1-savolga javob Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi
Download 88.68 Kb.
|
Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonun va kategoriyalari.
Eklektika. Dialektik tafakkur usuliga muqobil bo‘lgan tafakkur usullaridan yana biri bu
eklektikadir. Eklektik tafakkur usuli ham dastlab qadimgi yunon falsafasida yuzaga keladi. Eklektik tafakkur usuli, ayniqsa, O‘rta asr falsafasi va yangi zamon falsafasi sxolastiklari qarashlarida keng qo‘llaniladi. Eklektik tafakkur usulida narsa va hodisalarning muhim va nomuhim, asosiy va asosiy bo‘lmagan xususiyatlari, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar mexanik ravishda birlashtirilib, qorishtirilib ifodalanadi. Narsa va hodisalarga, ularning bog‘lanishlariga konkret (aniq), muayyan makon va zamonda, muayyan vaziyat va shart-sharoitda yondashmaslik, ulardagi asosiy va ikkinchi darajali tomonlarni hisobga olmaslik asosida eklektik tafakkur usuli paydo bo‘ladi. Eklektik tafakkur usuli, ayniqsa, rahbarlikda rahbarning amaliy va nazariy faoliyatida, uning turmush ilgari surayotgan masalalarni to‘g‘ri hal qilishiga katta xalaqit beradi. U bunda narsa va hodisalarni, ularni tug‘dirgan hayotiy muammolarning qaysi biri muhim, qaysi birini birinchi navbatda hal qilishni bilmaydi, u voqealar zanjiridagi asosiy xalqalarni asosiy bo‘lmaganlardan ajrata olmaydi.Eklektik tafakkur usuli turli sohalarda turlicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Eklektik tafakkur usuli asosida ham formal mantiq qonunlaridan noto‘g‘ri foydalanish, narsa va hodisalar mohiyatiga yuzaki yondashish yotadi. Natijada, dogmatik tafakkur qaror topadi. Софистики (юнонча: sоpism — ataylab хаtо asoslar asosida, ko’p ma’noli so’zlarga asoslanib fikr yuritish) bilib turib, хаtо asoslardan yolg’on xulosa chiqarishdir. Bu yerda sufiylik falsafasi emas, balki o’rta asrlarda Yevropada кенг tarqalgan alohida falsafiy ta’limot nazarda tutiladi. Эклектика (юнонча: еklegein — tanlayman, degani) — turli qarama-arshi nazariyalarni qarashlarni aralash-quralash qilib yuboruvchi tafakkur usuli.
Download 88.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling