1. Segmentar hisobotning mohiyati, turlari va shakllari Korxonalarda segmentar hisobotni tuzish tamoyillari


Download 139.04 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi139.04 Kb.
#1415402
Bog'liq
1. Segmentar hisobotning mohiyati, turlari va shakllari Korxonal-fayllar.org


1. Segmentar hisobotning mohiyati, turlari va shakllari Korxonalarda segmentar hisobotni tuzish tamoyillari

Reja:


  • 1. Segmentar hisobotning mohiyati, turlari va shakllari

  • 2. Korxonalarda segmentar hisobotni tuzish tamoyillari.

  • 3. Segmentar hisobot javobgarlik markazlari faoliyatini baholashning asosi sifatida.

  • 4. Segmentlar bo’yicha daromad va xarajatlarni aniqlash.

Segmentar hisobotning mohiyati, turlari va shakllari


  • Biznes segmenti bu korxonaning ma`lum qismini yoki nisbatan mustaqil bqlinmasini muayyan vakolatlar va mas`uliyat berish maqsadida ajratishdir. Boshqaruv hisobi korxonaning tashkiliy tuzilmasini hisobga olgan holda, javobgarlikning turli markazlari (biznes segmentlari) majmuidan tarkib topadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda segmentlar bo’yicha hisobotni shakllantirish tartibi 14-sonli moliyaviy hisobotning xalqaro standarti (MHXS) bilan tartibga solinadi. Bu standart 1993 yildan amal qilib kelmoqda. Unga ko’ra, segmentlarning ikkita: xo’jalik va geografik turlari ajratib ko’rsatiladi.

  • Geografik segment bu muayyan iqtisodiy muhitda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi, risk va foyda kabi iqtisodiy shart-sharoitlar ta`sirida, ma`lum makonda harakat qiluvchi ajratib qqyilgan komponentdir.

  • O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1996 yil 30 avgustdagi 1-sonli qarori bilan kuchga kiritilgan “Buxgalteriya hisobi to’g`risida”gi qonunning 7-moddasida ta`kidlanganki, korxona rahbari hisob va hisobotning ichki xo’jalik tizimini, xo’jalik muomalalarini nazorat qilish tartibini, tashqi iste`molchilar uchun moliyaviy hisobotni, soliqlar va moliyaviy hujjatlarning boshqa shakllarini va hokazolarni tashkil etishga majbur.

  • Tashqi iste`molchilar uchun segmentlar bo’yicha moliyaviy hisobotni tuzish tartibi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998 yil 14 avgustda 474-son bilan rqyxatga olingan “Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot” nomli O’zbekiston Respublikasining 1-sonli buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) bilan tartibga solinadi. Ushbu standartning 96-bandida quyidagilar ta`kidlanadi: “foydalanuvchi uchun hisob siyosatini g`ritishning o’ziga xos ustuvorligi ko’rilganda rahbarlar xo’jalik yurituvchi sub`ektning tavakkalchiligiga va pul oqimining kelajagini baholash imkoniyatini berishini hisobga olishlari kerak.

Korxonalarda segmentar hisobotni tuzish tamoyillari


  • segmentar hisobot aniq manzilli, ishonchli, tushunarli, muhimlik kabi xususiyatlarni o’zida aks ettirishi hamda asosan xarajatlar, daromadlar, mahsulot sotish hajmini hisobga olishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim;

  • ichki hisobot tezkorlik, ehtiyotkorlik, taqqoslanuvchanlik xususiyatlariga ega bo’lishi hamda menejerning rejalari, psixologiyasi va usulini nazarda tutishi kerak;

  • segmentar hisobot ahamiyatli, haqqoniy, xolis taqdim etilgan bo’lishi, izchil va tugallangan bo’lib, javobgarlik markazi ishini yanada yaxshilashga yo’naltirilishi lozim;

  • segmentar hisobotning shakllari va registrlarini tez-tez o’zgartirish maqsadga muvofiq emas, chunki bu holat ularning samaradorligini pasaytiradi;

  • boshqaruvchiga minimal hajmdagi hamda murakkabhisob-kitoblarsiz, tizimlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim;

  • hisobotning bosh maqsadi korxona jamoasini jipslashtirish, ularning salohiyatlarini korxona investitsiya loyihalari va biznes rejasini amalga oshirishga yo’naltirishi lozim.

  • boshqaruv segmentar hisoboti korxona hisob siyosatiga muvofiq kelishi bilan birga moliyaviy hisobning xalqaro standartlari, hisob va hisobotning milliy standartlari, davlatimiz tomonidan qabul qilingan me`yoriy-huquqiy manbaga ham asoslanishi lozim.


http://fayllar.org
Download 139.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling