1-savolni javobi: Natural xoʻjalik


Download 16.85 Kb.
bet6/6
Sana08.01.2022
Hajmi16.85 Kb.
#234639
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi 2-javobi

6-savolni javobi: Bozor islohotlari — davlatning bozor iqtisodiyotiga oʻtishni taʼminlashga qaratilgan ijtimoii, iqtisodiy choratadbirlari tizimi, iqtisodiy islohotlarnint tarkibny qismi. Bozor islohotlari totalitar rejali iqtisodiyot hukmron boʻlib kelgan sobiq sotsialistik mamlakatlarda bozor iqtisodiyotiga oʻtishni taʼminlaydi. Bozor islohotlari jamiyatning iqtisodiy tuzumida tub oʻzgarishlarga olib keladigan bir qancha yoʻnalishlarda olib boriladi. Mulkiy islohotlar. Bunda mulkchilik munosabatlari oʻzgartirilib, davlat mulki monopoliyasi tugatiladi, uning hisobidan boshqa mulklar, xususan jamoa mulki, hissadorlik mulki va xususiy mulk rivojlanadi; Agrar islohotlar. Yerga egalikqilish, xoʻjalik yuritish usullarini oʻzgartirish, yerni turli mulk obʼyektiga aylantirish, qishloqni fermerlashtirish, tomorqa xoʻjaligini kengaytirish, ijara munosabatini rivojlantirish choratadbirlari oʻtkaziladi. Agrar islohotlar pirovardida bozor iqtisodiyoti talablariga moye keladigan agrar tuzilmani yuzaga keltiradi. Moliya-kredit islohotlari. Moliya-kredit tizimini bozor talablariga binoan qayta qurish, byudjet tuzilmasini oʻzgartirish, pul islohotini oʻtkazish, tijorat banklari va mayda kredit tashkilotlari ochilishini, shuningdek yangicha valyuta munosabatlariga oʻtish maqsadlarini koʻzlaydi. Infratuzilma islohotlari. Bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi intlar (muassasa, tashkilot, idoralar)ni tashkil etishni bildiradi, bular jumlasiga birjalar, brokerlik idoralari, trast kompaniyalari, banklar, sugʻurta kompaniyalari, auditorlik firmalari kabilar kiradi.Tashqi iqtisodiy aloqalar islohotlari. Ularga mamlakat milliy iqtisodiyotini jahon iktisodiyotiga qoʻshilishini taʼminlaydigan choratadbirlar, jumladan eksport va import, bojxona siyosati, chetdan qarz olish, xorijiy moliya tashkilotlari bilan aloqa oʻrnatish, chetga kapital, ish kuchi chiqarish va boshqalarga oid choratadbirlar kiradi. Sotsial (ijtimoiy) islohotlar. Daromadlarni davlat ishtirokida taqsimlash, aholini qimmatchilikdan himoya qilish, aholining nochor qatlamlariga yordam berish, ishsizlik nafaqasini joriy etish, pensiya, sotsial sugʻurta fondlari, turli xayriya jamgʻarmalarini uyushtirishga taalluqli choratadbirlarni oʻz ichiga oladi.

Bozor islohotlari bir butun majmua boʻlib, ular ijtimoiy va iqtisodiy hayotning hamma jabhalarini qamrab oladi, yangi va yaxlit iqtisodiy mexanizmni yuzaga keltiradi. Bozor islohotlari ning umumiy talablari bir xil, lekin ularni amalga oshirish mamlakatning tanlagan modeliga, uning aniq sharoitiga qarab turlicha kechadi.
Download 16.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling