1-savolning javobi
Download 23.5 Kb.
|
Mirzaqayumova Nilufar mumtoz fors-arab
1-savolning javobi Til siyosati masalasi hozirgi jamiyatda borgan sari keskinlashmoqda. Masalan, sobiq SSSRda, uning ayrim mintaqalarida, Yugoslaviyada, Hindistondagi nizolar buning yorqin dalili bo`la oladi. Mustamlaka bo`lgan ko`plab Osiyo va Afrika mamlakatlarida shu vaqtga qadar til muammosi, ayniqsa, davlat tili muammosi aniq hal etilganicha yo`q. Ayrim mamlakatlarda mustamlakachilarning tili davlat tili vazifasini bajarib kelmoqda. Masalan, Hindiston, Filippin kabi mamlakatlarda mahalliy tillardan birini davlat tiliga, umummilliy aloqa vositasiga aylantirishga harakat qilinmoqda. Lekin bu mamlakatlarda ingliz tili o`zining kuchli mavqeini saqlab kelyapti. Ma`lum bir milliy tilni davlat tiliga aylantirish quyidagi singari muammolarni xal etish bilan boglik: O`sha til o`z mavqei bilan shu davlatda yashovchi boshka millatlarga, xalqlarga manzur bulishi kerak, ya`ni bu til mamlakatdagi boshqa tillarga nisbatan ko`proq hududga tarqalgan bo`lishi, bu tilda mamlakatning ko`pchilik aholisi so`zlashishi, leksik-semantik, grammatik va uslubiy jihatdan mamlakatdagi boshqa xalqlarning tillariga namuna bo`la olishi lozim. Mamlakatda bu tilni targ`ib qilishni to`g`ri yo`lga qo`yish, shu tilda o`qish-o`qitish ishlarini kuchaytirish, buning uchun ommaviy axborot vositalaridan kengrok foydalanish lozim bo`ladi. Ma`lum bir mamlakatda, ayniqsa endigina mustamlakachilik iskanjasidan xalos bo`layotgan davlatda umummilliy davlat tiliga o`tish bir necha yillarni qamrab oladi. Fan va texnika yangiliklari bu mamlakatda ko`proq Ғarbiy Evropa tillari orkali keng o`rin oladi, shuning uchun bu davlatlarda Ғarbiy Evropa tillari ta`siridan qutilish qo`shimcha qiyinchiliklarga sabab bo`ladi. Hozirgi davrda tilshunoslikda sociolingvistik tadqiqotlarning tez rivojlanishi strukturalizm oqimining salbiy tomonlari bilan ham bog`liqdir, chunki strukturalizm til birliklariga xos bo`lgan shakl va ma`no birligini rad etib, faqat shaklan o`rganishga ko`prok e`tiborni qaratgan edi. Ammo jamiyat rivojlanishi buning tamomila aksini isbotladi, ya`ni biror tilning yashashi va rivojlanishi bu tilda gaplashuvchi xalq va jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog`liq ekani ma`lum bo`ldi. 2-savolning javobi Qayerda yashashidan qat’iy nazar o‘zbek millatiga mansub barcha odamlar tomonidan ishlatiladigan til milliy (umumxalq) o‘zbek tili deb yuritiladi. Milliy til o‘z tarkibiga sheva, so‘zlashuv nutqi, jargonlar, vulgarizm (so‘kish, qarg‘ish so‘zlari), varvarizm (tilda o‘rinsiz ishlatilgan chet so‘zlar) kabi guruh so‘zlarni qamrab oladi. Milliy tilning ma’lum qoidalariga bo‘ysundirilgan, muayyan qolipga solingan, olimlar, san’atkorlar, mutaxassislar tomonidan ishlov berilgan, doim silliqlashtirilib, mukammallashtirilib boriladigan shakli adabiy til deb ataladi. Adabiy til shu tilda gaplashuvchilarning barchasi uchun tushunarli bo‘lish zarurati adabiy tilning yaratilishiga sabab bo‘lgan. Milliy o‘zbek tilida shevalarning ko‘pligi adabiy tilga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirgan. Ayrim tillarda (misol uchun, fin tilida) shevalar kam bo‘lgani uchun adabiy tilga ehtiyoj yo‘q. Rasmiy hujjatlar, badiiy va ilmiy adabiyot, vaqtli matbuot adabiy tilda yaratiladi, ommaviy axborot vositalari adabiy tilda ish ko‘radi. Adabiy tilning og‘zaki va yozma shakllari mavjud. Sheva bir millatga mansub bo‘lib, lekin turli hududlarda yashaydigan odamlar tomonidan ishlatiladigan milliy til ko‘rinishidir. Sheva adabiy tildan fonetik (ya’ni tovush), leksik (ya’ni so‘z) va grammatik (ya’ni qo‘shimchalar va gap qurilishi) jihatdan farq qiladi. Xalq shevalarining faqat og‘zaki shakli mavjud. Shevalarning bir-biriga yaqin bo‘lgan guruhlari lahja deb ataladi (dialekt so‘zi sheva va lahja tushunchalarini birgalikda ifodalaydi). O‘zbek milliy tili tarkibida uchta lahja bor: Qarluq lahjasi (janubiy-sharqiy guruh). Qipchoq lahjasi (janubiy-g‘arbiy guruh). O‘g’uz lahjasi (shimoliy-g‘arbiy guruh). Qarluq lahjasi asosan shahar shevalarini o‘z ichiga oladi (Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qarshi). 3-savolning javobi: Mutaxassislarning aniqlashlaricha, globallashuvning qudratli toʻlqinlari dunyodagi 2000 ga yaqin millat va elatlarning milliy tilini “yuvib ketishi” ehtimoli bor ekan. Maʼlumki, milliy til dunyodagi koʻpgina mamlakatlarning davlat tili ham hisoblanadi. Demak, agar milliy til “yuvilib” ketsa, “davlat tili” degan tushuncha ham oʻz-oʻzidan yoʻqolib ketishi mumkin ekan-da. Agar madaniyatlarni Yagona jahon tamadduniga aylantirish yoʻlidan boradigan boʻlsak, bu muammo oʻz yechimini topa oladimi? Agar bunga “ha” deb javob berilsa, millionlab qalbi uygʻoq insonlar “Qaysi jahon?”, “Qaysi tamaddun?” degan savollarga mantiqiy javob berilishini talab qilmaydilarmi? Agar “yoʻq” deb javob berilsa-chi? Tarixga nazar soladigan boʻlsak, globallashuv yangi hodisa emasligi, balki insoniyatning koʻp asrlik tarixida unga oʻxshagan jarayonlar doimiy ravishda yuz berib turganiga amin boʻlamiz. Jumladan, Buyuk ipak yoʻli faoliyati, ellinizm, xristianlik va Islom madaniyatlarining bir necha mintaqalarga tarqalishi, garchi hozirgi globallashuvdan farqli ravishda muayyan hududlar va sohalar bilan cheklangan boʻlsa-da, oʻtmishda yuz bergan siyosiy, iqtisodiy va madaniy globallashuv unsurlarini oʻzida mujassam etgan edi. Shunga koʻra, oʻtmishda yuz bergan globallashuv tajribalaridan xulosa chiqargan holda, bugungi davr globallashuviga boʻlgan munosabat va yondashuvni toʻgʻri shakllantirish imkoni yuzaga keladi. Globallashuv jarayonida til milliy madaniyat faktorining asosiy atributi sifatida maydonga chiqadi va global madaniyat faktori oʻrtaga tashlayotgan yoki taqozo qilayotgan global til yoʻliga qoʻyilgan ilk toʻsiqqa aylanadi. XX asrning oxirgi choragidan boshlanib, hozirgi kunlarda ham davom etayotgan globallashuv jarayoni siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha sohalari kabi til sohasini ham qamrab olgan boʻlib, globallashuvning milliy tilga taʼsiri masalasi bugungi kundagi dolzarb muammolardan biriga aylanib bormoqda. Globallashuv oʻzining ijobiy va salbiy tomonlariga ega boʻlgan murakkab jarayon sifatida, barcha sohalarda boʻlgani kabi, til sohasida ham chuqur oʻylab koʻrilgan yondashuvni talab qiladi. Download 23.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling