1-savolga javob Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi


Download 88.68 Kb.
bet2/19
Sana01.12.2021
Hajmi88.68 Kb.
#178550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonun va kategoriyalari.

Sofistika.  Sofistik  tafakkur  usuli  dastlab  qadimgi  yunon  falsafasida  paydo  bo‘lib,  o‘rta  asrlarda, 

ayniqsa keng tarqaladi va rivojlanadi. 

Qadimgi davr yunon falsafasida biron-bir xunarni yoki biron bir bilim sohasini mukammal egallagan 

kishilar sofistlar, deb atalgan bo‘lsa, keyinchalik o‘rta asrlarga kelib, notiqlik, donishmandlik, bilimdonlik 

bilan  nom  chiqargan  kishilar  ham,  turli  omonim  so‘zlar  asosiga  ko‘rilgan  turli  fikrlar  bilan  kishilarning 

boshini  qotiradigan,  ustamonlik  bilan  ular  fikrlarini  chalg‘itadigan  kishilar  ham  sofistlar,  deb  atala 

boshlanadi. 

Sofistik  tafakkur  usuli  yoki  sofistika  muhokama  jarayonida  bilib  turib,  ataylab  yolg‘on  asoslardan 

yolg‘on  xulosalar  chiqarish  asosida  fikr  yuritish  usulidir.  Shu  sababli  sofistikani  Forobiy  «yolg‘ondakam 

donolik» deb, izohlaydi. Uning fikricha, sofistik tafakkur usuli bilan fikr yurituvchi kishi o‘rganilishi lozim 

bo‘lgan  narsalarni  o‘rganishda  aqlni  to‘g‘ri  yo‘ldan  chalkashtiradi  va  yolg‘onni  rost  shaklda  tasavvur 

qilishga majbur qilib, kishini to‘g‘ri fikrlashdan adashtiradi. 

Sofistika  ijtimoiy  ildizlarga  ega.  Sofistik  tafakkur  usuli  haqiqatni  ataylab  buzib,  yolg‘on  fikrni 

haqiqat  sifatida  ko‘rsatishga  asoslanadi.  Bu  narsa  doimo  ma’lum  manfaatdan  kelib  chiqib  qilinadi. 

Bunga odatda  formal  mantiq  qonunlarining  talablaridan  kelib  chiqib  yondashish  ham  imkon  tug‘diradi. 

 Sofistik tafakkur  usulida  kishi  rasmiy  formal  ta’riflar  bilan  cheklanadi  va  shu  asosda  fikr  yuritadi.  Leki

 sofistik tafakkur usulini ham faqat salbiy jihatdan qarash to‘g‘ri emas. Sababi: sofistik tafakkur usuli ilmiy bilish

da, haqiqatni  aniqlashda  salbiy  rol  o‘ynasa  ham,  biroq  u  san’atda,  har  xil  komik  vaziyatni  yaratishda,  

badiiy tasvirda ijobiy rol o‘ynaydi. Sofistik tafakkur usuli ham inson tafakkurining bir qirrasi, bir tomoni sifatida 

tafakkurning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Dialektik tafakkurning qaror topishida sofistik tafakkurning 

o‘ziga  xos  muhim  o‘rni  ham  bor.  Forobiy  yozganidek,  mantiq  qonunlariga  qatiy  bo‘ysuniladigan  fikr 

jarayoni  sofistik  tafakkur  usulidan  kishini  xalos  qiladi.  Fikrning  mantiqiy  bo‘lishi  uchun  u  formal  mantiq 

qonunlaridan dialektik mantiq qonunlari darajasiga ko‘tarilishi lozim. 


Download 88.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling