1-savolni javobi: Natural xoʻjalik
Download 16.85 Kb.
|
Iqtisodiyot nazariyasi 2-javobi
1-savolni javobi: Natural xoʻjalik — oʻz ehtiyojlarini oʻzi yaratgan mahsulot va xizmatlar bilan qondiradigan xoʻjalik. Natural xoʻjalik qoʻl mehnatiga asoslanadi, mehnat unumdorligi past boʻlgan koʻhna mehnat qurollari ishlatiladi. Natural xoʻjalikning kengayishi yangi resurslarni jalb etish, Mas, yangi yerlarni ochib, ekin maydonlarini kengaytirish, mollar sonini koʻpaytirish, ishlovchilar sonini oshirish orqali amalga oshiriladi. Natural xoʻjalik sharoitidagi iqtisodiy munosabatlar ham sodda boʻladi, ular uzok, vaqt, hatto asrlar davomida, hech bir oʻzgarishsiz saqlanib qoladi. Mac, Oʻrta Osiyoda yerlarni ogʻzaki kelishuv asosida ija-raga berish, ijara haqini hosilning bir qismidan olish, hosildan kafsan tarqatish kabi munosabatlar uzoq saqlangan. Natural xoʻjalikning eng muhim belgisi uning bozordan ajralgan boʻlishidir. Bu xoʻjaliqda pul munosabati boʻlmaydi, yaratilgan mahsulotni xoʻjalikning oʻzi xonaki qayta ishlaydi. Mas, natural chorvador xoʻjaligida jundan matolar, gilam, palos va kigizlar, teridan esa oyoq kiyimlari, poʻstin tayyorlanadi. Natural xoʻjalik ibtidoiy davr va oʻrta asrlarda rivoj topgan. Tovar xoʻjaligiga asoslangan bozor munosabatlariga oʻtilgach, u oʻz ahamiyatini yoʻqotadi. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi Natural xoʻjalik miqyosini qisqartiradi, soʻngra amalda toʻliq siqib chiqa-radi. Lekin uning ayrim unsurlari jahon iqtisodiyotida saqlanib kelmoq-da. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda uning ahamiyati katta emas Aholi turmush darajasi past, ilmiy-texnika potensiali yuqori boʻlmagan, ij-timoiyiqtisodiy munosabatlar rivojlanmagan mamlakatlarda Natural xoʻjalik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, uy-joy qurilishi, hunarmandchilik va boshqalarda ham muayyan rol oʻynab kelmoqda. Download 16.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling