1-savolga javob Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi


Download 88.68 Kb.
bet4/19
Sana01.12.2021
Hajmi88.68 Kb.
#178550
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonun va kategoriyalari.

Dogmatika.  Dogmatik  tafakkur  falsafadagi  amaliyot  va  fanning  yangi  ma’lumotlarini  hisobga 

olmay,  konkret  makon  va  zamon  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan,  o‘zgarmas  tushunchalar  va  qoidalar  bilan  ish

ko‘ruvchi  tafakkur  usulidir.  Dogmatik  tafakkurning  asosini  metafizika  tashkil  qilib,  u  dastlab  sofistik 

tafakkur  usuliga  qarama-qarshi  o‘laroq,  vujudga  keladi.  Dogmatik  tafakkurning  paydo  bo‘lishi  tarixan 

metafizik  usulning  qaror  topishi  va  rivojlanib  borishi  bilan  bog‘liqdir.  Dastlab  tabiatshunoslik  fanlari 

sohasida tabiatni tekshirish usuli sifatida paydo bo‘lgan metafizika «tabiatdagi buyumlar va jarayonlarni bir-

biridan  ajratilgan  holda,  ular  o‘rtasidagi  umumiy  bog‘lanishdan  tashqarida  tekshirishga  va  shuning 

natijasida,  ularni  harakat  holatida  emas,  balki  harakatsiz  holatida  muhim  darajada  o‘zgaradigan  narsa 

sifatida  emas,  balki  o‘lik  narsalar  sifatida  tekshirishga»  kishilarni  odatlantirib  qo‘ya  boshlaydi.  Bunday 

tekshirish va tushunish bora-bora o‘ziga xos dogmatik tafakkur usulini vujudga keltiradi. 

Metafizik-dogmatik  fikr  qiluvchi  kishi  nazarida,  buyumlar  va  ularning  fikrdagi  in’ikoslari,  ya’ni 

tushunchalar  bir-biridan  keyin  va  bir-biriga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda  tekshirilishi  lozim  bo‘lgan  ayrim-

ayrim,  o‘zgarmas,  qotib  qolgan,  hamisha  bir  zaylda  turadigan  narsalardir.  Uning  nazarida,  buyum  yo 

mavjuddir, yoki mavjud emasdir va xuddi shuningdek, bir narsa ayni zamonda shu buyumning o‘zi va yana 

boshqacha bo‘la olmaydi.  Musbat narsa bilan manfiy narsa bir-birini mutlaqo istisno  qiladi...  Bu tafakkur 

usuli, daf’atan qaraganda, bizga tamomila maqbul bo‘lib ko‘rinadi. 

O‘rta  asr  falsafasida  metafizika  teologiyaning  falsafiy  asosi  qilib  olinishi  bilan  diniy  aqidalarga 

ishonish  talablari  kuchayadi.  Bu  o‘z  navbatida  dogmatik  tafakkurning  yanada  keng  tarqalishiga  sabab 

bo‘ladi. Faqat dialektikaning paydo bo‘lishi bilan, metafizik tafakkurning ilmiy jihatdan asossizligi ma’lum 

bo‘lgandan  keyingina,  dogmatik  tafakkur  o‘zining  falsafiy  asosidan  mahrum  bo‘ladi.  Lekin  dogmatik 

tafakkur hozir ham mavjud. Dogmatik tafakkurning mavjudligi, avvalo, inson o‘z bilish jarayonida ba’zan 

bilishning biron bir tomoni yoki biron holatini noo‘rin mutlaqlashtirishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu 

bilan  birga,  dogmatik  tafakkurning  mavjudligi  hozirgi  zamon  falsafasida  olamning  o‘zgaruvchanligi  va 

rivojlanishi    g‘oyasini  inkor  etuvchi  antidialektik  (ya’ni  metafizik)  konsepsiyalarning  mavjudligi  bilan 

hamda dialektikani bilmaslik yoki tushunmaslik bilan ham bog‘liqdir. 

Dogmatik  tafakkur,  ayniqsa,  siyosatda  juda  xavflidir,  u  bunda  sektantlikka,  sub’ektivizmga, 

amaliyotdan  uzilishga,  ijodiy  jarayonlarni  to‘xtatishga,  ijodiy    g‘oyalar,  nazariya  va  ta’limotlardan  voz 

kechishga,  hamma  sohada  sodir  bo‘ladigan  yangiliklarni  o‘z  vaqtida  payqamaslikka,  istiqbolni  oldindan 

ko‘rishga to‘sqinlik qiladi. Dogmatik tafakkurga ega kishilar, ayniqsa, rahbarlik sohalarida jamiyatga juda 

katta zarar keltiradilar, ular jahon (jamiyat) taraqqiyotining o‘zgargan sharoitlarini hisobga olmasdan, o‘zlari 

ko‘nikkan vaziyatga muvofiq eski qarashlarga qattiq yopishib olib, ish tutadilar va fikr yuritadilar. Buni biz 

O‘zbekistonning  o‘z  mustaqil  taraqqiyotini  boshlab  yangicha  rivojlanish  yo‘liga  o‘tgan  davrda  ba’zi  o‘rta 

bo‘g‘in  rahbar  kishilar  faoliyatlarida  yaqqol  uchratdik.  Umuman,  dogmatik  tafakkurning  hamma  xildagi 

ko‘rinishlariga  qarshi  kurash  olib  borib,  dialektik  tafakkurni  hamma  sohada  keng  qaror  toptirish  lozim. 

Faqat dialektik tafakkurgina ijtimoiy taraqqiyotning tarixiy ehtiyojlarini, eski shakllarning yangi rivojlangan 

mazmunga  muvofiq  kelmasligini,  insoniyatning  taraqqiyotini  ta’minlovchi  yangi  shakl  va  mazmunga 

o‘tishning zarurligini to‘g‘ri hisobga olishga yordam beradi. Hozirgi kunda shakllanayotgan sinergetika ham 

dialektika muammolariga yangicha yondoshish kerakligini ko‘rsatmoqda. 




Download 88.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling