1-semestr 1-lаborаtoriya ishi mavzu: Farmatsevtik injiniring fanidan fizik kattaliklar va ularni o’lchash. Maqsad


Download 0.54 Mb.
bet109/129
Sana08.11.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1754284
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   129
Bog'liq
1-semestr 1-lаborаtoriya ishi mavzu Farmatsevtik injiniring fan-www.hozir.org

15-LАBORАTORIYA ISHI

Mavzu: Quritish apparatining hisobi.

Maqsad: Quritish apparati haqida tushuncha, apparatning hisobini o’rganib chiqish.

Nazariy qism.

Quritgichlarning nazariy hisobi. 15.1-rasmda quritish qurilmasining sxemasi ko’rsatilgan. Bu qurilma ventilyator, isitkich (kalorifer) va quritish kamerasidan iborat. Isitkichga kirayotgan havoning parametrlarini I0, t0, φ0, x0 bilan belgilaymiz. Isitkichda havo t1 temperaturagacha qizdiriladi, bunda uning namlik saqlashi o’zgarmaydi (x0 = x1), nisbiy namligi kamayadi (φ1), entalpiyasi ortadi (I0). Shu parametrlar bilan qizigan havo quritish kamerasiga kiradi.

15.1-rasm. Quritish qurilmasi.
Quritish kamerasida havoga qo’shimcha issiqlik berilmaydi va havo o’zidagi issiqlikni yo’qotmaydi deb qabul qilamiz. Bu protsess nazariy quritish deb ataladi. Havo orqali materialga berilgan issiqlik miqdori namlikning materialdan bug’lanishi uchun sarflanadi va hosil bo’lgan suv bug’i orqali materialdan qaytadi deb qabul qilinadi. Nazariy quritishda havoning entalpiyasi o’zgarmay qoladi (I = const).
Q uritkichdan chiqayotgan havoning parametrlari t2, φ2, I2, x2, biroq I2 = I1; x2 = x1; t2 < t1; φ2> φ1. Sxemadan ko’rinib turibdiki, nam materialning massasi G1(kg/soat), uning namligi W1(%), qurigan materialning massasi G2(kg/soat) va uning namligi W2(%).



15.2-rasm. Quritish protsessining I – x diagrammada ifodalanishi.
15.2-rasmda quritish protsessi I – x diag-rammasida tasvirlangan. Isitkichdagi havoning t0 temperaturadan t1 temperaturagacha qizdirish protsessi AB chiziq bilan ifodalangan. BC chiziq esa quritish kamerasida sodir bo’ladigan protsessni ko’rsatadi. Quritish kamerasidan chiqayotgan havoning holati C nuqta bilan belgilanadi.

Diagramma yordamida (15.2-rasm) namlikni bug’latish uchun zarur bo’lgan havo sarfi l (kg) va issiqlik sarfi q (kJ) ni aniqlash mumkin:

(15.1)

15.3-rasm.Quritish kamerasida havoni qo’shimcha qizdirish usuli

bilan materiallarni quritish.


(15.2)


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling