschi” filmidagi Jan-Klod Van Damm raqsini ijro qilgani uchun jarima to’laydi. Savolda shpagatga o’tirmaydi degan ishora ham Van Dammning mashhur shpagatiga olib borishi kerak edi. Ikkinchi savolda “Gotik” va “Murda” so’zlari savoldagi yordamchi ilgaklar edi va albatta Uensday raqsi javobiga olib borishi kerak edi.

3-savol. “Uensday raqsi”, serialda aslida The Cramps guruhining “Goo Goo Muck” qo’shig’i ostida ijro etilgan bo’lsada, internet foydalanuvchilarining katta qismi bu raqsni ilk marta Ledi Gaganing “Bloody Mary” musiqasi ostida ko’rganini aytishadi. Bu haqida gapira turib, jurnalist Anastasiya Vismut IKS ni esga oladi.
Diqqat savol: IKSni Kap provinsiyasida tug’ilgan inson familiyasini ishlatib ikki so’zda yozib bering.

Javob: Mandela effekti

Izoh: Internetning ko’pchilik qismi serialni ko’rmay, boshqa yulduzlar tomonidan Uensday raqsini Ledi Gaganing qo’shig’i ostida ijro etilganini ko’rishgan. Va shu tufayli original raqs ham shu qo’shiq ostida ijro etilgan deb o’ylashadi. Ko’pchilikning yanglish xotiraga ega bo’lishi Mandela effekti deyilishini bilsangiz kerak. Nelson Mandela JARning Kap provinsiyasida tug’ilgan ekan.

Janubiy Koreya Braziliyaga yirik xisobda yutqazayotgan bir paytda, garchi unday bo’lmasada Son Xyon Min Braziliyaliklarning karnavalida niqob taqib olib, mazza qilib bayram qilayotgandek taa’surot uyg’otdi. Bu holatda savol muallifi Uni esga oladi. U 1832-yil yozilgan bo’lib, “Kichik tragediyalar”ning to’rtinchisi xisoblanadi.


D.S.: Uni 3 so’zda yozib bering.
Javob: O’lat vaqtidagi bayram.
Izoh: “Kichik tragediyalar” 1830-1832 yillar oralig’ida Aleksandr Sergeevich Pushkin tomonidan yozilgan qisqa dramatik pyesalar sikli bo’lib, to’rtta asardan iborat. Eng so’ngi to’rtinchisi 1832-yilda yozilgan “O’lat vaqtidagi bayram” asari xisoblanadi. Savol matnidagi “mazza qilib bayram qilayotgandek” so’zlari sizni javobga yaqinlashtirdi deb o’ylaymiz.
Buxoroning so’ngi amiri Said Olimxon haqida ko’pchilik salbiy tassavvurga ega. Ammo shu o’rinda uning ijobiy xususiyatlari haqida ham turlihil fikirlar mavjud. U anchain ziyoliy inson bo’lgan. Amir Olimxon davrida uning haramidagilar bitta saroyda yashashgan va haramga amirdan boshqa erkaklarning kirishi mumkin bo’lmagan. Ammo, istisno tariqasida erkak mashshoqlar, erkak tabiblar va ular ham kirib turishgan. Demak, ularga ham ruxsad berilgan. Bu bilan amir o’zining ziyoli qatlamdan ekanligini isbotlagan. Yangilanayotgan konstitutsiyada ilk bor bu soha vakillari kiritilmoqda va ularga keng imkoniyatlar taqdim etishga va’da berilmoqda.
Diqqat savol: Bu kasb vakillaridan ikkinchi kim ekanligini yozib bering?
J:Abu Nasr al-Farobiy.
Izoh:Amir haramidagi ayollarini ziyoli bo’lishini xohlagan. Chunki unga ziyoli voris kk edi. Yangilanayotgan konstitutsiyaning 52-moddasida ham O’qituvchilar faoliyatiga keng imkoniyatlar yaratilishi aytib o’tilgan.
Farobiy esa Arastuning “Metafizika” asarini tarjima qilib unga sharx yozganligi uchun “Muallim as-soniy” deb e’tirof etilgan.
Bu electron dastur 2016-yilda Brio Group tomondan ishlab chiqarilgan. Bu dastur nihoyatta soddaligi va foydalanishga Oson bo’lganligi uchun tez orada ommalashdi. Bugungi kunda ush bu dasturdan O’zbekistonda 1.5 mlndan ziyodroq foydalanuvchi foydalanib kelmoqda.
Siz bizga bu qaysi dastur ekanligini bir daqiqa ichida yozib bering?
J:Oson dasturi.
Izoh:Savoldagi oson so’zi javobni kaliti va javobni o’zi edi.
Siz ham bugungi o’yinda savolni oson topdingiz deb umid qilamiz.
Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling