1-savolga javob Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi


Download 88.68 Kb.
bet3/19
Sana01.12.2021
Hajmi88.68 Kb.
#178550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonun va kategoriyalari.

Eklektika.  Dialektik  tafakkur  usuliga  muqobil  bo‘lgan  tafakkur  usullaridan  yana  biri  bu 

eklektikadir.  Eklektik  tafakkur  usuli  ham  dastlab  qadimgi  yunon  falsafasida  yuzaga  keladi.  Eklektik 

tafakkur  usuli,  ayniqsa,  O‘rta  asr  falsafasi  va  yangi  zamon  falsafasi  sxolastiklari  qarashlarida  keng 

qo‘llaniladi.  Eklektik  tafakkur  usulida  narsa  va  hodisalarning  muhim  va  nomuhim,  asosiy  va  asosiy 

bo‘lmagan  xususiyatlari,  ular  o‘rtasidagi  bog‘lanishlar  mexanik  ravishda  birlashtirilib,  qorishtirilib 

ifodalanadi.  Narsa  va  hodisalarga,  ularning  bog‘lanishlariga  konkret  (aniq),  muayyan  makon  va  

zamonda, muayyan vaziyat va shart-sharoitda yondashmaslik, ulardagi asosiy va ikkinchi darajali tomonlarni

 hisobga olmaslik  asosida  eklektik  tafakkur  usuli  paydo  bo‘ladi.  Eklektik  tafakkur  usuli,  ayniqsa, 

 rahbarlikda  rahbarning amaliy va nazariy faoliyatida, uning turmush ilgari surayotgan masalalarni to‘g‘ri hal  

qilishiga katta  xalaqit  beradi.  U  bunda  narsa  va  hodisalarni,  ularni  tug‘dirgan  hayotiy  muammolarning 

 qaysi  biri muhim, qaysi birini birinchi navbatda hal qilishni bilmaydi, u voqealar zanjiridagi asosiy xalqalarni 

asosiy bo‘lmaganlardan  ajrata  olmaydi.Eklektik  tafakkur  usuli  turli  sohalarda  turlicha  ko‘rinishlarda  

namoyon bo‘ladi.  Eklektik  tafakkur  usuli  asosida  ham  formal  mantiq  qonunlaridan  noto‘g‘ri  foydalanish, 

 narsa  va hodisalar mohiyatiga yuzaki yondashish yotadi. Natijada, dogmatik tafakkur qaror topadi. 

 Софистики (юнонча: sоpism — ataylab хаtо asoslar asosida, ko’p ma’noli so’zlarga asoslanib fikr yuritish) 

 bilib turib, хаtо asoslardan  yolg’on  xulosa  chiqarishdir.  Bu  yerda  sufiylik  falsafasi  emas,  balki  o’rta  

asrlarda  Yevropada  кенг  tarqalgan  alohida falsafiy ta’limot nazarda tutiladi. 

 Эклектика (юнонча: еklegein — tanlayman, degani) — turli qarama-arshi  nazariyalarni qarashlarni  

aralash-quralash  qilib yuboruvchi  tafakkur usuli. 


Download 88.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling