Real quritkichdagi protsessni diagrammada tasvirlash.
Nazariy quritishlarda Δ = o bo’lsa, real quritkichlarda esa Δ ≠ 0. Ikki xil sharoit bo’lishi mumkin: a) Δ > 0; b) Δ < 0. Avval Δ > 0 bo’lgan sharoit uchun I – x diagrammada quritish chizig’ining shaklini ko’ramiz.
B erilgan shartlar bo’yicha dastlab nazariy quritishning chizig’i CB ni tuzamiz. Quritish kamerasiga qo’shimcha issiqlik kiritilganda (Δ >0), real quritkichning chizig’i B nuqtadan boshlanib, I1 = const chizig’ining yuqorisidan o’tadi (15.4-rasm). Real protsessning oxirgi nuqtasi C1 nazariy protsessga tegishli bo’lgan φ = const chiziqda yotadi. BC1 chiziqni tuzish uchun (15.1) va (15.6) tenglamalarini o’zaro solishtirib, quyidagi ifodani olamiz:
(15.8)
15.4–rasm. Nazariy qurit-kichni grafik usulda hisoblash (Δ > 0).
Bu ifoda, agar Δ ning qiymati ma’lum bo’lsa, BC1chiziqning o’rnini topishga yordam beradi. Buning uchun BC chiziqning ustida ixtiyoriy olingan e nuqtadan eF gorizontal va eE vertikal chizig’ini o’tkazamiz. C nuqtadan G1G vertikal chiziqni to BC chiziqning davomi bilan G nuqtada kesishguncha davom ettiramiz. BEe va BC1G; FBe va DBG uchburchaklarning o’xshashligidan quyidagi ifoda kelib chiqadi:
biroq C1G = (I2 – I1)Ml va DG = (x2 – x1)Mx;
bu yerda Ml va Mx– entalpiya va namlik saqlashning masshtablari. Bu tenglamalardan quyidagi ifodani yozish mumkin:
yoki
Bu yerda ; biroq , natijada . (15.9)
Shunday qilib, Δ > 0 bo’lgan sharoitda BC1 chiziqni hosil qilishni ko’rib chiqamiz. Quritishning berilgan shartlari bo’yicha avval nazariy quritish chizig’ini tuzamiz. BC chiziqda olingan e nuqtadan eF kesmasini o’tkazamiz. eF kesmaning uzunligini (mm hisobida) o’lchaymiz va (15.9) formula bo’yicha eF kesmaning uzunligini (mm hisobida) aniqlaymiz. eE kesmaning qiymatini diagrammaga joylashtiramiz, so’ngra B va eE nuqtalar orqali real quritkich chizig’ini o’tkazamiz.
Agar Δ < 0 bo’lsa, ya’ni quritkichda issiqlikning yo’qolishi mavjud bo’lsa, real quritkichning chizig’ini tuzish oldinga misoldan (ya’ni Δ > 0 bo’lgandagidan) farq qolmaydi. Faqat eE kesma nuqtadan pastga qarab chiziladi. Δ < 0 bo’lgan sharoit uchun real quritkichda protsessni o’tkazish 15.5-rasmda ko’rsatilgan.
Havo va issiqlikning solishtirma sarflarini topishda (15.1) va (15.2) tenglamalardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |